O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA ISTITUTI
“ISHLAB CHIQARISHDA BOSHQARUV” FAKULTETI
“BUXGALTERIYА HISOBI VA AUDIT” KAFEDRASI
“Buxgalteriya hisobi va audit” fanidan
KURS ISHI
Mavzu:
Bajardi:
Qabul qildi:
F arg’ona – 2022 yil
MUNDARIJA Kirish……………………………………………………………………………3
Buxgalteriya balansi to’g’risida tushuncha………………………………….5
Balansning tuzilishi va uning moddalari…………………………………...7
Хo’jalik operatsiyalari ta’sirida balansdagi
o’zgarishlar ……………………………………………………………………15
Xulosa…………………………………………………………………………..21
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………………24
KIRISH
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin ilgarigi iqtisodiy tizim o‘rniga jahon standartlariga mos demokratik huquqiy davlatni barpo etish modeli tanlab olindi. Shuning uchun ham o‘tish davrida huquqiy asoslarni shakllantirish, islohotlarning qonuniy-huquqiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish vazifasi qo‘yildi. Bugungi kunga kelib xuxusiy mulkka asoslangan mulkchilik shaklini isloh qilish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyot negizini yaratish masalasi ustuvor yo‘nalish sifatida qabul qilindi.
Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Mamlakatimiz iqtisodiyotini yanada rivojlantirish, jahon mamlakatlari bilan har sohada raqobatlasha oladigan darajaga yetkazish eng avvalo har birimizning eng oliy maqsadimiz bo‘lmog‘i lozim. Shunday ekan tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni – bu bosh vazir yoki uning o‘rinbosarlari bo‘ladimi, hukumat a’zosi yoki hududlar hokimi bo‘ladimi, ular faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lib qolishi kerak”.1
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, “Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy nuqtalaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Avval boshdanoq biz o‘zimiz uchun muhim saboq chiqarib oldik – zarur huquqiy omilni shakllantirmasdan turib, tegishli qonunlar va me’yoriy hujjatlarni qabul qilmasdan turib, islohotlarni amalga oshirishning ishonchli kafolatini, islohotlar ortga chekinmasligining kafolatini amalda yaratib bo‘lmaydi”.
O‘zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash milliy dasturida kadrlar potensialini iqtisodiy ta’lim va tarbiyasiga katta ahamiyat berilgan. Bugungi kunda talaba-yoshlar berilayotgan iqtisodiy bilimlarni egallash bilangina emas, balki ularda iqtisodiy fikrlash tarzining shakllanishi va bozor iqtisodiyoti sharoitida ulardan foydalana olish, bozor iqtisodiyoti modellarini tushunish, bozor aloqalari va talablarini anglash bilan o‘rganib borishi lozimdir.
Xususan, buxgalteriya hisobining ahamiyati sifatida xo‘jalik yurituvchi subektlarda hisob tizimining naqadar to‘g‘ri yuritilishi, xo‘jalikning iqtisodiy moliyaviy faoliyatini o‘rganish va uning holatiga xolisona baho berish, shuningdek iqtisodiy ko‘rsatkichlarning samaradorligini aniqlash hamda nazoratini o‘rganish bugungi kunda talaba yoshlarga muhim dastur vazifasini o‘taydi.
Olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar samarasi o‘laroq mamlakatimiz buxgalteriya tizimining yanada rivojlanishi, xalqaro andozalarga moslashtirilishi va shu asnoda O‘zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi milliy standartlari”ning yaratilishi va amaliyotga keng joriy etilishini ta’kidlash lozim.
Ammo, buxgalteriya hisobini tashkil qilish va uni yuritish bo‘yicha huquqiy- me’yorlar va standartlar mavjud bo‘lishiga qaramasdan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda buxgalteriya balansini tuzish, uni yuritish va ba’zi bir balans moddalarida sodir bo‘luvchi muomalalar bo‘yicha muammolarning mavjudligi buxgalteriya tizimida hal qilinishi lozim bo‘lgan dolzarb masala hisoblanadi.
“Buxgalteriya balansi, uning tuzilishi va mazmuni” mavzusida dars o‘tishda modellashtiruvchi o‘yin metodini qo‘llab dars jarayonini tashkil etish va rivojlantirish mavzuning dolzarbligini yana bir bor ta’kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |