Bevosita xarajatlar ayrim mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar bo`lib, ular shu mahsulot tannarxiga to`g`ridan-to`g`ri kiritiladi. Xomashyo va asosiy materiallar, yoqilg`i, elektr energiyasi, boshqa korxonalardan sotib olinadigan yarim fabrikatlar, ishchilarning ish haqi va shunga o`xshash xarajatlar bevosita xarajatlarni tashkil etadi. - Bevosita xarajatlar ayrim mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar bo`lib, ular shu mahsulot tannarxiga to`g`ridan-to`g`ri kiritiladi. Xomashyo va asosiy materiallar, yoqilg`i, elektr energiyasi, boshqa korxonalardan sotib olinadigan yarim fabrikatlar, ishchilarning ish haqi va shunga o`xshash xarajatlar bevosita xarajatlarni tashkil etadi.
- Bilvosita xarajatlar deb ishlab chiqarishni tayyorlash va o`zlashtirish, dastgohlarni saqlash va ekspluatatsiya qilish, tsex, umumkorxona va ishlab chiqarishdan tashqaridagi xarajatlarga aytiladi.
- Ishlab chiqarishni tayyorlash va o`zlashtirish xarajatlariga quyidagilar kiradi:
- -yangi ishga tushirilgan korxonalarni o`zlashtirish va foydasini ta`minlash bilan bog`liq xarajatlar;
- -yangi turdagi mahsulot, ilg`or texnologik jarayonlarni tayyorlash va o`zlashtirish uchun sarflangan xarajatlar;
- -yangi, unumli texnikani yaratganligi uchun mukofot fondi ajratmalari va boshqalar.
- Dastgohlarni saqlash va ekspluatatsiya qilish xarajatlariga dastgohlarni joriy sozlash, tsex transporti, ish joylarining amortizatsiyasi, tsex instrumentlarini tiklash va moslash bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar kiradi.
- Sex xarajatlari deyilganda, tsexni boshqaruvchi xodimlarning ish haqi fondi va ijtimoiy muhofaza uchun ajratmalar, uni isitish, yoritish, suv va kanalizatsiya tarmoqlari bilan ta`minlash, ilmiy tadqiqotlar o`tkazish va hokazolar bilan bog`liq xarajatlar tushuniladi.
Umumkorxona xarajatlari korxonani boshqarish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar yig`indisidan iborat bo`lib, ularga quyidagilar kiradi: - Umumkorxona xarajatlari korxonani boshqarish bilan bog`liq bo`lgan xarajatlar yig`indisidan iborat bo`lib, ularga quyidagilar kiradi:
- -boshqarish xarajatlari;
- -umumxo`jalik xarajatlari;
- -to`lov va ajratmalar.
- Boshqarish xarajatlari quyidagilardan iboratdir:
- -zavod boshqarmasi, bo`limlar xodimlarining tasdiqlangan shtat ro`yxatiga muvofiq mansab maoshlarining yig`indisi;
- -xodimlarning xizmat safari xarajatlari;
- -soqchi xodimlarning ish haqi, ularga beriladigan maxsus kiyimlar, o`t o`chiruvchi mashinalarga sarf qilinadigan yoqilg`i qiymati, mashinalarni sozlash uchun zarur materiallar va boshqa xarajatlar;
- -zavod boshqarmasi binosi, umumkorxona yo`llari, omborlari, tibbiyot punktiga ajratilgan xona, oshxona, bufet va klublarning amortizatsiya ajratmalari va ularni joriy sozlash, yoritish, isitish va suv bilan ta`minlash xarajatlari;
- -kadrlar tayyorlash, oliy va o`rta maxsus maktablaridan kelgan talabalar bilan o`tkaziladigan ishlab chiqarish amaliyotlariga sarflanadigan xarajatlar.
- Mahsulot ishlab chiqarish bilan bevosita bog`liq bo`lgan xarajatlar mahsulot miqdoriga qarab to`g`ri mutanosiblikda o`zgarib (ko`payib yoki ozayib) turadi. Shuning uchun ularni o`zgaruvchan xarajatlar deb yuritiladi.
- Bilvosita xarajatlar firma (korxona)da ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga qarab o`zgarmaslik xususiyatiga ega. Shuning uchun ularni doimiy yoki o`zgarmas xarajatlar deb aytiladi.
- Shuni ham aytib o`tish kerakki, bir qancha xarajatlar ishlab chiqarishda to`g`ridan-to`g`ri qatnashmaydi. Shuning uchun ularni “ishlab chiqarishdan tashqaridagi” xarajatlar deb ataladi. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiradi:
- -mahsulotni o`rash bilan bog`liq xarajatlar;
- -mahsulotni jo`natiladigan joylarga tashib borish, vagonlarga yuklash xarajatlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |