tahlildagi o’rni
Material
xarajatlarga sarf
me’yori va baho
o’zgarishi
ta’sirining tahlili
Materiallarni
sotib olish va
saqlash bilan
bog’liq
xarajatlarni
boshqarish tahlili
Materiallardan
samarali
foydalanish tahlili
Ishlab chiqarish
zaxiralari bilan
ta’minlanganlik
tahlili
12
maqsad hisoblanadi. Ishlab chiqarish zahiralariiga bo’lgan talab mustaqil
ravishda korxona tomonidan rejalashtiriladi. O’zbekiston Respublikasining
“Korxonalar to’g’risida”gi Qonunining 22-moddasi birinchi bandida bu xususda
shunday deyiladi: “Korxona bozor talablarini, ehtimol tutilgan sheriklarning
imkoniyatlarini o’rganish, narx-navoning o’zgarishi to’g’risidagi axborot
asosida o’z ishlab chiqarishining ta’minotini, bozorlarda (tovarlar, xizmatlar,
moliya bozorlarida) monopoliyaga qarshi qonunlarning talablarini nazarda
tutgan holda bevosita yoki vositachi orqali oldi-sotdini, mahsulot sotishni va o’z
ishlab chiqarishining ta’minotini mustaqil amalga oshiradi”.
Ishlab chiqarish zahiralariidan samarali foydalanish natijasida ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlarning o’rtacha xarajatlari yoki tannarxlari pasayadi.
Buning natijasida korxonalarning sof foydasi ortadi. Shuning bilan birgalikda
ishlab chiqarish zahiralariidan o’rindoshlik bilan foydalanish oqibatida ishlab
chiqarilayotgan mahsulotlaring sifatlari yaxshilanadi, xizmat qilish muddatlari
esa ko’payadi. Shu nuqtai-nazardan xo’jalikning ishlab chiqarish zahiralari
bilan ta’minlanishi va ulardan foydalanish darajasini uzluksiz ravishda tahlil
qilib turish va ularasosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash hamda ularni jalb
qilish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish katta ahamiyatga egadir.
Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi, tannarxning pasayishi,
foyda va rentabellikning oshishi, korxonani moddiy resurslar bilan belgilangan
assortimenti va sifati bo’yicha ta’minlanishiga bog’liq. Shuning uchun sanoat
korxonalari o’z ishlab chiqarishini bir me’yorda samarali rivojlanishini
ta’minlash mao’sadida uzoq muddatga mo’ljallangan biznes-rejalariga
asoslangan holda ishlab chiqarish zahiralarii bilan ta’minlashga alohida e’tibor
beradilar. Chunki hozirgi paytda ishlab chiqarish zahiralariini yo’qligi yoki o’z
vaqtida olib kelinmaganligi sababli sanoat korxonalarining ishlab chiqarish
faoliyati turib qolmoqda.
Korxonalarning moddiy resurslar bilan o’z vaqtida, zaruriy miqdorlarda,
belgilangan sifatda hamda bir maromda ta’minlanishi shu bilan birgalikda
ulardan ratsional foydalanish pirovardida uning iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy
13
etishi uchun har tamonlama ta’sir etadi. Korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish
hajmlarining oshishi o’z navbatida moddiy resurslardan foydalanish ko’lamining
ham kengayishiga olib keladi. Shuning uchun moddiy resurslardan tejab tergab
foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Mehnat predmetlaridan to’liq va samarali foydalanishni ta’minlash uchun
hozirgi davrda zamonaviy yangi texnikalardan to’g’ri foydalanish, shuningdek,
samarali texnologiyalarni ishlab chiqarishga tezkorlik bilan tatbiq etishni taqozo
etadi. Chunki, ular yordamida ishlab chiqarish zahiralarii ishlab chiqarishga sarf
qilinishi, tejalishi ta’minlanadi. Shuning bilan birgalikda ishlab chiqarishni
turlicha shakllarini, asosiy e’tiborni nodavlat mulkchiligiga asoslangan
korxonalarni barpo etish va rivojlantirishga qaratish maqsadga muvofiqdir.
Sababi, ularda mulkka egalik qilish hissiyoti doimo yuqori darajada bo’ladi.
Darhaqiqat, nodavlat mulkchiligiga asoslangan korxonalarda ishlab chiqarish
zahiralarii ularning mulki hisoblanadi. Undan imkoniyat doirasida samarali
foydalanishga katta e’tibor beriladi. Ishlab chiqarish zahiralaridan samarali
foydalanishni yo’lga qo’yishda iqtisodiy tahlilning ahamiyati kattadir.
Korxonada ishlab chiqarish zahiralaridan qay darajada foydalanilayotganligini
tahlil etish natijasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga sarflanayotgan
xarajatlarini tejash maqsadida foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish
mumkin. Buning uchun esa, ishlab chiqarish zahiralarining holati va ulardan
foydalanish tahlilining o’tkazilish ketma-ketligini har bir korxona o’zining tahlil
o’tkazish maqsadidan kelib chiqib belgilashi kerak. Demak ishlab chiqarish
zahiralarini tahlili asosan korxonaning ular bilan qanchalik ta’minlanganligi,
ularni sotib olish va saqlash bilan bog’liq xarajatlarni to’g’ri boshqarish va
ulardan samarali foydalanish yo’llariga hamda mahsulot tannarxida materiallar
miqdorini ular sifatiga ta’sir etmagan holda kamaytirishga e’tibor beriladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarning ishlab chiqarish
zahiralaridan samarali foydalanish tahlilining eng asosiy vazifalari bo’lib
quyidagilar hisoblanadi:
-
korxonalarning zaruriy moddiy resurslari bilan ta’minlanganlik darajasini
14
aniqlash;
-
ishlab chiqarish zahiralarini korxonaga etkazib berish hajmini,
kompleksliligini, sifatliligini, sortliligini hamda maromiyligining darajasini
belgilash;
-
ishlab chiqarish zahiralarini etkazib berish borasida korxonalararo
tuziladigan shartnomalarning o’z vaqtida tuzilganligini aniqlash;
-
moddiy-texnika ta’minoti belgilangan rejasining haqiqatga mosligini
tekshirish;
-
transport-tayyorlov xarajatlarini hisoblash;
-
ishlab chiqarish zahiralaridan samarali foydalanish ko’rsatkichlarini
aniqlash va ularni mahsulot hajmiga hamda uning tannarxiga ta’sirini miqdor
jixatdan hisoblash;
-
muhim samaradorlik ko’rsatkichlari va ularning o’zgarishini omilli tahlil
qilish;
-
ishlab chiqarish zahiralari aylanuvchanligini o’rganish;
-
ishlab chiqarish zahiralariga baho berishda foydalanilmay qolgan ichki
imkoniyatlarini aniqlash, tahlil etish va boshqalar.
Har bir korxona ishlab chiqarish uchun zarur ishlab chiqarish zahiralarini
tashkil qiladi va uni rejali ravishda to’ldirib boradi. Sanoatda ishlab chiqarish
hajmining o’sib borishi bilan ishlab chiqarish zahiralarining saqlanishini
ratsional tashkil etish va ulardan unumli foydalanishni to’la ta’minlash muhim
ahamiyatga egadir. Bu vazifalarning hal etilishida har bir xo’jalikda zarur
nazorat ishlarini omilkorlik bilan tashkil qilish orqali erishish mumkin.
Tahlil uchun zaruriy ma’lumotlar korxona moddiy texnika ta’minoti rejasi,
xom ashyo va materiallar bo’yicha tuzilgan shartnoma hamda moddiy resurslar
mavjudligi
va
ulardan
foydalanishning statistik
hisobotidan olinadi.
Korxonalarda mehnat predmetlaridan foydalanishni tahlil etishda ularni
sarflanishi bo’yicha o’rnatilgan me’yoriy ma’lumotlardan ham foydalanish
maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, ishlab chiqarish zahiralaridan samarali
foydalanish tahlilining ma’lumot manbalari sifatida dastavval, balansning
15
Materiallardan samarali
foydalanish darajasiga
baho berish
Yakuniy xulosalarga kelib, korxona ishlab
chiqarish zaxiralari holati va ulardan samarali
foydalanish tahlili bo’yicha takliflar berish
Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi ishlab
chiqarish zaxiralari bilan bog’liq bo’lgan
omillarni aniqlash
«Ishlab chiqarish zahiralari» (150-satr), «Tugallanmagan ishlab chiqarish (160-
satr)», «Tayyor mahsulot» (170-satr), «Tovarlar» (180-satr) moddalari, Bosh
daftar, jurnal-orderlar va boshqa hisob registrlari ma’lumotlari hisoblanadi.
Ishlab chiqarish zahiralariidan samarali foydalanishga Respublikamiz
hukumati tomonidan ham doimo alohida e’tibor qaratilmoqda. Ular qabul
qilingan normativ hujjatlarda o’z aksini topgan. Masalan, «O’zbekiston
Respublikasida korxonalar to’g’risida»gi, «Tadbirkorlik to’g’risida»gi, «Mulkni
davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida»gi va boshqa
Qonunlarda, Farmonlarda va Qarorlarda o’z aksini topgan.
Odatda ishlab chiqarish zahiralari bo’yicha korxonalar faoliyatini tahlil
qilish davrida ma’lumotlar manbai yig’iladi. Ushbu ma’lumotlarning
to’g’riligiga ishonch hosil qilish maqsadida ma’lumotlar to’g’riligi tekshiriladi.
Tahlil uchun yig’ilgan ma’lumotlarni tekshirish ikki usulda olib boriladi:
-
Yuzaki tekshirish;
-
Mazmun jihatdan tekshirish.
Quyidagi 3-chizmadan ko’rinib turibdiki, ishlab chiqarish zahiralarini
tahlili asosan korxonaning ular bilan qanchalik ta’minlanganligi, ularni sotib
olish va saqlash bilan bog’liq xarajatlarni to’g’ri boshqarish va ulardan samarali
foydalanish yo’llariga hamda mahsulot tannarxida materiallar miqdorini ular
sifatiga ta’sir etmagan holda kamaytirishga e’tibor beriladi.
Materiallar bilan
ta’minlanganlik
darajasini tekshirish
Materiallarni sotib olish
va saqlash bilan bog’liq
xarajatlarni aniqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |