Bajardi :Shaymatov Elyor Ushbu xarajatlar guruhi quyidagi turlarga bo’linadi - Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari
- Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari
- Asosiy vosita va nomoddiy aktivlar eskirishi
- Ishlab chiqarishga taaluqli sug’urta ajratmalari
- Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar
- Islab chiqarish moddiy xarajatlari elementi tarkibiga nahsulotning asosini tashkil etadigan yoki mahsulotni tayyorlashda zarur tarkibiy qism hisoblangan, chetdan sotib olingan xomashyo va materiallar, butlovchi buyumlar va yarim tayyor mahsulotlar, ish va xizmatlar hamda nizomda belgilangan boshqa xarajatlar kiradi
- Bunda auditor qaytarib olinadigan chiqindilar qiymati va idish hamda o’rash materiallari qiymati ularni sotish, foydalanish yoki omborga kirim qilish mumkin bo’lgan narxda baholanib, mahsulot tanarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan chegirib tashlanganligini aniqlashi zarur
Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari. Ushbu xarajatlar guruhini tekshirishda aniqlanadigan asosiy xato bu – xarajatlarning ishlab chiqarish yo’nalishi tamiyiliga rioya qilmaslikdir.Auditor ish haqi hisoblashga doir dastlabki hujjatlarni tekshirish chog’ida boshqa faoliyat turlarida band bo’lgan xodimlarning mehnatiga ish haqi to’lash xarajatlarining asosiy faoliyatdagi mahsulotlar tannarxiga qo’shilish hollarini aniqlashi kerak. Asosiy vositalarga amotrizatsiya xarajatlari Ushbu element bo’yicha xarajatlari tarkibiga asosiy ishlab chiqarish vositalarining, shu jumladan moliyaviy lizing asosida olinganlarni ham qo’shgan holda dastlabki qiymatiga nisbatan belgilangan tartibda tasdiqlangan meyorlar, jadallashtirilgan amortizatsiyani ham qo’shib, hisoblangan amortizatsiya ajratmalari summalari kiradi Auditor korxunada amortizatsiya hisoblash usullaridan bittasini tanlab olinib, hisob yurutish siyosati to’g’risidagi buyruq bilan rasmiylashtirilganligini aniqlashi lozim Ishlab chiqarishga taluqli sug’urta ajratmalari Bu elementga byudjetdan tashqari majburiy fondlarga qonunchilik bilan belgilangan meyorlarga muvofiq ajratiladigan to’lovlar kiradi Bunday ajratmalarning mahsulotlar tannarxiga olib borilishini tekshirilishida byudjetdan tashqari fondlarga to’lanadigan badallarni hisoblab chiqarish manbalarining mehnat haqi fondining o’zini hisoblab chiqarish manbasiga bevosita bog’liq ekanligiga etibor berishi kerak. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar ro’yxati “Xarajatlar tarkibi to’g’risidagi nizomda batafsil berilgan. Jumladan, ishlab chiqarish jarayonlariga xizmat ko’rsatish xarajatlari, ishlab chiqarishni xom ashyo, yonilg’i, materiallar, energiya, dastgohlar, moslamalar va boshqa buyumlar bilan ta’minlash xarajatlari, Saqlash xarajatlari , uskunalarni ta’mirlash xarajatlari ushbu xarajatlari guruhiga kiradi. Thank you for your attention, my dears.
Do'stlaringiz bilan baham: |