O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT (TARMOQLAR BO‘YICHA)” TA’LIM YO‘NALISHI BO‘YICHA
(2-oliy ta`lim, 3-kurs)
AMALIYOTI DASTURI
OLIY TA’LIMNING
Bilim sohasi:
|
200000 – Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq
|
Ta’lim sohasi:
|
230000 – Iqtisod
|
Ta’lim yo‘nalishi:
|
5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha)
|
TOSHKENT 2022
Ishlab chiqarish amaliyoti dasturi takomillashgan DTS, bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari va o‘quv rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan.
Tuzuvchilar:
|
|
Xayitboyev M.I.
|
– TMI, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi katta o‘qituvchisi (tayanch OTMdan)
|
Iskanov X.N.
|
– TMI, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi katta o‘qituvchisi (tayanch OTMdan)
|
Taqrizchilar:
|
|
Abdusalomova N.B.
|
– TDIU "Buxgalteriya hisobi" kafedrasi mudiri, i.f.d.
dots.(turdosh OTMdan);
|
Ochilov I.K.
|
– TMI, “Buxgalteriya hisobi” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
|
(tayanch OTMdan)
Ishlab chiqarish amaliyoti dasturi “Buxgalteriya hisobi” kafedraning 2022 yil ___avgustdagi __-sonli majlisida muhokama etilib, Sirtqi fakultet Kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan.
“Buxgalteriya hisobi” kafedrasi mudiri: i.f.d., prof.A.Karimov
Ishlab chiqarish amaliyoti dasturi Sirtqi fakultet Kengashining 2022 yil “___” _____________ dagi ___-sonli majlisida muhokama etilib, O‘quv-uslubiy Kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan.
Sirtqi fakulteti dekani: i.f.d., prof.N.Kuziyeva
Ishlab chiqarish amaliyoti dasturi institut O‘quv-uslubiy Kengashining 2022 yil “___”__________ dagi “____” – sonli majlisida muhokama etilib, institut Kengashida ko‘rib chiqishga tavsiya qilingan.
Kengash kotibi: I.Choriyev
Ishlab chiqarish amaliyotini o‘tkazishdan asosiy maqsad xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ish faoliyati bilan tanishish va talabalarning o‘qish jarayonida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish hisoblanadi.
Ishlab chiqarish amaliyotining asosiy vazifasi xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini va ular tomonidan olib boriladigan xo‘jalik operatsiyalarni rasmiylashtirish va amalga oshirishni tashkil etilishini hamda ular asosida nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq etishni o‘rganishdan iboratdir. Shuningdek, amaliyot davrida talabalar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning umumiy faoliyatida va jamoat ishlarida ham muntazam ishtirok etib borishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |