Hisobvaraq turkumiga tegishli asosiy hisobvaraqlar (birinchi tartib)
SS
Asosiy hisobvaraqlarga tegishli subhisobvaraqlar (ikkinchi tartib)
Bunda, hisobvaraqlarni raqamli kodlashtirishda quyidagi zarur shartlar inobatga olinadi:
jamlanma hisobvaraqlar uchun “MM” va/yoki “SS” nol raqamlariga ega bo‘ladi (masalan, 10000 — “Aktivlar”, 10100 — “Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari”);
“Aktivlar” bo‘limidagi “zararlarni qoplash zaxirasi” sarlavhali subhisobvaraqlar uchun “SS” o‘rnida 99 raqami qo‘llaniladi.
8. Shaxsiy hisobvaraqlar Yordamchi kitobda quyidagi sxema bo‘yicha kodlashtiriladi:
CCCCC
VVV
K
SSSSSSSS
NNN
Hisobvaraqning tartib raqami
Bank kodi yoki mijoz kodi
Nazorat kaliti
Valyuta kodi
Hisobvaraq
9. Hisobvaraqlar rejasida har bir hisobvaraqning aktiv yoki passiv bo‘lishi aniq belgilab qo‘yiladi, bundan aktiv-passiv qoldiqlarga ega bo‘ladigan ayrim hisobvaraqlar mustasno.
Aktiv hisobvaraqlarga “Aktivlar”, “Xarajatlar” bo‘limlaridagi hisobvaraqlar va “Balansdan tashqari hisobvaraqlar” bo‘limlaridagi balansdan tashqari hisobvaraqlar, passiv hisobvaraqlarga “Majburiyatlar”, “Xususiy kapital” va “Daromadlar” bo‘limlaridagi hisobvaraqlar taalluqli hisoblanadi.
10. Aktivlarning haqiqiy qiymatini aks ettirish uchun “Aktivlar” bo‘limiga kontr-aktiv hisobvaraqlar, majburiyatlarning haqiqiy qiymatini aks ettirish uchun “Majburiyatlar” bo‘limiga kontr-passiv hisobvaraqlar kiritiladi.
11. “Balansdan tashqari hisobvaraqlar” bo‘limiga moliyaviy operatsiyalarni ikki yoqlama yozuv usuli bo‘yicha aks ettirish va amalga oshirilgan moliyaviy operatsiyalarning to‘g‘riligini qo‘shimcha nazorat qilish imkonini beruvchi kontr-aktiv hisobvaraqlar kiritiladi.
12. Hisobvaraqlar rejasida har bir ikkinchi tartibli hisobvarag‘i uchun ta’rif berilgan bo‘lib, unda hisobvaraqning debeti va krediti bo‘yicha qanday operatsiyalarni aks ettirish hamda analitik hisobini yuritish ko‘rsatiladi.
13. “Daromadlar” va “Xarajatlar” bo‘limlari uchun analitik hisob ko‘rsatilmagan bo‘lib, ushbu bo‘limlardagi hisobvaraqlar bank ichki hisobvaraqlari hisoblanadi. Banklar ichki hisob siyosatidan kelib chiqqan holda ushbu hisobvaraqlarda analitik hisobni yuritish tartibini mustaqil belgilaydilar.
14. Banklar tomonidan amalga oshiriladigan ayrim moliyaviy operatsiyalarni buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aks ettirish mazkur hisobvaraqlar rejasining ilovasida keltirilgan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. Hisobvaraqlar ro‘yxati
Kodi — Nomi
10000 AKTIVLAR
10100 Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari
10101 Aylanma kassadagi naqd pullar
10103 Pul almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar
10107 Bankomatlar va boshqa o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish uskunalaridagi naqd pullar
10109 Yo‘ldagi naqd pullar va boshqa to‘lov hujjatlari
10111 Amaliyot kassalaridagi naqd pullar
10113 Pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni berish bo‘yicha maxsus kassalardagi naqd pullar
10198 Markaziy bankka topshiriladigan “eskirgan” toifadagi naqd pullar
10300 Bankning Markaziy bankdagi hisobvaraqlari
10301 Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro
10305 Markaziy bankning vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro, overdraft
10307 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
10309 Markaziy bankdagi majburiy zaxira hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
10311 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Topshirilgan naqd pullar
10313 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Tezkor to‘lovlar tizimi
10315 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar— Markaziy bank kliring tizimi
10321 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Overnayt depozitlar
10331 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar
10397 Markaziy bankdan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — boshqa depozitlar
10500 Boshqa banklar va moliyaviy tashkilotlardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
10501 Boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro
10505 Boshqa banklarning vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro, overdraft
10507 Boshqa banklardan vakillik hisobvaraqlaridan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Naqd pullar
10511 Jismoniy shaxslarning bank kartalaridan berilgan naqd pul mablag‘lari bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
10513 Bank kartalaridan amalga oshirilgan to‘lovlar bo‘yicha boshqa banklardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
10521 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar — Overnayt depozitlar
10531 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar — 1 yilgacha bo‘lgan depozitlar
10541 Boshqa banklardagi hisobvaraqlar — 1 yildan ortiq muddatga depozitlar
10551 Moliyaviy tashkilotlardagi hisobvaraqlar
10599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklar yoki moliyaviy tashkilotlardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar (kontr-aktiv)
10700 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar
10701 Davlat xazina veksellari
10705 Davlat obligatsiyalari
10709 Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
10711 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari
10715 Yevroobligatsiyalar
10719 Korxonalarning ulushli qimmatli qog‘ozlari
10723 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
10725 Tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari
10779 Boshqa qimmatli qog‘ozlar
10791 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
10793 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha mukofot
10795 Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlari haqqoniy qiymatining o‘zgarishi
10799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Foyda yoki zarar orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlar (kontr-aktiv)
10800 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar
10801 Davlat xazina veksellari
10805 Davlat obligatsiyalari
10809 Markaziy bankning obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
10813 Korxonalarning qarz qimmatli qog‘ozlari
10817 Yevroobligatsiyalar
10821 Korxonalarning ulushli qimmatli qog‘ozlari
10823 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
10825 Tijorat banklarining ulushli qimmatli qog‘ozlari
10879 Boshqa qimmatli qog‘ozlar
10889 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qarz qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish bo‘yicha xarajatlar
10891 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha diskont (kontr-aktiv)
10893 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar bo‘yicha mukofot
10895 Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar haqiqiy qiymatining o‘zgarishi
10899 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa umumlashgan daromad orqali haqqoniy qiymatda baholanadigan qimmatli qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
10900 Oldi-sotdiga mo‘ljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar
10901 Qimmatbaho metallar
10905 Qimmatbaho toshlar
10909 Qimmatbaho tangalar
10999 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Oldi-sotdiga mo‘ljallangan qimmatbaho metallar, toshlar va tangalar (kontr-aktiv)
11100 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring
11101 Sotib olingan debitorlik qarzlari — Faktoring