Ishlab chiqarish



Download 2,31 Mb.
bet4/6
Sana23.04.2022
Hajmi2,31 Mb.
#577080
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5237771647502520219

Cho'yan turlari. Oq choʻyan, Kulrang choʻyan, Bolgʻalanuvchan choʻyan, Mustahkamligi yuqori choʻyan, Legirlanuv
Marganes. Marganes cho‘yanlarda temir karbidining barqarorligini orttirib, uglerodning grafit tarzida ajralib chiqishiga qarshilik ko‘rsatadi. Marganes cho‘yanning sifatini pasaytiruvchi oltingugurtning zararli ta’sirini kamaytiradi. Odatda, cho‘yanlarda marganesning miqdori 1,2 % dan oshmaydi. Kremniy. Cho‘yanlarda kremniy temir bilan birikib silitsidlar (FeSi, Fe3 SiP2 ) hosil qilib, uglerodni erkin holatda, ya’ni grafit tarzida ajralib chiqishiga ko‘maklashadi. Shu sababli quymalar olishda uning miqdori 0,8–4,5 % oralig‘ida bo‘ladi. Fosfor. Cho‘yanlarda fosfor qattiq va mo‘rt fosfidli evtektika hosil qilib cho‘yanning mexanik xossalarini yomonlashtiradi. Shuning uchun muhim quyma detallarda uning miqdori 0,3 % dan ortmasligi kerak. Shu bilan birga fosfor cho‘yanning suyuqlanish haroratini pasaytirib, oquvchanligini oshiradi. Fosforli cho‘yanlardan yupqa devorli murakkab shaklli, silliq yuzali quymalar olishda foydalaniladi. Oltingugurt cho‘yanlarda uglerodning grafit tarzida ajralishiga qarshilik ko‘rsatadi, ularning oquvchanligini pasaytiradi. Oltingugurtning temir bilan birikmasi FeS kristallanish davrida Fe bilan qo‘shilib 985°C da suyuqlanadigan evtektika (FeS+S) hosil qiladi va bu evtektika donalararo kristallanib, cho‘yanni mo‘rtlashtiradi. Shu sababli cho‘yan tarkibida oltingugurt miqdori 0,08–0,12 % dan oshmasligi kerak.
Oqchoʻyan — choʻyanning boshqa bir koʻrinishi boʻlib, unda uglerod sementit koʻrinishida mavjud boʻladi. Rangi oq. Oq choʻyan strukturasida grafit koʻzga tashlanmaydi. Faqatgina kimyoviy tahlil yoki juda kattalashtirib kuzatilganda, juda kam miqdorda (0,03-0,30 %) topish mumkin. Oq cho’yan kulrang cho’yanfarqli o'laroq, bu turdagi quyma temirni metallga ishlov berish qiyin. Undagi uglerod faqat sementitda mavjud. Singan rangi ochiq. Oq cho’yan\yuqori qattiqlik bilan ajralib turadi, bu esa kesish asboblari bilan ishlov berishga imkon bermaydi. Egiluvchan temir ishlab chiqarish uchun odatda yarim mahsulot bo'lgan oq cho’yan ishlatiladi. Oq cho'yanda barcha uglerod sementit Fe3C shaklida bog'langan.Oq quyma temirning aşınmaya bardoshliligi va qattiqligi yuqori, ammo u mo'rt va kesish orqali yomon ishlangan, shuning uchun mashinasozlikda ular cheklangan qo'llaniladi va asosan po'latga aylanadi.
Uglerod tarkibiga ko'ra, kulrang cho’yan\quyidagilarga bo'linadi:
Uglerod miqdori 2,14% dan 4,3% gacha bo'lgan gipoevtektika
Uglerod miqdori 4,3% bo'lgan evtektik
Uglerod miqdori 4,3% dan 6,67% gacha bo'lgan gipereutektik.
Kulrаng cho‘yan – Kulrаng cho‘yandа 2.5–4% uglеrоd vа 1.0– 3.0% аtrоfidа krеmniy, Mn=0,2–1,1%; R=0,02–0,3%; S=0,02–0,15% bo‘lаdi. Ko‘pchilik cho‘yanlаrdа grаfit bodroq (pоp-kоrn) ko‘rinishidа bo‘lаdi, аtrоfidа esа α-fеrrit yoki pеrlitli mаtrisа jоylаshаdi. Kulrаng cho‘yanning mikrоstrukturаsi 4.2 (а) - rаsmdа kеltirilgаn. Bundаy cho‘yanlаr yuqоri mustаhkаm cho‘yanlаr dеb hаm yuritilаdi. Bu turdаgi cho‘yanlаrning tаrkibidа grаfit bоrligini ulаrni sindirilgаndа, sinish yuzаsi kulrаng tusdа bo‘lishi bilаn izоhlаsh mumkin vа bu uning nоmi sifаtidа hаm yuritilаdi. Kulrаng cho‘yanlаrni mikrоstrukturаsigа qаrаb bоshqа mаtеriаllаrga qаrаgаndа pаst mustаhkаmlikkа egа vа mo‘rt mаtеriаl ekаnligini ko‘rish mumkin. Grаfitning uchkur qirrаlаri tаshqаridаn bеrilаdigаn yuklаmаlаrni kоnsеntrаtsiya qilаdi. Bu mаtеriаllаrning siqilishgа mustаhkаmligi vа plаstikligi, cho‘zishgа mustаhkаmligigа nisbаtаn kаttаrоq ko‘rsаtgichlаrgа egа. Kulrаng cho‘yan bir qаnchа muhim хоssаlаrgа egа vа аmаldа kеng qo‘llаnilаdi. U vibrаtsiоn enеrgiyani yaхshi yutаdi.
Bolgʻalanuvchan choʻyan. Tarkibida: 2,4-3,0% uglerod, 0,8-1,4% kremniy, 0,3-1,0% marganets, 0,2% dan kam fosfor, 0,1% dan ko'p bo'lmagan oltingugurt.
Sferik temir oq cho’yanuzoq vaqt davomida isitish va ushlab turish orqali ishlab chiqariladi. Ushbu protsedura grafitlashtiruvchi tavlanish yoki qaynatish deb ataladi. Bolgʻalanuvchan choʻyan belgilashga misol: KCh45-6. Harflar egiluvchan temirni (CN) bildiradi, birinchi raqam - tortishish kuchi (45 kgf / mm2 yoki 450 MPa), ikkinchisi -% (6%) cho'zilish.
Legirlangan choʻyan — tarkibiga maʼlum xossa beradigan legirlovchi elementlar (xrom, alyuminiy, nikel, vanadiy, titan va b.) sunʼiy ravishda qoʻshilgan choʻyan. Mikrolegirlangan (elementlar mikrodozada qoʻshiladi), kam (elementlar 3% gacha qoʻshiladi), oʻrtacha (3—10%), yuqori (10% dan yuqori) legirlangan xillarga boʻlinadi. Bundan tashkari, Legirlangan choʻyan xromli, alyu-miniyli, nikelli; konstruksion (q. Konstruksion materiallar), antifriksion (q. Antifriksion materiallar), korroziyabardosh (q. Korroziyabardosh materiallar), issiqbardosh, olovbardosh, magnitmas, yeyilishga chidamli va b. turlari bor. L. ch. dan silindr bloklari, porshenlar, tirsakli vallar, podshipniklar, ishqalanuvchi detallar va boshqalar tayyorlanadi.
Cho‘yanlar kimyoviy tarkibi va ishlatilish joylariga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:
Qayta ishlanadigan cho‘yanlar. Bu cho‘yanlar qattiq va mo‘rtdir. Sababi shuki, bu cho‘yanlarda uglerodning hammasi yoki ko‘proq qismi temir bilan kimyoviy birikma temir karbidi (Fe3 C) holatida, qolgani grafit tarzida bo‘ladi.
Quyma cho‘yanlar. Bu cho‘yanlarda uglerodning ko‘p qismi erkin holatda, ya’ni grafit tarzida bo‘ladi. Quyma cho‘yanlarning boshqa cho‘yanlarga nisbatan afzalligi shundaki, ular yuqori oquvchanlik, qotganda hajmning kam kirishishi, suyuqlanish temperaturasining nisbatan pastligi, oson kesib ishlanishi kabi xossalarga ega.
Bu cho‘yanlar tarkibidagi doimiy mavjud element Si, Mn larning miqdori odatdagi cho‘yanlarnikiga nisbatan ko‘p bo‘ladi. Shuni qayd etish kerakki, cho‘yanlarning asosiy strukturasidan tashqari tarkibidagi grafitning qanday shaklda bo‘lishiga qarab ular kulrang, juda puxta va bolg‘alanuvchan cho‘yanlarga ham ajratiladi. Kulrang cho‘yanlardan juda puxta cho‘yanlar olish maqsadida suyuq holatdagi cho‘yanga oz miqdorda Mg, Ce yoki boshqa elementlar qo‘shiladi. Bolg‘alanuvchan cho‘yanlar olish uchun esa oq cho‘yanlar quymalari maxsus rejimda yumshatiladi.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish