Afzalligi - qulay, tushunarli, mahsulot ishlab chiqarish jarayonining xususiyatlarini aks ettiradi.
Kamchiligi - keng miqyosda qo’llash mumkin emas, chunki iqtisodiyotning ko’plab tarmoqlari, aksariyat korxonalar faqat bir xil mahsulot ishlab chiqarishga ihtisoslashmagan
Qiymat usul
|
Turdosh bo’lmagan mahsulotlarni ishlab chiqarish samaradorligini ifodalash ko’rsatkichlaridan biri bo’lib, qiymat (pul) birligida o’lchanadi.
Afzalligi - mehnat unumdorligini tarmoqlar bo’yicha, turli mahsulotlar ishlab chiqaruvchi koxonalarda o’lchash imkonini beradi.
Kamchiligi - inflyatsiya jarayonlarini aniq hisobga olinmasa, olingan ko’rsatkich taxminiy natijaga ega bo’ladi; mahsulot ishlab chiqarishdagi ichki, tarkibiy sifat o’zgarishlari aniq aks etmaydi.
|
Mehnat usuli
|
(norma-soatlarida ifodalanuvchi) ishlab chiqarilgan mahsulotning unga ketgan haqiqiy vaqt sarfiga nisbatan iborat bo’lib, mahsulot ishlab chiqarishga ketgan mehnat sarfini unumdorlik nuqtai nazaridan baholashi imkonini bildiradi.
Afzalligi – iqtisodiyotning barcha sohalarida ishlatilishi mumkin, taqqoslashga juda o’ng’ay.
Kamchiligi - bu usulda mehnat unumdorligini o’lchash juda qiyin va ko’p vaqtni, xarajatni talab qiluvchi o’lchash va hisob ishlarini talab qiladi.
|
Ishlab chiqarish samaradorligi — korxona miqyosida iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy dasturlar va tadbirlarning foydali natijalar berishi, olingan iqtisodiy samaraning muayyan qiymatga ega boʻlgan resurslarni qoʻllagan holda eng yuqori ishlab chiqarish hajmiga erishishga sabab boʻlgan ishlab chiqarish omillari, resurslar sarflariga nisbati bilan tavsiflanadi. Ishlab chiqarish samaradorligi korxona faoliyatining yakuniy natijasini koʻrsatadi.
Miqdoriy jihatdan ishlab chiqarish samaradorligini mahsulot ishlab chiqarish uchun sarf qilingan mehnat miqdori bilan oʻlchash mumkin, lekin mehnat sarfini aniq oʻlchash ancha qiyin. Shu sababli, ishlab chiqarish samaradorligi mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligi; ishlab chiqarish vositalaridan va kapitaldan foydalanish samaradorligi koʻrsatkichlari bilan aniqlanadi. Korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligining umumlashgan koʻrsatkichi tovar ishlab chiqarish surʼatlarining oʻsishi hisoblanadi, undan tashqari puldagi harajatlar birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot hajmi, balans foydaning asosiy va aylanma fondlar yigindisiga nisbati, toʻla tannarx koʻrsatkichlari muhim ahamiyatga ega.
Mehnat unumdorligining oʻsishi surʼatlari, mehnatni tejash va mahsulot hajmi oʻsishida mehnat unumdorligi hissasi kabi koʻrsatkichlardan ham foydalaniladi. Ishlab chiqarish samaradorligi texnik samaradorlik (ishlab chiqarish hajmi), iqtisodiy samaradorlik (mehnat unumdorligi, mehnat resurslari, asosiy fondlar, aylanma resurslar), ijtimoiy samaradorlik (moddiy resurslar, foyda) hisobiga shakllanadi.
1.2 Korxonalda mehnat unumdorligini tahlil qilish va rejalashtirish.
Yurtimizda MEHNAT KODEKSIga muvofiq ishlash ya’ni Mehnat Kodeksning 115-moddasiga koʻra, hodim uchun ish vaqtining normal muddati haftasiga 40 soatdan ortiq boʻlishi mumkin emas. Olti kunlik ish haftasida har kungi ishning muddati 7 soatdan, 5 kunlik ish haftasida esa 8 soatdan ortib ketmasligi lozim. Ish haftasining esa asosan ikki turi mavjud — bu 2 kun dam olinadigan 5 kunlik ish haftasi
yoki 1 kun dam olinadigan 6 kunlik ish haftasi.
Lekin jahon miqyosida ish smenasi 3 smenada kuniga 8 soatdan joriy qilingan bunday metodning korxonalarda ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshiradi. Ishchilar 8soatli mehnatda ham jismonan ham ruhan rag’batlanadilar. Chunki: 8 soatli ish vaqtida ishchi hodimlar shahsiy hayotlari yoki boshqa mehnat turi bilan ham oilasi uchun ham yetarlicha vaqt ajratadi. Og’ir mehnat bilan shug’ullanadigan hodimlar uchun ham bu juda qulay ham mehnat unumdorligi oshadi ham Ortiqcha sog’liqlari uchun ham xavf bo’lmaydi
Mehnat unumdorligi darajasiga baho berish uchun umumlashtiruvchi, xususiy va yordamchi ko’rsatkichlar tizimi qo’llaniladi. Umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarga bitta ishchining ishlab chiqargan o’rtacha yillik, o’rtacha kunlik va o’rtacha soatlik mahsuloti, shuningdek, bitta ishlovchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik mahsulot ishlab chiqarishning qiymat ifodasi kiradi.
Xususiy ko’rsatkichlar bu muayyan turdagi mahsulot birligining ishlab chiqarish uchun vaqt sarfi (mahsulotning sermehnatliligi) yoki bir kishi kunda yoxud bir kishi soatda muayyan turdagi natural mahsulot ishlab chiqarishga sarflangan vaqt. Yordamchi ko’rsatkichlar muayyan ish turining birligiga yoki vaqt birligi ichida bajarilgan ishlar hajmiga sarflangan vaqtni tavsiflab beradi.
Mehnat unumdorligining ancha umumlashgan ko’rsatkichi – bitta xodimning o’rtacha yillik mahsulot ishlab chikarishidir. Uning hajmi faqat ishchilarning mahsulot ishlab chiqarishigagina emas, balki ularning sanoat ishlab chiqarish personali umumiy sonidagi salmog’iga, shuningdek, ishlagan kunlari va ish kunining qancha davom etishiga ham bog’liq bo’ladi.
Mehnat unumdorligi qanchalik yuqori bo`lsa, ish sifati zarur darajada bo`lgani holda mehnat xarajatlari qanchalik kam bo`lsa, mehnat samaradorligi shunchalik yuqori bo`ladi. Tadbirkor korxona egasi uchun vaqt birligi ichida qanday ishlab chiqarish darajasiga erishilgani emas, shu bilan birga u qanday mehnat xarajatlari bilan ta`min etilgani ham muhimdir. Mehnat xarajatlar xodimlar soni va mehnatga to`langan haq xarajatlari bilan o`lchanadi. Unisi ham, bunisi ham ish vaqti bilan o`lchanilishi mumkin. Shuning uchun ham mehnat samaradorligini tahlil qilganda vaqt birligi ichida sarflangan mehnat xarajatlari ham, shu bilan birga uning tuzilishi hisobga olingan holda ham qarab chiqiladi.
Mеhnаt unumdоrligini hisоblаshdа quyidаgilаrni tа’minlаsh imkоnini bеrаdigаn uslubiyot idеаl hisоblаnishi mumkin.
Mеhnаt unumdоrligini hisоblаsh uslubiyoti
Qarorlar president gaplari
Mahalladagi ayollarni ish bn ta’minlash 5 yil stji borla
Asosiy ishlab chiqarishda
3smena ish
Korxonalarda mehnat unumdorligini oshirish
Avtomatlashgan
2 yarim avtomat
3Qo’l mehnati
Ishchilarni rag’batlantirish
Xulosa
Ishlab chiqarish
Kirish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
QARORI
Do'stlaringiz bilan baham: |