Yangi qurilayotgan depolarda joriy ta’mir binoalarining har bir seksiyasida uchta parallel yo‘llar mavjud. Har seksiyada, odatda, bir turdagi joriy ta’mir yoki texnik ko‘rik o‘tkaziladi. Pog‘onasimon turdagi binolarning afzalliklari: lokomotivlarni ta’mir pozitsiyalariga kiritish va ulardan olib chiqishning qulayligi; tabiiy yoritilganligi; turli lokomotivlar uchun qo‘llash mumkinligi; kelajakda kengaytirish imkoniyati mavjudligi. Kamchiliklari: tashqi devorlar perimetrining kattaligi sababli ta’mirlash-qurish ishlari sarfi kattaligi, tashqi devorlar perimetri kattaligi va kirish darvozalari qarama-qarshi tomonlarda joylashganligi uchun issiqlik sarfi kattaligi. Ta’mirlash seksiyasining har bir yo‘lida bitta yoki ikkita ta’mir pozitsiyalari joylashtiriladi. Bunday binolarning qurish sarflari nisbatan yuqori bo‘ladi.
1-rasm. Lokomotivlar binolari turlari:
1 – ta’mir uchastkalari; 2 – ta’mir pozitsiyalari
Do'stlaringiz bilan baham: |