Paralellik tamoyili. Bu tamoyilning mohiyati ishlab chiqarish jarayonining bir necha ayrim qismlarini bir paytda bajarishdan iborat, ya’ni mahsulot tayyorlash bo‘yicha amalga oshiriladigan ish keng ko‘lamda tashkil qilinadi.
Bir tekis, ketma-ket yo‘nalish tamoyilini qo‘llash ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilayotganda mehnat predmetlari ishlab chiqarish jarayonlarining hamma bosqichlaridan va barcha operatsiyalaridan eng qisqa yo‘l bilan o‘tishini aniqlashga yordam beradi (xom ashyo va materiallarning kelib tushishidan tortib to tayyor mahsulot bo‘lib chiqqungacha va bu mahsulotlarni iste’molchiga etkazib bergunga qadar).
Bir tekis, ketma-ket yo‘nalishga erishish uchun sexlar maydonida apparatlarni, uskunalarni oqilona joylashtirish lozim, bundan tashqari asosiy va yordamchi sexlarni zavod hududida to‘g‘ri joylashtirish asosida xom ashyo va materiallarning qarshi harakatiga va qaytishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |