Texnologiyalar bo'yicha parametrlarning salmoqi
Parametrlar
|
A
|
B
|
V
|
Uskunalarga xarajatlar
|
0,1
|
0,2
|
0,2
|
Joriy sarflar
|
0,3
|
0,2
|
0,1
|
Yangi kasb o’rgatish xarajatlari
|
0,5
|
0,3
|
0,2
|
Jami
|
0,9
|
0,7
|
0,5
|
Parametrlar salmog’ini jamlash texnologiyalar reytingini ko‘rsatadi - ular tadbirkorning imkoniyatlari nuqtai nazaridan "yuqori", "o‘rtacha" va "past" bo'lishi mumkin. A texnologiya yuqori reytingga, B texnologiya o‘rtacha, va V texnologiya past reytingga ega. Agar "yuqori" texnologiyalar bir nechta bo‘lsa, ularni endi boshqa ko‘rsatkichlar, boshqa usullar, masalan, yuqorida eslatib o‘tilgan xarajatlarni qiyoslash usuli yordamida qiyoslash mumkin.
5. Yangiliklarni boshqarish
Jahon bozorining o'ziga xos xususiyati, hatto rivojlanish qonuni intellektual, ilmiy hajmdor tovarlar oqimining oshib borishi hisoblanadi. Bitta portfel-kompyuter uchun ikki-uch sostav neft sotib olish, bir gramm kimyoviy sof modda uchun millionlab dollar olish mumkin. Ilmiy hajmdor tovarlar deyilganda ilg’or ilmiy-texnik g’oyalar va texnologiyalardan foydalanish asosida yaratilgan va qo‘llanish istiqbollari ancha yuqori bo'lgan intellektual mehnat mahsulotlari tushuniladi.
Har qanday firma ham ilmiy qajmdor tovarlar yoki ilmiy-texnik yangiliklar yaratishning eng radikal strategiyalarni izlashga kirishar ekan, hamma vaqt quyidagi masalalarni doimiy o‘ylab ko‘rish va hal qilish zaruriyati oldida turadi:
o'z g’oyasini, ishlanmasini yakuniy mahsulotgacha (seriyalab ishlab chiqariladigan namunagacha) yetkaza oladimi;
har bir bosqichda tavakkal darajasini aniqlash va u yuqori darajada bo'lganda bundan buyongi investitsiyalashni to‘xtatish;
mehnat natijasini tovarga aylantirish va uni tashqarida sotish.
Bu muammoni yechish algortmi - "Ilmiy-texnik yangiliklarni investitsiyalash strategiyasi algoritmi" 11-rasmda keltirilgan. Ekspertlar yordamida firmaning ilmiy-texnik yangiliklari (1) dastlabki va so‘ngra yakuniy saralashdan o‘tkaziladi, bozordagi tavakkalchilik omillari (2), shuningdek tijorat muvaffasiyatini ta'minlovchi omillar (3) aniqlanadi. So‘ngra buyumning hayot sikli bosqichlari bo'yicha investitsiyalar samaradorligi (4,5) tahlil qilinadi. Agar firma uchun turli sabablarga ko‘ra keyingi bosqichlarda investitsiyalash maqsadga muvofiq bo‘lmasa, u investitsiyalashni to‘xtatadi va oraliq mahsulotni tovar sifatida rasmiylashtiradi (6). Agar investitsiyalash maqsaga muvofiqligi tasdiqlansa, muvaffaqiyatga erishish (7) darajasi (ehtimoli) aniqlanadi, erishilishi mumkin bo'lgan muvaffaqiyat ehtimoli bilan qiyoslanadi: ya'ni P katta Rdop dan (masalan, 0,9). Agar bu notenglik bajarilsa, investitsiyalash sanoat ishlab chiqarishi va sotish bosqichigacha davom ettiriladi.
Ilmiy hajmdor va yuqori texnologik ishlab chiqarishni tashkil etishdagi xatoliklarni tuzatish juda qiyin, agar ularni umuman tuzatish mumkin bo‘lsa.
Shuning uchun yangi usul, yangiliklarni qanday tashkil etish, rejalashtirish va amalga oshirishni ham bilish zarur.
Bozorda muvaffaqiyat bilan raqobatlashish uchun ixtirochi va yangilik yaratuvchilarga ixtiro va g’oyalarini tijorat yutug’iga erishiladigan darajagacha yetkazish imkoniyatini berish kerak. Buning uchun texnolog-novatorga erkinlik zarur: qarorlar sabul qilish uchun imkoniyat va bir vaqtning o'zida yakuniy natijalar uchun to'la javobgarlik. Bu yerda tadbirkorlik ichida o'ziga xos kichik tadbirkorlik zarur. Boshqaruv ham ixtirochi va yangilik yaratuvchilarning tashabbuskor g’oyalariga bo‘ysundirilishi kerak.
Ixtirochi aksariyat hollarda o'zi-o'zini boshqarishni afzal ko‘radi. Unga halaqit berish va buyruq qilish kerak emas, uni har qanaqasiga rag’batlantirish lozim.
Boshqaruvchilarga kelganda shuni aytish kerakki, ularning ma'lumoti va kasbiy darajasini oshirib borish to‘g’risida qayg’urish zarur. Kadrlarni tanlashda boshqaruvchilar va ular rahbarlik qiladigan ijodiy xodimlarning ruhiy va madaniy jihatlari bir-biriga zid bo'lishiga yo'l qo‘yib bo'lmaydi.
Mahsulot sotish ishida ixtirochilar va novatorlar (yangilik yaratuvchilar)ning roli to‘g’risida unutmaslik kerak. Hozirgi zamon ilmiy hajmdor ishlab chiqarish bozori tajavvuzkor ishlab chiqaruvchilar bilan to‘lib toshgan bo'lib, ular har bir iste'molchi uchun kurashadilar. Bu yerda ijodiy aql-idroksiz ish ko'rib bo'lmaydi.
Tadbirkorga ilmiy hajmdor va yuqori texnologik ishlab chiqarish o'zida juda katta noaniqlik, mavhumlikni mujassam etganligini bilib qo'yish foydalidir. Tavakkal o‘n karra oshib ketadi. Yangiliklarning 80 dan 90 % gacha bozor tomonidan rad etiladi, ular yoppasiga ishlab chiqarish bosqichiga yetib ham bormaydi.
Yangiliklarni kiritish uchun tavakkal qilish - bu moliyaviy tavakkalchilik hamdir.
Bu yerda qaytarib bo'lmaydigan yo'qotishlarga ham uchrash oson. Lekin ulardan qochib qutilish ham mumkin - venchur moliyalashtirish deb ataladigan usul vositasida shunday qilish mumkin. Venchur, yoki tavakkalchilikka asoslangan moliyalashtirish - bu nafaqat tavakkalchilikka asoslangan tadbirlarni moliyalashtirish, balki moliyalashtirishning alohida tartibidir.
11-rasm.
Moliyaviy aksiyaning maqsadi - foizlar olish emas, balki yangiliklardan foydalanish huquqini qo‘lga kiritish. Bunday moliyalashtirish maxsus xususiy va davlat jamg’armalari, investitsiya kompaniyalari tomonidan amalga oshiriladi. U hamma vaqt maqsadli xarakterga ega bo'ladi, ya'ni muayyan g’oya, muayyan loyiha moliyalashtiriladi. Moliyalashtirish bir necha usulda amalga oshiriladi:
- mablag’lar amaliy tadqiqotlarga yoki bozorni o'ganishga sarflanadi;
- ishlab chiqarishni o'zlashtirish;
- o‘qishni moliyalashtirish, Bunda pullar yoppasiga ishlab chiqarishga ajratiladi.
Bu doimiy ravishda texnologik jihatdan yangilanib boradigan ishlab chiqarishni moliyalashtirishning juda foydali, va oxir-oqibatda mahsuldor usulidir.
Bitta texnologik jarayonga o‘ralashib qolish yaxshi emas. Bir marta tanlangan texnologiyani tinimsiz takomillashtirib bo'lmaydi. Ertami yoki kechmi, baribir takomillashtirish va modifikatsiyalardan olinadigan samara pasaya boradigan vaqt keladi, olinadigan foydaning o‘sishi takomillashtirishlarga sarflanadigan qo'shimcha xarajatlarni qoplay olmaydi.
Yangi texnologik yechimlar raqobatchilarda paydo bo'lishini kutib o‘tirish kerak emas. Ilg’or va istiqbolli texnologiyalarni kuzatib boring, ilmiy tadqiqot va ishlanmalarga mablag’ ajrating. Bunda xavf ancha yuqori, imkoniyatlar ham aniq emas, lekin muvaffaqiyat qozonilgan holda foyda ancha katta bo'ladi. O‘zingizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarni rag’batlantirish, tadqiqotchilarga imkon qadar erkinlik berish, ular oldiga faqat tijorat vazifalarini qo‘ymaslik kerak.
Texnologiyalarni tushunish iste'molchini bilishdan boshlanadi. Iste'molchilarning talablarini aniqlash vaqtida ularga ta'sir etish imkoniyatlari to‘g’risida ham unutmaslik kerak. Yangi texnologiyalarni joriy etish bozorni o'zgartirishga qodir.
Har doim texnologiyaning samaradorligini baholab borish, yangicha yondashuvlar va muqobil texnik yechimlarni izlash, texnologiyani raqobatchilardan himoya qilish zarur. Barqaror iqtisodiy ko‘rsatkichlar xavfsizlik va xotirjamlik hislarini uyg’otadi, lekin siz bir joyda turib qolsangiz, demak orqaga qarab ketayapsiz.
Yangiliklarni kiritish - bu tavakkal qilish demakdir, lekin ulardan voz kechish ham yaxshi ish emas.
Bozorda doimo faol holatni egallash va o‘tish zarur. Yangi mahsulotlar va texnologiyalar, faoliyatning yangi sohalariga o‘tish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |