Ishlab chiqarish harajatlari - korxonaning mahsulot i.ch. maqsadlarida, iqtisodiy resurslar sotib olish uchun qilgan pul sarflari. Firma oʻz faoliyatini bozordan moddiy resurslar, yaʼni asbob-uskuna, dastgohlar, transport va aloqa vositalari, xom ashyo, yoqilgʻi, har xil materiallarni, mehnat bozoridan ish kuchini sotib olishdan boshlaydi.
Ishlab chiqarish harajatlari tarkibi - Shunga muvofiq holda I.ch.x. tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonil-g`i va energiya harajatlari, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar, foiz to`lovlari va b. harajatlar kiradi. I.ch.x. ga qilingan barcha harajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxinn tashkil qiladi.
- I.ch.x.ni o`rganishga iqtisodchilar turlicha yondoshadilar. Jumladan, harajatlarning qiymat nazariyasiga ko`ra, I.ch.x. quyidagi turlarga bo`linadi: doimiy harajatlar: — korxona to`lov majburiyatlari, soliqlar, amortizatsiya ajratmalari, ijara haqi, qo`riqlash xizmati harajatlari, boshqaruv xodimlari maoshi va b; o`zga-ruvchan harajatlar: — xom ashyo, materiallar, yonilg`i, transport xizmati, ishchilar ish haqi va shu kabilar uchun harajatlar.
Umumiy (yalpi) harajatlar - Umumiy (yalpi) harajatlar — doimiy va o`zgaruvchan harajatlar yi-g`indisi. Bevosita i.ch. harajatlari — konkret mahsulot i.ch.ga ketgan va bevosita uning tannarxiga o`tadigan harajatlar. Bilvosita harajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qo`shilmaydigan harajatlar. O`rtacha harajatlar — maʼlum vaqt orali-g`idagi mahsulot birligiga, tovarlar partiyasi bo`yicha yoki tashkilotlar gu-ruqi bo`yicha bir buyumga to`g`ri keladigan harajatlarning o`rtacha kattaligi. Ekspluatatsiya (foydalanish) harajatlari — uskunalar, mashinalar, transport, i.ch. vositalarini va kundalik foydalaniladigan xo`jalik buyumlarini ishlatish bilan bog`liq bo`lgan harajatlar
ISHLAB CHIQARILAYOTGAN MAHSULOTLARNING RAQOBATBARDOSHLILIGINI - Mamlakatimizdagi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini yanada oshirish, mahsulot ishlab chiqarish hamda uni ichki va tashqi bozorlarda sotish hajmini yanada ko‘paytirish va eksport salohiyatini o‘stirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 yanvardagi "Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 5-sonli qarori qabul qilindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |