Ishlab chiqarish funktsiyasi va omillarning nisbati, me’yoriy unumdorlik nazariyasi



Download 53 Kb.
bet1/3
Sana01.01.2022
Hajmi53 Kb.
#299789
  1   2   3
Bog'liq
Ishlab chiqarish funktsiyasi va omillarning nisbati, me’yoriy unu


Aim.uz

Ishlab chiqarish funktsiyasi va omillarning nisbati, me’yoriy unumdorlik nazariyasi

Biron turdagi mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillarining hammasi

kerak, ulardan birontasi bilan alohida tarzda biron narsa ishlab chiqarib bo’lmaydi. Shu bilan

birga, shu omillardan qaysi biri — mehnatmi, kapitalmi, ermi yoki tadbirkorlikmi asosiy o’rin

tutadi, mahsulot aynan shu omil bo’lgani tufayli ishlab chiqariladi, deb ham ayta olmaymiz.

Ishlab chiqarish jarayonida bu omillar uzluksiz ravishda bir-biri bilan bog’liq holdagina amal

qiladi, bir-birini to’ldiradi, gohida bir-birini o’rnini qoplaydi.

Biron aniq ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarining belgilangan ma’lum

bir miqdori nisbati talab qilinadi. Bunda tadbirkorni chiqadigan mahsulot miqdori qiziqtiradi.

Texnika-texnologiyani ma’lum taraqqiyot darajasi, unga muvofiq mehnat unumdorligini ishlab

chiqarish omillarining ma’lum kombinatsiyasi sharoitida shu omillar miqdori uchun

mahsulotning optimal miqdoriga erishish mumkin.

Buni eng oddiy omil misolida ko’rish mumkin.

Maksimal miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun er va mehnat turli

kombinatsiyalarda birlashsin deylik.

Aytaylik, 1 ga erda 10 kishi mehnat qilib 700 kg, 20 kishi 1000 kg, 30 kishi 1230 kg, 40

kishi 1410 kg hosil olishi mumkin. Bunda omillarning turli nisbatlari, turlicha natijaga olib

keladi. Uni matematik ko’rinishda quyidagicha ifodalanadi:



U=f(a1, a2, a3, ... an)

Bunda: U — ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori;



a1, a2, a3, ... an — ishlab chiqarish omillari.

Bu funktsiyani quyidagicha korxona (firma) faoliyati natijasida ishlab chiqarishga jalb

qilingan omillar bilan ishlab chiqarilgan mahsulot o’rtasida bog’lanish tarzida ham ifodalash

mumkin.


Q=f(L·K·N)

Q — mahsulot miqdori.

L, K, N — ishlab chiqarish omillari mehnat, kapital, erning turli xildagi birlashuvi.

Bu ishlab chiqarish hajmini ifodalaydigan funktsiya ishlab chiqarish omillariga umumiy

xarajatlar bilan ularning nisbati o’rtasidagi bog’lanishni ko’rsatadi. Bu tenglik ma’lum bir

texnologiyaga nisbatan olinadi. Texnologiyani takomillashuvi qayd qilingan, ma’lum nisbatdagi

omillar yig’indisida ishlab chiqarish hajmini oshishiga olib keladi. (Texnika, texnik vositalar

deganda iqtisodiyotdagi mashina, uskuna va hokazolar tushunilsa, ishlab chiqarish texnologiyasi

— bu material, yarimfabrikatlarga ishlov berish usuli, ya’ni mexanik, texnik, ximik,

elektroximik, biologik, universal usullardan iborat.)

Bu funktsiyalarning ahamiyati shundaki, u imkoniyatlarning muqobil variantlari borligini

ko’rsatadi. Ishlab chiqarish omillarining turlicha nisbatlarda birlashuvi bir natijani, aynan bir

hajmdagi mahsulot chiqarishni ta’minlashini ko’rsatadi. Agarda, ishlab chiqarish omillarining

turlicha kombinatsiyalari bo’lishi mumkin ekan, demak, omillarning birlashuvini eng optimal

varianti mavjud. Ishlab chiqarish funktsiyasi omillarini bir-birini almashtirishi mumkin. Ishlab

chiqarish omillarini o’zaro bir-birini almashtirishi neoklassik tahlilning fundamental

kontseptsiyasi hisoblanadi.

Er mikdori, birligi (ga) Mexnat mikdori,j birlik (kishi) 10 20 30 40

1

3

6



9

700


1000

1200


1400

1000


1410

1720


1400

1000


1410

1720


2000

1230


1730

2120


2450

Klassik maktab namoyandalari esa tovar ishlab chiqarish uchun faqat bir texnologiya

bo’lishi mumkin, omillarni o’zaro bir-birini o’rnini bosishi, almashishini batamom imkoni yo’q,

deb hisoblashgan.Ishlab chiqarish hajmi omillarning malum nisbatdagi miqdoriga bordiq. Ularni

o’zgarishi uchun esa turlicha vaqt talab qilinadi. Shuning uchun iqtisodiyotda qisqa va uzoq

muddatli davr farqlanadi. Qisqa muddatli davr- shunday davrki, korxonaning quvvatini

o’zgartirish uchun (Yangi bino, inshoot qurish, texnika, texnologiyani o’zlashtirish, mutaxassis

kadrlar tayyorlash) uchun juda qisqalik qiladi. Bunday omillar doimiy deb yuritiladi. Shu Bilan

birgashunday omillar borki, ularni nisbatan tezda, osongina o’zgartirish mumkin. Ularga ishchi

kuchi, energiya, xom ashyo kabilar kiradi. Ularni o’zgaruvchi omillar deyiladi.




Download 53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish