Ishlab chiqarish amaliyotiBoʻ-lim Kichik boʻlim
Shoyxontohur tuman
7-rasm Shoyxontohur tumantibbiyot muassasalarining budjetdan tashqari tibbiyot muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasiga tushumlari va ularning sarflanishi tahlil qilinganda (8-ilova, 7-rasm) yillarga nisbatan yuqori darajada oʻsish holatlari kuzatilmadi. Ushbu gʻazna hisob varagʻiga tushumlar asosan qonunchilikda belgilangan budjet mablagʻlari hisobidan 5 foizgacha (4821600-xarajat moddasi) rejalashtirilgan tibbiyot tashkilotlarini moddiy ragʻbatlantirish va rivojlantirish fondini shakllantirish xarajatlari hisobiga tushgan. Ushbu tushumlar asosan tibbiyot xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish hamda moddiy texnik bazasini mustahkamlash uchun moʻljallangan boʻlsada, tushumlarning katta qismi budjetdan ajratilgan mablagʻlarning yetishmagan qismi kreditor qarzdorliklarni qoplashga yoʻnaltirilgan, jumladan: 2019-yilda budjetda rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan 1 140,3 mln.soʻm tushgan boʻlsa, shundan 804,3 mln soʻmi, yaʼni 70,5 foizi kreditor qarzdorlikni qoplash hamda budjetdan ajratilgan mablagʻlarning yetishmagan qismini qoplash maqsadida kommunal xizmat xarajatlariga sarflangan (TMRJ hisoboti ilova hujjatlarda). 2020-yilda budjetda rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan 1 304,9 mln.soʻm tushgan boʻlsa, shundan 1 512,8 mln soʻm, yaʼni 5 foizgacha rejalashtirilgan mablagʻlardan tashqari, turli tashkilotlar tomonidan berilgan homiylik mablagʻlari hamda pullik xizmatlardan tushgan tushum mablagʻlarining ham bir qismi kreditor qarzdorlikni qoplash hamda budjetdan ajratilgan mablagʻlarning yetishmagan qismini qoplash maqsadida kommunal xizmat xarajatlariga sarflangan (TMRJ hisoboti ilova hujjatlarda). 2021-yilda esa budjetda rejalashtirilgan mablagʻlar hisobidan 2 002,7 mln.soʻm tushgan boʻlsa, shundan 464,8 mln soʻmi, yaʼni 23,2 foizi kreditor qarzdorlikni qoplash hamda budjetdan ajratilgan mablagʻlarning yetishmagan qismini qoplash maqsadida kommunal xizmat xarajatlariga sarflangan (TMRJ hisoboti ilova hujjatlarda). Yillar kesimida kommunal xizmat xarajatlarini qoplash uchun yoʻnaltirilgan mablagʻlar boʻyicha eng past koʻrsatkich 2021-yilda kuzatilgan. Bunga asosiy sabab 2021-yilda budjet hisobidan 4-guruh xarajatlariga ajratilgan mablagʻlar ancha yuqori koʻrsatkichni tashkil qilganligidur. 2020-yilda ham budjet mablagʻlari hisobidan 4-guruh xarajatlariga mablagʻlar 2019-yilga nisbatan ancha yuqori ajratilganligi (7-ilova – 186 foiz) koʻrishimiz mumkin, lekin 2020-yilda 4-guruh xarajatlarining katta qismi pandemiyaga qarshi kurash tadbirlariga sarflangan. Tuman sogʻliqni saqlash muassasalarining shtat birliklari jadvali tuzilishi va ularni belgilash meʼyorlari, tarif razryadlari, tarif koeffitsiyentlari qanday asoslarda belgilanishi oʻrganildi. Shtatlar jadvali avvalo budjetda belgilangan mablagʻlar doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2014-yil 15-dekabrda 2634-son bilan roʻyxatga olingan “Budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilarning xarajatlar smetasi va shtat jadvallarini tuzish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom17 asosida budjet tashkilotlari va budjet mablagʻlari oluvchilari tomonidan tuziladi va tasdiqlanadi. Shtat jadvali mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi. Bunda, budjet tashkilotining shtat jadvalida va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining jamlanma shtat jadvalida mehnatga haq toʻlash shartlarida nazarda tutilgan, bir yilga hisob-kitob qilingan ustamalar toʻlashga, qoʻshimcha haq toʻlash va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishga yoʻnaltiriladigan mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi alohida satrda koʻrsatiladi, masalan: mukofotlash, moddiy yordam koʻrsatish, koʻp yillik mehnati uchun bir martalik ragʻbatlantirish uchun mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi; koʻp yillik mehnati va maxsus unvonlarga (malaka darajasi, darajali unvon, diplomatik martaba va boshqalar) oylik ustamalar va qoʻshimcha haq toʻlashni belgilash uchun mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi; mehnat taʼtilidagi shaxslarning oʻrnini bosuvchi xodimlarning mehnatiga haq toʻlash uchun mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi va boshqalar. Markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatlari boʻysunuvidagi budjet tashkilotlarining jamlanma shtat jadvalini mazkur Nizom 46-bandining uchinchi xatboshisiga muvofiq tartibda tuzadi. Budjet tashkilotining shtat jadvalini va markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatining jamlanma shtat jadvalini tasdiqlash joriy moliya yilining 10-martidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Bunda, budjet mablagʻlarini taqsimlovchi boʻysunuvidagi budjet tashkilotlari shtat jadvallarini budjet mablagʻlarini taqsimlovchi tomonidan belgilangan, biroq joriy moliya yilining 10-martidan kechiktirmay tasdiqlaydi. Jamlanma shtat jadvalini budjet tizimi budjetlari xarajatlari tasnifiga muvofiq boʻlim va kichik boʻlimlari kesimida boʻysunuvidagi budjet tashkilotlari xodimlarining va budjet mablagʻlarini taqsimlovchi xodimlarining lavozimlari yoki toifalari boʻyicha sonini guruhlashtirish yoʻli bilan yuqoridagi 2634-son bilan roʻyxatdan oʻtkazilgan Nizomning 10-ilovasiga muvofiq shaklda tuzadi. Sogʻliqni saqlash muassasalarining shtat birliklari cheklangan soni meʼyorlarini aniqlash tibbiyot muassasasining xizmat koʻrsatish turiga qarab Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan (16.05.2016 y № 06-3/456) Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi (16.05.2016 y № 11-SP) hamda Moliya vazirligi (16.05.2016 y № 12-03-02/975) bilan kelishilgan holda tasdiqlangan “Tuman (shahar) tibbiyot birlashmasining tibbiyot, farmatsevtika va boshqa xodimlari vaqtinchalik shtatlar meʼyori” asosida aniqlanadi va shtatlar jadvaliga kiritiladi (ilova hujjatlarda mazkur shtatlar meʼyori nusxasi ilova qilinadi). Sogʻliqni saqlash muassasalari xodimlari lavozim maoshlari uchun ustamalar, qoʻshimcha haqlar, tegishli toifalari boʻyicha razryadlari va boshqa toʻlovlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli qarori asosida belgilanadi. Mazkur qaror bilan har bir tibbiyot muassasasining bajarayotgan ishlari murakkabligi va ish yuklanmasi darajasiga, koʻrsatilayotgan tibbiy yordam sifatiga bogʻliq ravishda qanday yondashuv aniq koʻrsatib berilgan boʻlib, har bir poliknika, qishloq vrachlik punkti, kasalxonalar va boshqa tibbiyot muasssasalari xodimlarining lavozim moashlari, ustamalari, qoʻshimcha toʻlovlari qanday belgilanishi aniq koʻrsatilgan. Bulardan tashqari lavozim maoshlari uchun tarif razryadlaridan kelib chiqqan hola tarif koeffitsiyentlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2019-yil 16-sentyabrdagi 775-son qarori 2-ilovasiga muvofiq amalga oshiriladi, yaʼni belgilangan lavozim boʻyicha tegishli tarif razryadi aniqlanadi hamda mazkur qarorning 2-ilovasida belgilangan tarif koeffitsiyenti shtat jadvali tuzilayotgan kunda amalda boʻlgan mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga koʻpaytirish yoʻli bilan asosiy lavozim maoshi aniqlanadi. Ustamalar, qoʻshimcha haqlar va boshqa toʻlovlar esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq toʻlashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2005-yil 21-dekabrdagi 276-sonli qarorida belgilangan foizlardan kelib chiqqan holda lavozim maoshiga nisbatan ushbu foizlarni qoʻllash orqali hisoblab chiqariladi. Ayrim ustama va qoʻshimcha toʻlovlar qonunchilik hujjatlarida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdoriga nisbatan etib belgilangan boʻlsa, unda unga nisbatan olinadi. Ayrim lavozimlarning tarif razryadlari esa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mehnat bozorida mehnat munosabatlarini tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 6-sentyabrdagi 743-son qarori asosida belgilanadi. Xulosa. Men Tursunxojayev Rovshan Amaliyot jarayonida budjet tashkilotlarini smeta asosida rejalashtirish va moliyalashtirish tartiblarini oʻrgandik, bu borada bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini ochib berishga harakat qildik, budjet tashkilotlarini budjetdan tashqari manbalar shakllanishini oʻrganib chiqib, quyidagi xulosalarni shakllantirishga muvaffaq boʻldik. - bizning fikrimizcha, davlat, mamlakatdagi bozor munosabatlarining qay darajada shakllangan va rivojlangan boʻlishiga qaramay, ijtimoiy sohalarni boshqarishi, ularning faoliyatini tashkil etishi va moliyalashtirishda ishtirok etishi zarur, ularning normal darajada faoliyat qilishi uchun davlat barcha huquqiy, tashkiliy va iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratib berishi shart: - budjetdan moliyalanadigan sohalarga mablagʻlarni toʻliq hajmda safarbar etish imkoniyatini taʻminlash maqsadida davlat daromadlarining barqarorligini taʻminlash va xarajatlarning aniq hisob-kitobini olib borish lozim; - ijtimoiy sohalardagi taʻlim, sogʻliqni saqlash muassasalari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifat standartlarini oʻrnatish va ularga amal qilinishini nazorat qilishni yoʻlga qoʻyish lozim, aks xolda xizmatlar narxining oshib borishi bilan ularning sifati oʻrtasidagi bogʻliqlik uzilib bormoqda, malakali xizmat qimmat turishi bilan birga, sifat standartiga ham javob berishi kerak, deb hisoblaymiz; - aholining nochor, ijtimoiy muhofazaga muhtoj qatlamlariga bepul xizmatlar koʻrsatilishini davlat bundan keyin ham oʻz zimmasiga olishi, bu xizmatlarning toʻliq moliyalashtirilishiga erishishi lozim; - budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilishga boʻlgan harakati ularning asosiy faoliyatiga, tashkilotning missiyasini bajarishga putur etkazmasligi kerak, shuni unutmaslik lozimki, budjet tashkiloti notijorat asosida faoliyat yurituvchi muassasa, shuning uchun unda marketing masalalari oʻylab, jamiyatning talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda hal etilishi kerak; - aksariyat aholi ongida taʻlim, va ayniqsa, sogʻliqni saqlash xizmatlarining bepul taqdim etilishi kerak, degan stereotiplar mustahkam oʻrnashgan, bu esa budjet tashkilotlarini pullik asosga oʻtkazish jarayonida aholi tomonidan noroziliklarga olib kelmoqda, lekin bozor iqtisodiyoti talablari, qolaversa, “pullik narsa qadrli boʻladi” degan naqldan kelib chiqib, budjetning chegaralanganligi sharoitida budjet tashkilotlarining ortib borayotgan ehtiyojlarini faqat davlat mablagʻlari hisobiga qoplashning obyektiv tarzda imkoni yoʻqligini tushunib etish vaqti keldi; - hozirgi kunda budjet tashkilotlarining barcha budjetdan tashqari daromadlari barcha soliqlar va majburiy toʻlovlardan ozod etilganligini eʻtirof etgan holda, budjet tashkilotlarining tijorat faoliyatlarini davlat bundan keyin ham ragʻbatlantirib borishi maqsadga muvofiq; - budjet tashkilotida shunday muhitni yaratish kerakki, budjet tashkiloti tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar natijasidan unda ishlayotgan koʻp sonli xodimlarning shaxsiy manfaatlari emas, tashkilot manfaatlari ustuvor boʻlishi lozim, deb hisblaymiz. Ushbu xulosalarimizdan kelib chiqqan holda istiqbolda budjet tashkilotlarini mablagʻlarini shakllantirish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish boʻyicha quyidagi tavsiyalarni berishni lozim topdim: Birinchidan, davlat budjetini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish ustidan operativ nazoratni taʻminlash maqsadida oʻz faoliyatlari bilan bogʻliq munosabatlar doirasida budjet tizimini boshqarish organlari doirasida integrallashgan axborot tizimlarini yaratish lozim. Ikkinchidan, sogʻliqni saqlash tizimidagi muassasalarni aralash moliyalashtirish tizimiga erishish, ixtiyoriy tibbiy sugʻurtani keng joriy qilish, mavjud maxsus sugʻurta tashkilotlari orqali shartnomalar asosida sogʻliqni saqlash muassasasini qoʻshma moliyalashda ishtirokini ragʻbatlantirish va yoʻlga qoʻyish lozim. Mamlakat miqyosida sogʻliqni saqlash tizimi xarajatlarini moliyalashtirish va uni rejalashtirishda majburiy ijtimoiy tibbiy sugʻurta tizimini joriy qilish lozim; Uchinchidan, budjetdan mablag oluvchi budjet tashkilotlarining oʻz harajatlarini mablag bilan taʻminlashda mustaqil oʻz faoliyati natijasida shakllanadigan mablagʻlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish. Masalan, boʻsh turgan obʻektlarni ijaraga berish, oʻz faoliyatidan kelib chiqqan holda tijorat asosida koʻriladigan daromadlar tizimini shakllantirish va oʻz navbatida bu yul bilan budjet mablagʻlariga boʻlgan talabni qisqartirib aksincha oʻz daromadlari hisobidan moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish lozim. Download 145,66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |