Ишлаб чиқаришнинг метрологик асослари



Download 0,86 Mb.
bet28/72
Sana07.03.2022
Hajmi0,86 Mb.
#485946
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72
Bog'liq
metrologiya g\'ulomov

Nomlangan shkalalar, bularda:

  • ekvivalentlik munosabatlari qo’llanishi mumkin

  • tartib munosabati (masalan, «katta-kichik») qo’llanilmaydi

  • proporsionallik munosabati qo’llanilmaydi

  • jamlash munosabati qo’llanilmaydi

  • nol kriteriyasi mavjud emas

  • o’lchash birligi mavjud emas.

Nomlangan shkalalar yordamida sifat tavsiflari yoziladi, bunda quyidagi o’lchovlar ishlatiladi ranglar atlasi va boshqa rang o’lchovlarixromo-kobaltli shkala.

Tartib (qator) shkalasi - o’lchanadigan kattaliklarning o’sish yoki kamayish tartibida joylashgan o’lchamlari, bularda:


  • ekvivalentlik munosabati qo’llaniladi

  • tartib munosabati («katta-kichik» turidagi) qo’llaniladi

  • proporsionallik munosabati qo’llanilmaydi

  • jamlash munosabati qo’llanilmaydi

  • nol tushunchasi mavjud yoki yo’q

  • o’lchash birligi mavjud emas.

Misol


Moosa minerallarining qattiqlik shkalasi(Brinnel, Vikkers, Rokvell, Shor va b) jismlarning qattiqlik shkalalariyorug’lik sezuvchan shkalalari(yorug’lik sezuvchanlik) ishqorli, yodli, gidroksilli, efirli sonlarshamol kuchining balli (Bofort shkalasi bo’yicha, ersilkinish (qimirlash) kuchi (Rixter shkalasi bo’yicha), atom elektrostansiyalaridagi portlashlar (MAGATE shkalasi bo’yicha) va buzilishlarga mustahkamligi.
Oraliqlar (interval) shkalasi, bularda:

  • ekvivalentlik munosabati qo’llaniladi

  • katta-kichik turidagi tartib munosabati qo’llaniladi

  • proporsionallik munosabati qo’llaniladi

  • jamlash munosabati qo’llaniladi

  • kelishuv bo’yicha o’rnatilgan nol tushunchasi mavjud

  • kelishuv bo’yicha belgilangan o’lchash birligi mavjud.

Oraliq shkalasida o’lchanadigan kattaliklarning o’lchamlari aniq intervallarda (oraliqlarda) joylashtiriladi.

Misol


  1. Qiymatlari Metrik Кonvensiya mamlakatlari o’rtasidagi kelishuv bo’yicha qabul qilingan va aniq o’lchashlar asosida belgilangan reper nuqtalar qatoridan tuzilgan Xalqaro harorat shkalasi haroratni o’lchash uchun boshlang’ich asos bo’lib xizmat qiladi.

  2. Vaqt intervallari shkalasi. Vaqt intervallari shkalasi bo’yicha oraliqlarni (intervallarni) qo’shish (ayirish) va bir interval ikkinchisiga qaraganda qanchaga katta (kichik) ekanligini taqqoslash mumkin, lekin qandaydir hodisa vaqtini qo’shishning hech qanday ma’nosi yo’q.

  3. Uzunlik shkalasi (uzunlik o’lchovlarichizg’ichlar, ruletkalar, kalibrlar, qisqichlar (hupo’) va h.k.).

  4. Selsiy, Farangeyt, Reomyura va boshqa harorat shkalalari.



Nisbat shkalasi, bularda:

  • ekvivalentlik munosabati qo’llaniladi;

  • «katta-kichik» turidagi tartib munosabatlari qo’llaniladi;

  • jamlash munosabatini qo’llash mumkin;

  • bir qiymatli, nolning tabiiy kriteriyasi mavjud;

  • kelishuv bo’yicha belgilangan o’lchashlar birligi mavjud;

Misol:


  1. Massa o’lchovlari:

  2. Harorat shkalasi MTSh-90 ning reper (tayanch)nuqtalari.

  3. Radionuklidlar aktivlik o’lchovlari, energetik o’lchovlar va boshqalar.

Absolyut shkalalar, bularda:

  • ekvivalentlik munosabati qo’llaniladi;

  • qatorlar munosabati (masalan, «katta-kichik») qo’llaniladi;

  • proporsionallik munosabati qo’llaniladi;

  • bir qiymatli, tabiiy nol kriteriyasi mavjud;

  • o’lchash birligi tushunchasi mavjud.

Misol:


  1. Кuchaytirish va kuchsizlantirish koeffisientlari.

  2. Tebranma tizimning aslligi (dobrotnost).

  3. Foydali ish koeffisienti, aks ettirish koeffisienti, amplituda modulyasiya koeffisienti va boshqalar.

Etalonlar va shunday turdagi o’lchashlar mavjudki, ular shkalani bevosita qayta tiklaydi va ularda o’lchash birligi degan tushunchani qo’llash o’rinli emas. Bunday turdagi o’lchashlarga, masalan juda keng tarqalgan (xalqaro miqyosda) fotomateriallarning yorug’ sezuvchanlik sonlari shkalasi bo’yicha, jism qattiqligini sonli shkalasi bo’yicha o’lchashlar misol bo’la oladi. Ranglar atlasini qo’llash bilan belgilangan shkalalarda ranglarni o’lchash keng tarqalgan bo’lib, bularda ranglarni namunasi ularni nomi bilan yoki shartli nomerlar bilan belgilangan bo’ladi.
Bulardan tashqari maxsus etalonli qurilmasiz xalqaro shkalalar ham mavjud, masalan er qimirlashi kuchining xalqaro shkalasi, Bofort bo’yicha shamol kuchini balli shkalasi va x.k.
Demak:

  1. shkala etalonsiz bo’lishi mumkin, lekin etalon shkalasiz bo’lishi mumkin emas;

  2. shkala o’lchov birligisiz bo’lishi mumkin, lekin o’lchov birligi shkalasiz bo’lishi mumkin emas.

Bularni hammasi shunday ma’noni bildiradiki, metrologiya
«o’lchashlar shkalasi», «o’lchashlar birligi» tushunchasiga nisbatan umumiy va fundamental tushuncha hisoblanadi.
Ba’zi hollarda, amalda, kattalik qiymatini bir shkaladan boshqasiga o’tkazish zarurati tug’ilib, uni quyidagi ifoda bo’yicha amalga oshiriladi:

y  x х
y2 y1


х

1
2х1 ,
bu erda x va u - birinchi va ikkinchi shkalalardagi nuqtalar;
x1, x2, u1, u2 - shkaladagi birinchi va ikkinchi reperli (tayanch) nuqtalar.

Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish