A706 B markali ikki mashinali agregat tuzilishi.
A706 B markali ikki
mashinali agregatning magnit qismi uyg’otgich va yordamchi generatorning
stanina qismi, asosiy qutblari va qo'shimcha qutblaridan tashkil topgan (4.6-rasm).
Uyg’otgichning magnit tizimida stanina, 6 ta asosiy qutb, 4 ta qo'shimcha qutb
bo'lsa, yordamchi generatorning magnit tizimida stanina, 6 ta asosiy qutb va 5 ta
qo'shimcha qutb joylashtirilgan.
Uyg’otgich va yordamchi generatorlarning staninalari bir - biriga boltlar
bilan ajralmas qilib biriktirilgan bo'lsa, yakor qismi bir valga joylashtirilgan.
Uyg’otgichning asosiy qutblari o'zaklari magnit maydon ta'sirida hosil bo'ladigan
uyurmaviy kuchlar qiymatini kamaytirish maqsadida elektro tehnik po'lat listlardan
shtamplab tayyorlanadi. Shtamplangan listlar lakka botirilib issiq havoda quritiladi,
so'ngra preslab yig’ilib parchin mihlar bilan biriktiriladi. Uyg’otgichning asosiy
qutbiga 2 ta cho’lg’am joylashtirilgan (4.7- rasm a).
81
4.6-rasm. A706B markali ikki mashinali agregat .
1 -Kollektor vtulkasi, 2 balanslovchi yukcha, 3- podshipnik qopqoqi, 4 - labirint halqa, 5 -
balanslovchi halqa, 6 - plastmassa, 7 - kapsyul, 8 - kollektor, 9 - halqa, 10 - traversa, 11- ulash
shinasi, 12 - kojuh, 13 - qutb o'zagi, 14 - yakor o'zagi, 15 - stanina, 16 - asosiy qutb cho’lg’ami,
17 - yakor cho’lg’ami, 18 - ventilyator, 19 - cho'tkaushlagich, 20 - vtulka, 21 - shponka, 22 - val,
23 - gayka, 24 - kontakt halqa, 25 - qo'shimcha qutb
1-chi cho’lg’am mustaqil cho’lg’am, TE10M teplovozlarida magnit
kuchaytirgichdan manbalanadi. UzTE16M teplovozlarida esa yordamchi
generatordan mikroprocesorli boshqaruv tizimi orqali manbalanadi.
2-chi cho’lg’am bu - magnitsizlantiruvchi cho’lg’am, asosiy ish rejimida
magnitsizlantiruvchi cho’lg’am vazifasini bajaradi, avariyaviy ish rejimida asosiy
magnit maydonini hosil qiluvchi cho’lg’am bo'lib hizmat qiladi va yordamchi
generatordan manbalanadi. Mustaqil cho’lg’am 188 o'ramdan, magnitsizlantiruvchi
cho’lg’am esa 144 o'ramdan iborat. Asosiy qutblar uyg’otgich staninasiga boltlar
orqali mahkamlanadi.
82
4.7- rasm. A706B markali ikki mashinali agregat asosiy qutblari
1 - Izolyaciyalovchi ramka; 2 - mustaqil cho’lg’am; 3- magnitsizlantiruvchi cho’lg’am; 4 -
Izolyaciyalovchi ramka; 5 – prujinalovchi ramka; 6 - o'zak qismi , 7 - paralel uyg'otish
cho’lg’ami; 8 – qutb o’zagi listlari; 9 - parchin mih.
Uyg’otgichning va yordamchi generatorning qo'shimcha qutblari tuzilishi,
vazifasi va ko'rsatkichlari bir hil bo'lib ularning o'zagi po'lat listdan tayyorlangan
va o'zaro almashinuvchan hisoblanadi. qo'shimcha qutbga 17 o'ram cho’lg’am
joylashtirilgan (4.8- rasm). Vazifasi yakor reakciyasini kamaytirish.
Yordamchi generator stanina qismiga joylashtirilgan asosiy qutb o'zagi
uyg’otgich asosiy qutblari o'zagi kabi elektrotehnik po'lat listlardan tayyorlangan
bo'lib, laklanib parchin mihlar bilan yig’iladi. Yordamchi generatorning asosiy
qutblariga paralel cho’lg’am o'ralgan. Asosiy qutblar staninaga joylashtirilishidan
avval prujinali list va izolyacion qistirma qo'yiladi. Asosiy qutb dizel ishga
tushgandan so'ng kontaktsiz regulyator BRN orqali yakordan paralel ravishda
manbalanadi. Asosiy qutb cho’lg’ami 450 o'ramdan iborat.
4.8-rasm. A706 turdagi ikki mashinali agregatning qo'shimcha qutblari
1 - chiqish qismlari; 2 - o'zak qismi; 3- korpusdan himoyalovchi izolyaciya; 4 - g’altak
83
A706B turdagi ikki mashinali agregatning yakor qismi bir valga
joylashtirilgan ikki yakordan tashkil topgan. Har bir yakorning o'zak qismi
qalinligi 0,5 mm elektrotehnik po'lat listlardan tayyorlangan bo'lib listlar
yig’ilishdan avval laklanib quritiladi. Yakor o'zaklarida 44 ta cho’lg’am uchun
mo'ljallangan ariqchalar bo'lib bu ariqchalarning har biriga 3 tadan
izolyaciyalangan oddiy ikki yo'llik to'lqinsimon cho’lg’am joylashtirilgan.
Yakorga 132 ta cho’lg’am o'rnatilgan bo'lib aktiv cho’lg’amlar soni 130 tani
tashkil qiladi. Ikkita cho’lg’am o'lik cho’lg’am hisoblanib ariqchani to'ldirib turish
uchun hizmat qiladi. Cho’lg’amlar ariqchalarda getinaksli ponalar bilan ushlab
turilsa cho’lg’amning ariqchalardan tashqari qismi simli bandaj orqali
mahkamlanadi (4.9-rasm).
4.9. - rasm. A706 turdagi ikki mashinali agregatning yakori
1-qistirma; 2-uyg’otgich kollektori; 3-plastmassali vtulra; 4-balanslovchi qalqa; 5-balanslovchi
yukcha; 6-yakor cho’lg’ami, 7–qulf (pona), 8-sim bandaj; 9-ventilyator gupchagi; 10-
ventilyator; 11 - cho’lg’am ushlagich; 12 – shponka; 13 - yakor listlari, 14 - yordamchi generator
kollektori; 15-kontakt halqalar; 16-balanslovchi halqa; 17 – shponka; 18-val; 19-bandaj qismi;
20-izolyaciya va qistirmalar
4.3. jadval. A -706B turdagi ikki mashinali agregat cho’lg’am
larining asosiy
ko'rsatkichlari
Asosiy
qiymatlari
V - 600 uyg’otgich
VGT 275/120
yordamchi
generator
VGT 275/120 va V-600
84
Mustaqil
cho'lg’am
Magnit-
sizlanti-
ruvchi
cho'lg’am
Paralel
cho'lg’am
Qo’shimcha
qutb
cho'lg’ami
Yakor
Cho’lg’amlar
soni
6
6
6
4/5
44/44
Sim
o'lchamlari,
mm
1,9
1,32
1,9
4,25h7,1
1,12h5,0
Sim markasi
PSD-L
PSD-L
PSD-L
PMM
PET-VSD
qutbdagi
o'ramlar soni
188
140
450
17
130/130
20
0
C
da
cho’lg’amlar
qarshiligi
3,01
5,37
7,7
0,0156
0,032
Izolyaciya
sinfi
В
В
В
В
В
Ikki mashinali agregatning yakorlarini kollektor qismi 130 dona kollektor
plastinalardan tashkil topgan bo'lib, plastinalar kesim yuzi trapeciyasimon
tarkibida kadmiy bo'lgan kollektor mis listdan yasalgan. Bu kollektor
plastinalarining mahkamlanadigan qismi ayri ko'rinishga ega. Kollektor plastinalar
yo'naltiruvchi konus va siquvchi konus orasiga mikanitli manjet halqalar ichiga
joylashtirilib shpilkalar bilan mahkamlanadi. Kollektor plastinalarning o'lchamlari
kichik bo'lganligi sababli toj qismi bilan birga tayyorlanadi. Kollektor plastinalar
orasiga bir biridan izolyaciyalash maqsadida mikanitli qistirmalar qo'yilgan.
Mahkamlangan kollektorlar yakor valiga o'rnatiladi. O'rnatilishidan avval yakor
o'zaklari orasiga sovutish tizimi parragi joylashtirilgan.
Kollektor plastinalar tojining o'rta qismiga yakor cho’lg’amining
to'lqinsimon cho’lg’amlarining uchlari joylashtirilib kavsharlanadi.
Ikki mashinali agregatning har tomonida o'zining 6 donadan
cho'tkaushlagichlari bo'lib bu cho'tkaushlagichlar aylanish imkonini beruvchi
traversaga mahkamlangan (4.10-rasm).
85
4.10. - rasm. A706 turdagi ikki mashinali agregatning cho’tkaushlagich va cho’tka qismi
1–cho’tka; 2-tepki, 3-cho'tkaushlagich korpusi; 5-ulovchi shinalar; 6-halqa
Traversa cho'tkaushlagichlar neytral holatiga kelgandan so'ng qo'zqalmas
qilib mahkamlanadi. CHo'tkaushlagichlar jezdan tayyorlangan bo'lib har bir
cho'tkaushlagichga 1 donadan EG -14 markali cho'tkalar o'rnatiladi.
A-706B turdagi ikki mashinali agregatning yakori, asosiy va qo'shimcha
qutblarini ulanishi uahbu shemada ko’rsatilgan (4.11. rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |