«Ишлаб чиқариш жараёнларини механизациялаш ва автоматлаштириш» фани маърузаларини ўқитиш технологиялари



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/148
Sana03.01.2022
Hajmi9,24 Mb.
#316260
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   148
Bog'liq
fayl 1755 20210907

MVT 25/9 Uyg’otgichi.
 Uyg’otgich  staninasiga boltlar orqali to'rtta asosiy
qutblar   mahkamlanadi.   Uyg’otgichning   har   bir   asosiy   qutbi   o'zak   qismidan   va
g’altakdan tashkil topgan.  
Asosiy qutb o'zagi qalinligi 2 mm bo'lgan po'lat listlardan yig’ilgan bo'lib
uzunligi bo'yicha teng bo'lmagan ikki qismga ajratilgan(4.2. - rasm) 
4.2-rasm. MVT 25/9 uyg’oygichnini kesilgan asosiy qutbi sxemasi
SH1, SH2 – parallel cho’lg’am; O1,O2 – differensial cho’lg’am; P1 – qutbning to’yinmagan
qismi; P1 – qutbning to’yingan qismi.
Kichik yuzaga ega qismga (to'yingan qismi) kesimi 2,63 x 47 mm bo'lgan
tasma   ko'rinishdagi   misdan   tayyorlangan   7   o'ram   differencial   g’altak
joylashtirilgan.   PDV   markali   diametri   1,95   mm   bo'lgan   izolyaciyalangan   mis
o'tkazgichdan   242   o'ram   qilib   tayyorlangan   asosiy   qutbdagi   paralel   uyg’otish
g’altagi o'zakning ikkala (kichik yuzaga ega bo'lgan - to'yingan va katta yuzaga
ega bo'lgan - to'yinmagan) qismini qamrab oladi. Qutb g’altaklari yig’ilgan holda
kompaudlanadi   va   emal   bilan   qoplanadi.   Uyg’otgichning   cho’lg’am   g’altaklari
ochiq   va   kesishuvchi   chiqish   qismli   qilib   tayyorlanadi.   Paralel   va   differencial
g’altaklarning magnit oqimlari qarama - qarshi yo'nalgan, shuning uchun qutbdagi
yakuniy   magnit   maydon   ikki   magnit   maydonlarning   ayirmasidan   hosil   bo'ladi.
Yakuniy   magnit   maydondan   hosil   bo'lgan   EYUK   paralel   g’altak   o'ralgan
to'yinmagan qismida hosil bo'lgan magnit maydondan hosil bo'lgan EYUK bilan
qo'shiladi   va   bu   EYUK   qiymati   generator   toki     ortishi   bilan   kamayib   boradi.
76


Uyg’otgichning   bu   tavsifi   tortuv   generatorning   tashqi   giperbolik   tavsifini
shakllantiradi.
Staninaning   yon   tomonidan   podshipnik   shit   qismi   o'rnatilgan   bo'lib   ,
podshipnik shit qismiga to'rtta cho'tkaushlagich mahkamlangan izolyaciyalangan
traversa o’natilgan. Har bir cho'tkaushlagichga o'lchami 12,5 x 44 x 40 mm bo'lgan
EG4   markali   bittadan   cho'tka   o'rnatilgan.   Cho'tkani   kollektorga   bosib   turuvchi
kuch   10-11   N   oralig’ida   bo'lishi   lozim.   Podshipnik   shit   qismining   o'rtasida
podshipnik   kapsuli   o'rnatish   uchun   mazsus   uya   qismi   bo'lib,   val   bo’yicha
podshipnik   sohasi   labirint   zichlagich   bilan   zichlansa,   tashqi   tomondan   qopqoq
bilan berkitiladi. 
Uyg’otgich   yakori   o'zak   qismidan,   g’altakdan,   kollektordan   va   valdan
tashkil   topgan.   Yakor   o'zagi   qalinligi   0,5   mm   li   shtamplab   tayyorlangan
elektrotehnik po'lat listlardan yig’ilgan. Uyg’otgich yakorining o'zagi yordamchi
generator   yakori   o'zagidan     jez   listlardan   tashkil   topgan   magnit   ekran   bilan
ajratilgan. Yakorning yig’ilgan o'zak qismi valga shponka orqali o'rnatiladi.  Yakor
o'zagi yig’ilgan listlarda shtamplab tayyorlashda 45 ta paz ochilgan bo'lib o'zak
yig’ilganda bu pazlar orqali yakorda uzunligi bo'yicha kesimda 45 ta paz hosil
bo'ladi. Bu pazlarga o'lchami 1,6 x 6,9 mm PBD markali izolyaciyalangan to'qri
to'rtburchak kesimdagi ikki qavatli to'lqinsimon mis o'tkazgich joylashtiriladi. Har
bir sekciya uchta o'tkazgichdan tashkil topgan. O'zakning har bir paziga ikkita
yarim sekciya joylashtiriladi. Sekciyalar orasiga va paszning ostki qismiga mikanit
qistirmalar   joylashtiriladi.   G’altaklar   pazlarda   getinaksli   ponalar   bilan   ushlab
turilsa   pazdan,   tashqari   qismi   diametri   1,2   mm   li   po'lat   sim   bilan   bandajlanib
mahkamlanadi.   Yakor   cho’lg’amlari   sekciyalarining   uch   qismi   kollektor
plastinalari toj qismi bilan kavsharlanadi. Cho’lg’amning paz bo'yicha qadami 1-
11, kollektor bo'yicha qadami 1-68 (4.3. rasm a). Uyg’otgich kollektori 135 ta
kollektor plastinalaridan tashkil topgan.  
77


4.3-rasm. Yakor seksiyalarining cho’lg’amlari
a) – uyg’otgich; b) yordamchi gtntrator

Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish