«Ишлаб чиқариш жараёнларини механизациялаш ва автоматлаштириш» фани маърузаларини ўқитиш технологиялари



Download 9,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/148
Sana03.01.2022
Hajmi9,24 Mb.
#316260
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   148
Bog'liq
fayl 1755 20210907

Qo’shimcha   qutb
.     Qo’shimcha   qutblar   tortuv   elektr   dvigatelda
komutaciya   jarayonini   yahshilash   uchun   hizmat   qiladi.   Qo’shimcha   qutbning
o'zagi yahlit St-3 markali po'latdan tayyorlangan bo'lib, o'zakning yakor tomoni
o'lchamlari   kichraytirilgan   (2.28-rasm).  O'zakning   kichraytirilgan   tomoniga
g’altaklarni   ushlab   turish   uchun   ikkita   magnitlanmaydigan   materialdan
tayyorlangan burchakli listlar  parchin mihlar bilan qotirilgan. 
Qo’shimcha   qutbning   g’altagi   izolyaciyalanmagan   SHMM   markali   6x30
mm o'lchamli misdan tayyorlangan. Mis sim kichik o'lcham tomoni bilan o'zakka
o'ralgan.   CHo'lg’am   o'ramlari   orasiga   elektr   izolyacion   asbest   qog’ozdan
49


qistirmalar   joylashtirilgan.   G’altakning   chekka   qismida   joylashgan   3-4   o'ram
cho'lg’ami LS markali lenta bilan 3   qavat qilib va bir qavat shishali lenta bilan
o'ralgan. 
2.28-rasm. TED qo’shimcha qutbi
1-burchakli listlar; 2-qo’shimcha qutb g’altagi; 3-tekstolitli qistirma; 4-qo’shimcha qutb o'zagi;
5-prujinali ramka; 6-(magnitlanmaydigan materiladan) qistirma; 7 - parchin mih; 8-gardish/
Qo’shimcha   qutb   g’altagi   mahsus   karkasga   kiydiriladi   lakga   shimdirilib
quritiladi   va qutb o'zagiga joylashtiriladi.   qutb o'zagi mahsus rezbali teshiklar
orqali   boltlar   bilan   ostovga   mahkamlanadi.   qutb   g’altagi   va   ostov   orasiga
izolyaciyalovchi qistirma va prujinali qistirma o'rnatiladi.
  Qo’shimcha qutblarni ulash uchun mahsus simlardan foydalaniladi. qutb
cho'lg’amlarini bog’lovchi simlarni cho'lg’am chiqish qismiga ta'sirini va yuqori
chastotali   tebranishlarni   kamaytirish   maqsadida   rezinali   amortizatorlar   bilan
ostovga mahkamlab qo'yiladi.   
50


Tortuv elektr dvigatelda magnit maydoni qutblarini ulanish shemasi 2.29 – 
rasmda ko’rsanilgan. 
2.29- rasm. TED magnit maydoni qutblarini ulanish shemasi
Tortuv   elektr   dvigatellarning   cho'tkaushlagichlari.   Tortuv   elektr
dvigatellarning cho'tkaushlagichlari quyma jez korpusdan   tashkil topgan bo'lib,
korpusdagi teshiklarga barmoqlar orqali zichlab kiritiladi (2.30- rasm). Barmoqlar
epoksid   kompauddan   tayyorlangan   izolyatorlar   6   yordamida   kronshteynga
mahkamlanadi. Tortuv elektr dvigatellar ikki tomonga harakatlanganligi va bunda
og’ish   4%   dan   og’masligi   kerakligi   shartidan   kelib   chiqib   tortuv   elektr
dvigatellarning   cho'tkaushlagichlarini   o'rnatilishiga   qattik   talab   qo'yiladi.
Kronshteynlar   dvigatel   korpusiga   o'rnatilganidan   so'ng   og’ish   0,5   mm   dan
ortmasligi lozim. Tortuv elektr dvigatel cho'tkaushlagichi korpusida 2 ta teshik
bo'lib biriga bir juft ikkinchisiga ikki juft cho'tka o'rnatiladi.  Cho‘tkaushlagichda
cho‘tkani, kollektor plastinalariga bosib turuvchi prujina mavjud.
51


  CHo'tka   markasi   EG61   o'lchamlari   2(12,5x40x60)   mm.   CHo'tkalar   ish
jarayonida   hosil   bo'ladigan   tebranishlarni   so'ngdirish   va   cho'tkalarni   eyilishini
kamaytirish   uchun   mahsus   rezinali   amortizator   qismiga   ega.   CHo'tkalarning
chiqish qismi egiluvchan mis simli uchlikka ega.
2.30-rasm. TED cho‘tkaushlagichi
1 – egiluvchan  shunt; 2 –rezinali amortizator; 3- mis uchlik; 4 – cho’tka; 5 – listli prujina; 1 6-
prujinani uahlab turuvchi ustun; 7 – barmoq; 8– izolyatorlar; 9 – yoyga chidamli izolyator; 10 –
cho’tkaushlagich korpusi.
Cho‘tkalar aylanuvchi kollektor plastinkalarning tsilindrik sirtida sirpanib,
elektr kontaktini hosil qiladi. Cho‘tkalar qurum, koks (toshko‘mir, neft, torfdan
havosiz   qizdirib   tayyorlangan   qattiq   yoqilg‘i),   antratsitni   (toshko‘mirning   eng
yaxshi   navi)   elektr   pechida   qizdirish   yo‘li   bilan   sun’iy   grafitga   aylantirib
tayyorlanadi. Bunday cho‘tkalar elektr grafit cho‘tkalar deyiladi. Bundan tashqari
cho‘tkalar ko‘mirga mis kukunini qo‘shib tayyorlanadi, bunday cho‘tkalar mis -
ko‘mirli cho‘tkalar deyiladi. Cho‘tkalar kichik o‘tish qarshiligi, kichik ishqalanish
koeffitsienti, ishqalanishga bardoshliligi yuqori va egiluvchan bo‘lishi kerak.  Bir
elektr mashinada faqatgina bir xil elektr o‘tkazuvchanlikga ega bo‘lgan cho‘tkalar
qo‘llaniladi,   aks   holda   cho‘tkalardan   biri   boshqalariga   nisbatan   ko‘proq   tok
o‘tkazadi   va   ko‘proq   qizishiga,   va   parallel   ulangan   cho‘tkalar   orasida   tok
taqsimlanishini buzilishiga olib keladi. 
Odatda bir cho‘tka bir nechta kollektor plastinalarini yopib turadi, bu holat
elektr   mashinaning   kommutatsiyasini   yomonlashtiradi.   Lekin,     cho‘tkalar   va
kollektor plastinalarini kengligi bir xil bo‘lsa, u holda cho‘tkalar juda yupqa va
52


mo‘rt bo‘lib qoladi. Bundan tashqari cho‘tkadan katta miqdorda tok o‘tishi uchun
cho‘tkalar va kollektor orasidagi kerakli kontakt yuzasi bilan ta’minlash zarur. Shu
sababdan, cho‘tkalar yuzasida kerakli ishchi yuzani hosil qilish uchun cho‘tkalar
kengligini   o‘zgartirmasdan,   ularning   uzunligini   oshiriladi.   Bu   esa   kollektorning
uzayib   ketishiga   olib   keladi.   Lekin,   tortuv   elektr   dvigatellarining   o‘lchamlari
lokomotiv   gabariti   bilan   qat’iyan   chegaralangan.   Lokomotivning   g‘ildiraklari
orasidagi   masofa   elektr   dvigatelning   uzuniligini,   g‘ildirak   diametri   esa   elektr
dvigatelning balandligini belgilab beradi. Shuning uchun kollektor o‘lchamlarini
uzayishi   yakor   o‘zagi   va   o‘tkazgichlar   chulg‘ami   uzunligini   kamayishiga   olib
keladi, natijada elektr dvigatelining quvvati kamayadi.
Cho‘tkalar ikki juft bo‘lganligi uchun, bir xil qutbli cho‘tkalar o‘zaro ulanadi
va ulangan joydan mashinaning tashqi klemmasiga o‘tkazgich chiqariladi. Odatda,
klemmalar paneli (qutisi) staninada o‘rnatiladi. Cho‘tkaushlagichlarga o‘rnatilgan
cho‘tkalar orqali elektr toki yakor chulg‘amiga uzatiladi.
Cho‘tkaushlagichlar quyidagi funktsiyalarni bajaradi: 
1)
  cho‘tkalarni   ish   jarayonida   ularning   eyilish   darajasiga   bog‘liq
bo‘lmagan holda o‘rnatilgan holatini saqlab qolish;
2)
  cho‘tkalarga bo‘lgan bosimini eyilish darajasiga bog‘liq bo‘lmagan
holda   o’zgarmas   talab   etilgan   miqdorda   ta’minlab   berish   (agar   bosim
belgilanganidan oshib ketsa cho‘tkaning muddatidan avval eyilishiga va kollektor
qizishiga   sabab   bo‘ladi,   agar   bosim   belgilanganidan   kam   bo‘lsa,   cho‘tkaning
kontakt yuzasi va kollektor orasida havo bo‘shlig‘i yuzaga kelib elektr yoy hosil
bo‘lishiga, hamda kollektorda uchqunlanish jarayoniga olib keladi);  
3)
  cho‘tkalardagi   tokni   yakor   chulg‘amiga   yoki   yakor   chulg‘amidan
tokni cho‘tkaga uzatish;
Cho‘tkaushlagichlar soni mashinaning asosiy qutblari soniga teng.

Download 9,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish