Variant raqami
|
Muassasalar
|
|
Tijorat bankining filiali
|
|
Poliklinika
|
|
Kollej
|
|
Sug‘urta idorasi
|
|
Ishga yo‘llash agentligi
|
|
Оnlayn magazin
|
|
Davlat xizmatlar agentligi
|
|
Ichki ishlar
|
|
Auditorlik kompaniyasi
|
|
Dizayn firmasi
|
|
Internet-provayderi
|
|
Advokatura
|
|
Ko‘chmas mulk-agentligi
|
|
Sayoxat- agentligi
|
|
Xayriya jamg‘armasi
|
|
Nashriyot
|
|
Konsalting firmasi
|
|
Reklama agentligi
|
|
Soliq qo‘mitasi
|
|
Notarius udorasi
|
|
Ilmiy-dizayn korxonasi
|
|
FHDYO markazi
|
|
Gazeta tahririyati
|
|
Mehmonxona
|
|
Turistik kompaniya
|
|
Shahar arxivi
|
|
Taksi dispercherlik xizmati
|
|
Temir yo‘l kassasi
|
|
Aloqa bank filiali
|
|
Davlat test markazi
|
Nazorat savollari
Axborot xavfsizligi nima?
Axborot xavfsizligi siyosati deganda nimani tushunasiz?
Foydalanishlarni boshqarish deganda nimani tushunasiz?
Foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati
https://ipb.ru/doc/about/%D0%9F%D0%BE%D0%BB%D0%B8%D1%82%D0%B8%D0%BA%D0%B0%20%D0%B8%D0%BD%D1%84%D0%BE%D1%80%D0%BC%D0%B0%D1%86%D0%B8%D0%BE%D0%BD%D0%BD%D0%BE%D0%B9%20%D0%B1%D0%B5%D0%B7%D0%BE%D0%BF%D0%B0%D1%81%D0%BD%D0%BE%D1%81%D1%82%D0%B8%2022.04.2016.pdf (murojat vaqti:8.01.22).
https://www.ccb.ru/download/doc/ITSec.pdf (murojat vaqti:8.01.22).
2-amaliy ish
Mavzu: Windows OT qayd yozuvlarni sozlash va parol bardoshliligini tekshirish
Ishdan maqsad: Windows OT qayd yozuvlarini sozlashni o‘rganish va parol bardoshligini tekshirishni amalga oshirish.
Nazariy qism
Amaliy dasturlarni ishlab chiqish va ular bajarilishini ta’minlaydigan vositalar majmuasi.
Operatsion muhit operatsion tizim, dasturiy ta’minot, amaliy dasturlar interfeyslari, tarmoq xizmatlari, ma’lumotlar bazalari va dasturlash tillaridan iborat. Kompyuter resurslarini va ma’lumotlarni muvofiqlashtiradigan va boshqaradigan dasturiy ta’minotning asosiy qismi yoki, dasturlarning bajarilishini boshqaradigan va tizimning resurslarini taqsimlash, rejalashtirish, kirish-chiqishni va ma’lumotlarni boshqararish kabi vazifalarni ta’minlaydigan dasturiy vosita. Operatsion tizimlar ko‘proq dasturiy bo‘lsalar ham, biroq, qisman apparat vositalari qo‘llanishi ham mumkin.
Operatsion tizimlarning asosiy vazifalariga:
fayl tizimini boshqarish (yozish, o‘zgartish, fayllardan nusxa ko‘chirish, erkin foydalanishni nazorat qilish);
dasturlar bajarilishini boshqarish (protsessor vaqtini taqsimlash, dasturlarni diskdan tezkor xotiraga yuklash, yashirin xavfli ta’sirni tutib olish va boshqalar);
xotirani boshqarish (keshlash, taqsimlash, ma’lumotlar butligi nazorati va boshqalar);
foydalanuvchi bilan muloqot (klaviaturadan, sichqonchadan buyruqlarni o‘qish, axborotni ekranga, printerga chiqarish va boshqalar) kiradi.
Bundan tashqari operatsion tizimlar, kompyuterlarni turli rusumdagi tarmoqlardan – mahalliy tarmoqlardan global koorporativ tarmoqlargacha, shu jumladan, Internet tarog‘idan erkin foydalanishni boshqaradi. Operatsion tizimga misollar - MS-DOS, Linux, UNIX, Windows va boshqalar.
Windows OT foydalanuvchilar ma’lumotini xavfsizligi va konfidentsialligini ta’minlovchi yangi vosita va dasturlarning keng majmuasini o’z ichiga oladi va kompyuterda ishlashning yuqori samaradorligini oshiradi. Bular: kompyuterning har bir foydalanuvchi uchun qayd yozuvi va paroli, kompyuterning blokirovka (qamal) qilish, fayl va papkalarni arxiv nusxalarini yaratish va h.k. Foydalanuvchilarning qayd yozuvi haqidagi axborot ximoyalangan ma’lumotlar bazasi – Security Accounts Manager (SAM) da saqlanadi.
Foydalanuvchining qayd yozuvi bu – Windows operatsion tizimda foydalanuvchinining tavsifidir. Odatda u o’z ichiga, foydalanuvchining tarmoqdagi ismi yoki tizimga kirishdagi ismi, haqiqiy ismi, paroli, foydalanuvchi a’zo bo’lgan guruh nomi, shuningdek, tizimda ishlashidagi huquq va ruxsati va undagi resurslardan erkin foydalanishi kabi barcha ma’lumotlarni oladi. Windows Professional va boshqa bir qator serverlarda foydalanuvchilar qayd yozuvi «Lokalnie polzovateli i gruppi» - “Lokal faydalanuvchilar va guruhlar” vositasi orqali boshqariladi. Windows Server da domen nazoratchilarida foydalanuvchilar qayd yozuvini boshqarishda «Active Directory — polzovateli i kompyuteri» - “Active Directory — foydalanuvchilar va kompyuterlar” oynasi ishlatiladi.
Tizim tomonidan o’rnatilgan foydalanuvchilar qayd yozuvlari.
Windows XP ni o’rnatish so’ngida imtiyoz va cheklashlar belgilanganda kamida ikkita o’rnatilgan foydalanuvchilar qayd yozuvi xosil bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |