Ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar


Himoyachi, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki fuqaroviy javobgar vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar



Download 22,68 Kb.
bet4/5
Sana05.01.2022
Hajmi22,68 Kb.
#320355
1   2   3   4   5
Bog'liq
рад қилиш

4.4. Himoyachi, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar yoki fuqaroviy javobgar vakilining ishda ishtirok etishiga monelik qiladigan holatlar


Advokat ishda ishtirok etish haqida bitim tuzilgan yoki tayinlangan vaqtdan boshlab, o‘z vazifalarini bajarishni rad etishga haqli emas, ushbu qoidadan istisno tariqasida faqatgina Jinoyat-protsessual kodeksining 79-moddasida belgilangan hollar ko‘zda tutilgan. Unga ko’ra:

1. Himoyachi va vakil ilgari shu ish bo‘yicha sudya, xalq maslahatchisi, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi, sud majlisining kotibi, guvoh, ekspert, mutaxassis, tarjimon yoki xolis sifatida ishtirok etgan bo‘lsa, jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas.

2. Himoyachi va vakil ushbu ishning tergovga qadar tekshiruvni amalga oshirilishida, tergovida yoki sudda ko‘rilishida ishtirok etgan yoxud ishtirok etayotgan sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi yoki sud majlisining kotibi bilan qarindoshlik munosabatida bo‘lsa, yoxud yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida u bilan bitim tuzgan protsess ishtirokchisining manfaatlariga manfaati qarama-qarshi bo‘lgan shaxs bilan qarindoshlik munosabatida bo‘lsa, u jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas.

3. Himoyachi va vakil sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi lavozimida yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi bo‘lsa ham jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas. Bunda shuni e’tiborga olish kerakki, himoyachi bir vaqtning o‘zida sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi lavozimida yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi sifatida faoliyat yurita olmaydi. Ushbu taqiq ko‘proq vakilga taalluqli bo‘lib, basharti u sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruvchi lavozimida ishlasa yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsi bo‘lsa, u jinoyat ishini yuritishda vakil sifatida ishtirok eta olmaydi. Biroq, ushbu normadan mazkur cheklovdan istisno belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra, u muomalaga layoqatsiz shaxslarning vakili bo‘lsa yoki o‘zi ishlaydigan va fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etilgan yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishga jalb qilingan muassasaning vakili sifatida qatnashsa, ushbu jinoyat ishi bo‘yicha vakil sifatida o‘z faoliyatini davom ettirish huquqini saqlab qoladi.

4. Himoyachi va vakil o‘z himoyasidagi yoki o‘zi vakillik qilayotgan shaxsning manfaatlariga manfaati qarama-qarshi bo‘lgan shaxsga yuridik yordam ko‘rsatayotgan yoki muqaddam shunday yordam ko‘rsatgan bo‘lsa ham jinoyat ishini yuritishda ishtirok etishga haqli emas. Ushbu holat himoyachi va vakil tomonidan o‘z zimmasiga yuklangan protsessual vazifalarni lozim darajada va to‘g‘ri amalga oshirishi mumkinligini shubha ostiga qo‘yadi.

Download 22,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish