Makroiqtisodiy nobarqarorlikni yuzaga kelish sabablaridan biri bu ishsizlik hisoblanadi. Ishsizlik – bu mehnatga yaroqli aholini ish bilan band bo’lmaslik holatini aks ettiruvchi jarayon bo’lib, uning friktsion, strukturaviy, davriy ko’rinishlari mavjud Friktsion ishsizlik
bu ihtiyoriy ishsizlik bo’lib, bir ishdan boshqa ishga o’tish, yashash joyini o’zgartirish va boshqa shu kabi holatlar bilan bog’liq. Ishsizlikning bu turi doimiydir.
Strukturaviy ishsizlik
Bu majburiy ishsizlik turi bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida kasbiy mahoratning mos kelmasligiga va boshqa shu kabi sabablarga ko’ra ishchilarni qisqartirish hisobiga yuzaga keladi. Bu ishsizlik turi ham doimiydir.
Ishsizlikning tabiiy darajasi Friktsion va strukturaviy ishsizlik darajalari birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini ifodalaydi. Ishsizlikning tabiiy darajasi – bu shunday holatki, unda ishsizlar soni bilan bo’sh ishchi o’rinlari bir-biriga mos keladi. Ishsizlikning to’liq yoki tabiiy darajasi ishchi kuchi bozori muvozanatiga erishganda, ya’ni ish izlovchilar soni bo’sh ish o’rinlari soniga teng bo’lganda vujudga keladi. Ishsizlarga kiritilmaydi: Ishsizlarga kiritilmaydi:
- ish bilan band bo`lganlar;
- ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta`lim olayotganlar;
- homiladorlik, tug`ish va 3 yoshgacha bola parvarish qilish ta`tilidagi ayollar;
- uy bekalari hamda bola va boshqa oila a`zolarini parvarishi bilan band bo`lgan shaxslar;
- ozodlikdan mahrum etish muassasalaridagi va ixtiyoriy ravishda mehnat bilan band bo`lmagan shaxslar.
O‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, iqtisodiy faol aholiga nisbatan ishsizlik darajasi 9,3 foizni tashkil etdi, bu joriy yilning I kvartaliga (9,7 foiz) nisbatan 0,4 foizga kamayganligini ko‘rsatadi. Eng ko‘p ishsizlik darajasi Farg‘ona (10,0 foiz), Andijon (9,9 foiz), Surxondaryo (9,9 foiz) viloyatlarida, eng kami Toshkent (7,8 foiz)shahrida qayd etildi.
O‘tkazilgan tekshiruv natijalariga ko‘ra, iqtisodiy faol aholiga nisbatan ishsizlik darajasi 9,3 foizni tashkil etdi, bu joriy yilning I kvartaliga (9,7 foiz) nisbatan 0,4 foizga kamayganligini ko‘rsatadi. Eng ko‘p ishsizlik darajasi Farg‘ona (10,0 foiz), Andijon (9,9 foiz), Surxondaryo (9,9 foiz) viloyatlarida, eng kami Toshkent (7,8 foiz)shahrida qayd etildi.
Yoshlar (30 yoshgacha) o‘rtasidagi ishsizlik darajasi 15,9 foizni, ayollar o‘rtasida — 13,4 foizni tashkil etdi.
2018-yilda bandlikka ko‘maklashish markazlariga ishga joylashish maqsadida 626 480 kishi (shulardan 16–30 yoshdagilar 245 225 kishi) murojaat qilgan, ulardan 255 539 kishi ish bilan ta’minlangan, 355 869 kishi jamoat ishlariga jalb qilingan, 20 543 kishi mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlov kurslariga yuborilgan. Shuningdek, 14 477 kishiga ishsizlik nafaqasi tayinlangan .
Do'stlaringiz bilan baham: |