Idoraviy arxivlarda ekspertiza o‘tkazilishi.
Idora bo„limlari ish yuritish
hujjatlarini 2-3 yil o„tganidan keyin idoraviy arxivga topshiradilar. Bu arxivda
doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlar jamlanadi. Davlat arxivida doimiy
saqlanadigan qimmatli hujjatlarni topshirish uchun hujjatlar ekspertizasi
o„tkaziladi. Bu ishga ijodiy yondashish talab qilinadi. YUqorida ta‟kidlab
o„tilganidek, arxiv fondlari tarkibidan kelib chiqib, ayrim hollarda vaqtincha
saqlanadigan ikkinchi darajali hujjatlarni ham doimiy saqlash uchun qoldirishga
to„g„ri keladi. Ekspertiza hujjatlarni saqlash muddati ko„rsatilgan tegishli Ro„yxat
(Perechen) asosida o„tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |