Hujjatlar yig’majildlarini shakllantirishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur: - hujjatlar yig’majildiga nomenklaturasi bo’yicha hujjatlar yig’majildi sarlavhalariga muvofiq faqat ijro etilgan, to’g’ri rasmiylashtirilgan hujjatlarni joylashtirish;
- bitta masalaning hal qilinishiga taalluqli barcha hujjatlarni birgalikda joylashtirish, ilovalarni asosiy hujjatlar bilan birgalikda joylashtirish
- hujjatlar yig’majildida bitta kalendar yilning hujjatlarini guruhlash (yildan-yilga o’tuvchi hujjatlar yig’majildlari bundan mustasno);
- hujjatlar yig’majildlarida doimiy va vaqtincha saqlanadigan hujjatlarni alohida guruhlash;
- hujjatlar yig’majildiga mashina yozuvlarini umumiy asoslarda joylashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |