Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Korxona, muassasa yoki tashkilotning faoliyatini bugungi kunda ana shu hujjatlarsiz tassavur qilish mumkin emas. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil bo’lgan hujjatlar kattayu-kichik, mehnat kollektivlarning, umuman kishilik jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi.