Fe’l shakllarining qo’llanishida ham birmuncha o’ziga xosliklar mavjud. Xususan, majhul nisbatdagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki o’tgan (yoki hozirgi-kelasi) zamondagi fe’l shakllarining qo’llanish darajasi anchayin yuqori: topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo’shatilsin, tayinlansin, eshitildi, qaror qilindi, ko’rib chiqildi, ko’rsatib o’tildi. - Fe’l shakllarining qo’llanishida ham birmuncha o’ziga xosliklar mavjud. Xususan, majhul nisbatdagi 3-shaxs buyruq-istak maylidagi yoki o’tgan (yoki hozirgi-kelasi) zamondagi fe’l shakllarining qo’llanish darajasi anchayin yuqori: topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo’shatilsin, tayinlansin, eshitildi, qaror qilindi, ko’rib chiqildi, ko’rsatib o’tildi.
- Hujjatlardagi gap yasalishi, odatda, tasniflash, mayda qismlarga ajratishga, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlarning birligiga, umuman, sabab-oqibat va shart-oqibat munosabatlariga asoslandi. Shuning uchun ham hujjatlarda nisbatan uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq bo’lakli gaplar ko’p qo’llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |