Korxonaning ish rejimini asoslash
1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qomusiga asosan ishchi va xizmatchilarning haftalik ish vaqti 41 soatdan oshmasligi kerak. Ishchi va xizmatchilar uchun kechasi ishlash vaqti qisqartirilgan. Shu bilan birga haftada dam olish kunlari va maosh to‘lanadigan mehnat ta’tili joriy qilingan. Korxonadagi texnologik jarayonlarni va ishchilar sonini to‘g‘ri hisoblash uchun sexning ish rejimini tanlash kerak. Sexning ish rejimi yillik ish sutkalar soni va sutkalik smena soni bilan tavsiflanadi (belgilanadi). Yig‘ma beton va temirbeton buyumlari va qurilmalari ishlab chiqaruvchi korxonalar, zavod va kombinatlarda ish sutkalari quyidagicha qabul qilinadi:
-hisobiy yillik ish sutkasi – 262;
-temir yo‘l transporti bilan xom ashyo va mahsulotlarni tashish – 365;
-sutkalik ish smena soni (issiqlik bilan ishlov berilmaydigan bo‘lsa)–2;
- issiqlik bilan ishlov beriladigan bo‘lsa – 3;
Xom ashyo va tayyor mahsulotlarni qabul qilish va jo‘natish jarayonidagi sutkalik smena soni;
- temir yo‘l transporti bilan – 3;
- avtomobil transporti bilan – 2;
Asosiy texnologik uskuna va jihozlar uchun ishlab chiqarishning agregat potok, konveyer, kasseta va stend usullar qo‘llanilganda yillik ish fondi vaqti quyidagicha hisoblanadi:
S=Kf·Nn (2.1)
S=Kf•Nn=0,913x262=247
Bu yerda Kf-texnologik uskunalardan foydalanish koeffitsiyenti,
Kf=0,94.
Nn-bir yillik ish kunlari, soni, Nn=262;
Loyihalanayotgan korxonaning ish haftasi besh kunlik bo‘lsin. Unda ikki smenadagi ish soatlari 16 s va uch smenadagi ish soatlari 23 s bo‘ladi. Aniqlangan ish rejimlari bo‘yicha ma’lumotlarni jadval 1.2. ga kiritamiz.
1.Sanoat binolarining vazifasiga ko’ra turlari
Sanoat binolari xalq xo’jaligining ma’lum bir qismi, ishlab chiqarish sohalariga ko’ra, sanoat korxonalaridan tashkil topadi.
O’z navbatida sanoat korxonalari ishlab chiqarish-texnologik jarayonlarini joylashtirish uchun, ya’ni to’g’ridan-to’g’ri biron bir mahsulot yoki yarim fabrikatlarni ishlab chiqarishga mo’ljallangan sanoat binolaridan iborat bo’ladi.
Tarmoqlardan kat’iy nazar sanoat binolarini to’rt guruhga, ya’ni, ishlab chiqarish, energetika, transport, ombor xo’jaligi binolari turlarga ajratiladi.
Tayyor yoki yarim fabrikat mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun mo’ljallangan binolar ishlab chiqarish binolari deyiladi. Ular ishlab chiqarish tarmoqlariga ko’ra: tikuvchilik, shtampovka-temirchilik, termik, asbobsozlik, ta’mir va shu kabi ko’pgina turlarga ajraluvchi binolardir.
Xalq xo’jaligini elektr energiyasi, siqilgan havo, bug’, gaz bilan ta’minlashda kerak bo’ladigan issiqlik va gidro elektr stantsiyalari, elektr va transformator yordamchi stantsiyalari, bug’ xonalar va hakozolar energetika binolari turlariga mansubdir.
Transport-ombor xo’jaligi binolariga esa garajlar, tayyor transport omborlari, o’t o’chiruvchilar deposi va hokazolar kiradi.
Ma’muriy idoralar, maishiy, ovqatlanish va tibbiyot punktlari joylashgan binolar yordamchi bino turlariga kiradi.
Sanoat binolarining reja va o’lchamlari katta kichikligi va ularning konstruktiv yechimlari bino vazifasiga hamda unda kechadigan texnologik jarayon xususiyatlariga qarab belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |