II-shart.
Chiroyli yozuv. 190-mashq. Sinf taxtasiga ko`rgazma (qo`yish uchun so`zlar (traktorchi, to`quvchi, duradgor, chumoli) osib qo`yiladi. Ikkala guruhdan ikkitadan o`quvchi navbat bilan mashqni husnixat qoidasiga rioya qilgan holda sinf taxtasiga yozadilar.
III-shart.
Xotira o`yini.
Ko`rgazmadan “Mehnat, bayroq, choynak, ko`ylak, sinf, sifat, kitob, paxta” so`zlari o`qitiladi va xotiralarida saqlab daftarlariga yozish taklif etiladi. Bu shartda hamma o`quvchilar ishtirok etadi. Qaysi guruhdan nechta o`quvchi 8 ta so`zni to`g`ri, chiroyli yoza oladi?
IV-shart.
Test sinovi.
1. So`z o`zgartuvchi qo`shimchalarni toping?
a) – ni, - ning, - ga, - da, - dan
b) – ning, - chi, - ga, - li, - la:
d) – da, - dan, - siz, - la, - chi.
2. So`z yasovchi qo`shimchalarni toping?
a) – ni, ning, - ga, - li, - dan.
b) – chi, - li, -la, - ko`z, - dosh, - siz:
d) – ni, - ning, - ga, - ni, - la, - dun.
3. Fe`l shaxs va narsaning nimasini bildiradi?
a) shaxs-narsa nomini bildiradi.
b) shaxs-narsa belgisini bildiradi.
d) shaxs-narsa harakatini bildiradi.
4. Sifat qanday so`roqlarga javob bo`ladi?
a) Nima qildi? Nima qiladi? Nima qilmoqchi?
b) Qanday? Qanaqa?
d) Kim? Nima?
V-shart.
She`rni tez yod oling va chiroyli xatosiz yozing. Darslikdagi 191-mashq magnitafon lentasiga oldindan yozilib, o`quvchilarga eshittiriladi. She`r 3 marta takrorlanadi.
Metro
Har kassasi avtomat,
Chaqa tashlar Noz, Samad,
Nazoratchi mehribon:
Qani keeling! – der mehmon.
VI-shart.
Sonlar ishtirokidagi maqollar. Bu shartda ikkala guruh o`quvchilari navbat bilan sonlar ishtirok etgan maqollar aytishlari kerak. Qaysi guruh to`xtalib qolsa, shu guruh yutqazadi.
VII-shart.
Kim ko`p marta aytadi?
Bu shartda har bir guruhdan bittadan o`quvchi chiqib navbat bilan bir nafas ichida quyidagi tez aytishni necha marta aytib bera oladi.
“Qishda qatiq qattiq qotib qolibdi”.
VIII-shart.
Kim ko`p so`z biladi?
Ikkala guruh sardorlari sinf taxtasiga ilib qo`yilgan so`zdan yangi so`zlar tuzishi kerak.
1-guruh. Fidokor.
2-guruh. Mustaqil.
Bu shartda qaysi guruh sardori ko`p so`z topa oladi va sinf taxtasiga chiroyli xatosiz yozadi.
Ushbu sakkizta shartlar bo`yicha olgan ballari magnit taxtasidagi ko`rgazmaga sardorlar tomonidan belgilab borilgan edi. Sardorlar to`plagan ballarni jamlab chiqib, guruh o`quvchilariga e`lon qilishadi. G`olib guruh aniqlangandan keyin ularga esdalik sovg`alari topshiriladi.
Darsda faol ishtirok etgan o`quvchilar baholanadi.
192-mashq uy vazifa qilib topshiriladi.
Darsga yakun yasaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |