NH4+ bo’laklash usulida ochish
2-3 tomichi tekshiriluvchi eritma forfor kosachasiga solinadi va 3-5 tomchi ishqor qo’shiladi. Stakancha tubiga ho’l lakmus yoki fenolftaleinli filtr qog’ozi joylashtirilib, fosfor kosachaga to’nkarib qo’yiladi, suv hammomida isitiladi. Indikator rangini o’zgarishi-lakmusni ko’karishi fenolftaleinni qizarishi NH4+ ioni borligiga bildiradi.
NH4+ ni yo’qotish
1-usul: -ammoniy tuzlarini termik parchalash: 15-20 tomchi dastlabki eritma quruq qoldiq qolguncha mikrotigelda porlatiladi. Qoldiq 5-10 min davomida qizdirilib sovitilgandan so’ng 8-10 tomchi distillangan suv qo’shib eritiladi. NH4+ ionlarini yo’qotish to’liq bo’lganligini tekshirish uchun eritmadan buyum oynasiga 1-2 tomchi tomizilib, ustiga Nessler reaktivi qo’shiladi. Agar qizil-qo’ng’ir rangli Cho’kma hosil bo’lsa, yuqoridagi ish yana takrorlanadi.
2-usul:-ammoniy ionlarini formalin yordamida geksametilentetramin (urotropin)ga bog’lash:
4NH3 + 6CH2O=(CH2)6N4+6H2O
4NH4++4OH-+6CH2O=(CH2)6N4+1OH2O
Do'stlaringiz bilan baham: |