[
OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.07.00.00 Mehnatni muhofaza qilish / 05.07.04.00 Zararli va og‘ir mehnat sharoitlari. Mehnatning alohida holatlari]
[
TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Mehnat. Aholining bandligi]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Xodimlar mehnatini muhofaza qilish chora-tadbirlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida
Xodimlar mehnatini muhofaza qilishni tashkil etishga doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish, ularning manzilligini va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis malaka sertifikati berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 5-apreldagi 183-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.04.2021-y., 09/21/183/0283-son)
2. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2014-2015 o‘quv yilining ikkinchi yarmidan boshlab tegishli texnika mutaxassisliklarining o‘quv dasturlariga mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha maxsus bo‘lim kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan ushbu qaror talablariga rioya etilishi yuzasidan zarur nazorat o‘rnatsin;
ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarning kadrlar tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi ma’lumotlar bazasini markazlashtirilgan tartibda shakllantirish va yuritish yo‘li bilan ularning hisobga olinishini va ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarning tizimlashtirilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish va malaka oshirish dasturini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
mehnatni muhofaza qilish xizmatlari faoliyatida qo‘llash uchun mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishda jarohatlanishning, kasb kasalliklarining oldini olishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish, qabul qilish va amalga oshirishga doir metodik qo‘llanmalarni ishlab chiqsin;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markaziga mebellar hamda ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillari laboratoriyasini jihozlashga mo‘ljallangan o‘lchov asbob-uskunalarini import bo‘yicha xarid qilishga zarur mablag‘lar ajratsin.
(3-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-martdagi 130-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 15-son, 249-modda)
4. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi belgilangan tartibda:
Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazining ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillari laboratoriyasi jihozlanadigan o‘lchov asbob-uskunalarini tekshirishdan o‘tkazsin;
Respublika aholi bandligi, mehnatni muhofaza qilish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish ilmiy markazining ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayoni omillari laboratoriyasini akkreditatsiyadan o‘tkazsin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Respublika aholi bandligi va mehnatni muhofaza qilish ilmiy markazi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining statistik axborotlari majburiy tartibda yuboriladigan reyestrga kiritilsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
6. Vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 15-sentabr,
263-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qaroriga
1-ILOVA
Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom mehnat sharoitlari, mehnat jarayonining og‘irligi va tig‘izligi, asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan ish o‘rinlarini attestatsiyadan o‘tkazish, uning natijalarini rasmiylashtirish hamda ulardan foydalanish, shuningdek attestatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotlarga qo‘yiladigan talablarni belgilaydi.
2. Ushbu Nizom barcha ish beruvchilar — korxonalar, muassasalar, tashkilotlar (keyingi o‘rinlarda korxonalar deb ataladi) uchun majburiy hisoblanadi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: