I bob bo’yicha xulosa.
O’qitish metodlari va vositalari kabi, o’qitishni uyushtirish shakllari ham asosiy didaktik tushunchalar qatoriga kiradi. Dastlab, o’qitishni uyushtirish shaklarining rivojlanish tarixiga qisqacha to’xtalib o’tdik.
Metod (usul) – yunoncha so’zdan olingan bo’lib, “Metodos” – biror narsaga yo’l ma’nosini anglatadi.
Ta’lim berish usuli – belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo’yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o’zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo’li.
O’qitishning maqsadiga yetish uchun, o’qituvchi bilan o’quvchilarning birgalikdagi harakatini ishga oshirishda qo’llaniluvchi asboblar va tuzilmalar, ayrim ma’lumot beruvchi materiallar o’qitish vositalari deyiladi. Umuman, o’qitish vositalariga o’quv yurtining binosi hamda undagi jihozlar, xonalar, o’quv hujjatlari, o’quv qurollari, turli apparatlar, kompyuterlar, internet va boshq. kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |