Nazorat savollari:
Ish joylarini professiografik tavsifi kim tomonidan tuziladi?
Ushbu usul bo`yicha mehnatning og‘irligi dinamik va statik ishning qator ko‘rsatkichlari bo‘yicha aniqlanadi: yukning kattaligi (kg), dinamik jismoniy zo‘riqish (KChM), ishning quvvati (Vt), yurib ish bajarish (km), ishchi holati bilan aniqlansa. Ishning keskinlik darajasi signallar zichligi (soatlik miqdori), mehnatning monotonligi, kuzatuv ob'ektlar soni, diqqat bilan kuzatish davomiyligi, emotsional zo‘riqish, organizmni ta'sirga bo‘lgan javob reaksiyasini yashirin vaqti, korrekturaviy sinov testlari bilan aniqlanadi. Bu materiallar kasbning unifitsirlangan fiziologo-gigiyenik pasporti uchun asos bo‘lib xizmat qiladi va ular professiogrammalar ko‘rinishida keltirilgan. Professiogramma ballarda ifodalangan sanitar-gigiyenik (fizik, kimyoviy, biologik) va ruxiy fiziologik omillarni baholash asosida tuziladi (uch balli tizimda).
Tuzilgan professiogramma (ushbu kasbga tegishli bo`lgan) barcha ishlab chiqarish omillarning namoyon bo`lish darajasini yaqqol ko`rsatib, ulrani tez va to`liq baholash, ularning ichida me'yoriy ko`rsatkichlaridan oshib ketadiganlarni yo`qotish va kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish, ya'ni ish sharoitlarni sog`lomlashtirish, mehnat jarayonini ratsionlashtirish, shuningdek ish joylarini attestatsiyasini amalga oshirish va ish sharoitlari uchun to`plangan qo`shimcha ish haqi miqdorini aniqlashga xizmat qiladi.
Ish joylarini attestatsiyasi qaysi maqsadlarda o`tkaziladi?
Attestatsiya natijalaridan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:
mehnat sharoitlarini mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha me`yorlar, qoidalar va yo‘riqnomalar talablariga muvofiqlashtirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
og‘ir ishlarda, noqulay, zararli va xavfli ishlarda va mehnatning boshqa alohida shart-sharoitlarida band bo‘lgan hodimlarga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar va kompensatsiyalarni belgilash;
xodimlarni ish joylaridagi mehnat sharoitlari, sog‘liqqa shikast yetkazishning mavjud xavfi, zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari ta'siridan himoya qilish chora-tadbirlari hamda og‘ir ishlarda, noqulay, zararli va xavfli ishlarda va boshqa alohida mehnat sharoitlarida ishlovchi xodimlarga berilishi kerak bo‘lgan kompensatsiyalardan xabardor qilish;
ish joylarida mehnat sharoitlarini nazorat qilish;
kasbiy xavfni baholash;
hodimlarni yakka tartibdagi va jamoaviy himoya vositalari bilan ta'minlash;
mehnat sharoitlarining holati to‘g‘risida statistika hisobotini tayyorlash;
mehnatni muxofaza qilish ishlarini tashkil etishning mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiqligini tasdiqlash;
I shlovchilarni mehnat sharoitini og`irligi va keskinligi uchun qanday qo`shimcha maoshlar to`lanadi?
M ehnat turi
|
Ballar
|
Qo‘shimcha ish haqqi miqdori, tarif stavkasiga nisbatan % xisobida
|
1 . Og‘ir va zararli ish sharoitlari bilan
|
2 gacha
2,1 – 4,0
4,1 – 6,0
|
4
8
12
|
2 . O‘ta og‘ir va o‘ta xavfli ish sharoitlari bilan
|
6,1 – 8,0
8,1 – 10,0
10,0 dan ko`p
|
16
20
24
|
Do'stlaringiz bilan baham: |