Ish haqining turlicha nazariyalari


Xorijda ish haqini tashkil etish tizimi va uning shakllari



Download 445,5 Kb.
bet15/23
Sana15.08.2021
Hajmi445,5 Kb.
#148522
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
Bog'liq
Ish haqi va uning shakllari hamda nominal, real daromadlar.

2.2.3. Xorijda ish haqini tashkil etish tizimi va uning shakllari.

Rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarish va boshqa sohalarda ish haqining xilma-xil tizimlari qo’llaniladi. Bu tizimlarning hammasi mehnatga haq to’lashning keng tarqalgan asosiy ikki turi-ishbay va vaqtbay haq to’lashga asoslanadi. Ishbay haq to’lash shakli yaqin o’tmishda ham ko’pgina korxonalarda keng qo’llanib kelingan, u vaqtda mashina-qo’l mehnati va qo’l mehnati ustunroq bo’ladi. Xuddi shu davrda mehnatni normallash keng joriy qilinib, normalarning ancha zo’r berishni talab qiladigan mashhur Teylor tizimi vujudga kelgandi. Biroq, sanoatda ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash va ayniqsa, avtomatlashtirishning rivojlanib borishiga ko’ra ish haqini tashkil etishning ishbay shakli asta-sekin o’rnini vaqtbay shaklga bo’shatib bera boshladi. Hozirgi vaqtda mehnatga haq to’lashning vaqtbay shakli va uning tarkibiga kiruvchi vaqtbay–mukofotli shaklining salmog’i AQShda qariyb 70%, Buyuk Britaniyada taxminan 60%, Frantsiyada 80%ni tashkil etadi.

Ishchilar mehnatiga haq to’lashning xorijdagi asosiy tizimlarini tarixiy izchillikda quyidagi guruhlarga kiritish mumkin. Ana shunday tizimlarning birinchisi mehnatga haq to’lashning ishbay tizimi bo’lib, uni mashhur muhandis-tashkilotchi F.Teylorasrimiz boshlarida ishlab chiqqan. Bu tizimga ko’ra, haq to’lashning oddiy ishbay shaklidan farqli o’laroq, texnikaviy jihatdan asoslangan ishlab chiqarish normalarini uddalagan ishchilar mehnatiga oshirilgan tarif stavkalari asosida haq to’langan. Bu normalar bajarilmagan taqdirda tarif stavkasi birmuncha kamaytirilgan. Ko’rinib turibdiki, Teylor tizimi ishchilarda mehnat unumdorligini oshirishdan jiddiy moddiy manfaatdorlikni vujudga keltiradi, shu bilan birga, mazkur tizim mahsulot ishlab chiqarishning ancha qattiq jiddiy normalariga asoslangan bo’lib, ularni faqat malakali va tinimsiz ishlaydigan ishchilargina uzlkusiz mehnat jarayoni sharoitida oshirib bajarilishi mumkin.

Teylor tizimi va uning o’zgartirilgan shakllaridan, faqat AQShda emas, balki bir qator iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda ham keng qo’llaniladi. Bu tizim asosida amerikalik olimlardan - K.Bart va D.Merriklar mehnatni normalashning murakkab tizimini va unga mos keladigan rag’batlantirish tizimini ishlab chiqdilar. Ishbay-mukofotli bo’lgan va ko’p jihatdan Teylor tizimiga o’xshash bo’lgan Bart-Merrikning mukofotlash tizimida nazarda tutilishicha, kam va o’rtacha malakaga ega bo’lgan ishchilar normalarni 60-80% atrofida bajaradi. Normalarning 83-100% oralig’ida bajarilishi moddiy rag’batlantirishga arziydigan yutuq hisoblanadi. Normalarning 100% dan oshirib bajarilishi hisob-kitob stavkasini 20% oshirish bilan rag’batlantiriladi, tegishli ravishda ishbay ish narxlari ham qayta ko’rib chiqiladi va ish haqi ham sezilarli ravishda ortadi. Bart-Merrik tizimida yana bir o’ziga xos qat’iy shart bo’lib, normani 60% bajarish quyi chegara hisoblanadi, bundan chetga chiqish ishchini yetarli malakaga ega bo’lmagan yoki muayyan mehnat vazifasini bajarishga layoqatsiz sifatida ishdan bo’shatishga olib keladi. Bu shart shartnoma-kontrakt tuzish chog’ida ishchiga ma’lum qilinadi.

Teylor va Bart-Merrik tizimining umumiy xususiyatlarini o’zida mujassam etgan Gant tizimi AQShda keng tarqalgan tizim hisoblanadi. U mehnat vaqtbay va ishbay haq to’lash shakllarining qo’shilishdan iborat bo’lib, unda mehnatga haq to’lash tizimi shartlari nazarda tutiladi:

-mahsulot ishlab chiqarishning texnikaviy asoslangan tig’iz normasi 100% gacha bajarilganda, mehnatga haq to’lash vaqtbay asosida, soatlik tarif stavkalari bo’yicha ishbay hisob-kitob stavkalariga nisbatan 10-15% kamaytirilgan holda amalga oshiriladi;

-mahsulot ishlab chiqarish normalari 100 va undan yuqori foiz bajarilganda mehnatga mahsulot birligi va ish birligi uchun belgilangan narxlar asosida ishbay haq to’lanib, bu narxlar to’liq ishbay hisob-kitob stavkalari asosida hisoblanadi (ya’ni vaqtbay haq to’lashga nisbatan 10-15% yuqori stavkalar bo’yicha);

-alohida aniq va mas’uliyatli ishlarni bajarganlik uchun hisob-kitob stavkalari 40% gacha oshirilishi mumkin.

Amerikadagi haq to’lashning asosiy tizimlari o’zining barcha o’zgarishlari bilan Yevropaning bir qator rivojlangan davlatlarida ham tatbiq etilgan. Buyuk Britaniyada qo’llaniladigan Atkinson va Ellingxemning haq to’lash tizimlarida Gant tizimi qoidalari o’zlashtirilgan bo’lib, faqat mehnatga haq to’lash mezonlari va shartlari turlichadir. “Atkinson tizimi bo’yicha mehnatga vaqtbay haq to’lashda texnikaviy asoslangan tig’iz normalarning 75% gacha bajarilishi nazarda tutiladi. Normani 100% qilib bajargan ishchi 105% ishbay haq, 138% vaqtbay stavka oladi. So’ngra belgilangan norma oshirib bajarilganda rag’batlantirishning boshqa shkalasi tatbiq etiladi. Normani oshirib bajarishning har bir foizi uchun hisob-kitob tarif stavkalarini 5%gacha oshirishni nazarda tutadi. Masalan, normalar 110% (10x5); 115% bajarilganda-75% (15x5), 120% bajarilganda-ikki baravar ko’paytiriladi. Ellingxem tizimi ko’p jihatdan Atkinson tizimiga o’xshaydi, lekin undan to’lovlari, ustama haqlari va ayrim rag’batlantirish shartlari bilan farq qiladi. Bu tizimga muvofiq, mehnatga vaqtbay haq to’lash ishlab chiqarish normalari 80% gacha bajarilganda amalga oshiriladi. Ishchi belgilangan normani 100% qilib bajarganda, mehnatga haq to’lash ishbay ishlovchining to’liq stavkasi bo’yicha amalga oshiriladi va bundan tashqari bu stavkaning 80% miqdorida ustama haq to’lanadi. Ellingxem tizimida belgilangan normalar 100% dan oshirib bajarilgan taqdirda, mehnatga haq to’lashning ikkinchi, ortib boruvchi shkalasi amal qiladi, uning shartlariga muvofiq, ishbay ishlovchilarning hisob-kitob stavkalari oshirib bajarilgan normaning har bir foizi uchun taxminan 2,5% oshiriladi. Masalan, norma 10% oshirib bajarilganda stavka hisob-kitob stavkasidan 35% yuqori (10-10x25) bo’ladi, agar norma 20% oshirib ado etilsa, stavka 60% (10-20x2,5) ko’paytiriladi. Biroq, shu narsani yana bir bor ta’kidlash joizki, Atkinson tizimida ham, Ellingxem tizimida ham, Teylordan keyingi barcha haq to’lash tizimlarida bo’lganidek, nihoyatda tig’iz (jiddiy) normalar tatbiq etiladi, ularni, faqat yetarli malakaga ega bo’lgan xodimlargina bajara oladi, oshirib bajarishni eng katta tajribaga ega bo’lgan ayrim ishchilargina uddalay oladi.

Frantsiyada 20-yillardan e’tiboran Bedo tizimi keng tarqala boshlandi. Bu tizim mexanizatsiyalashgan va avtomatlashgan ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilarning mehnatga haq to’lashni normalash va tashkil etish uchun mo’ljallangan edi. Mazkur tizimning mohiyati shundaki, unda mehnatni normalashning alohida metodi tatbiq qilinib, mehnat sarflari Bedo-birliklar deb ataluvchi maxsus birliklarida o’z ifodasini topadi. Bedo-birlik deganda shunday o’z ishini yaxshi o’zlashtirib olgan malakali ishchi uni bir daqiqa ichida bajarishi lozim bo’lgan ish tushuniladi. Unumdorlik normasi bir soatda 60 bedo-birlikka, sakkiz soatlik smenada esa 480 bedo-birlikka tengdir. Bedo tizimida mehnatga haq to’lash aralash tarzda bo’ladi: normalarni bedo birliklarda 100% gacha bajarganda-vaqtbay haq to’lash, normalarni 100% dan oshirib bajarganda-ishbay haq to’lash joriy etiladi. Tarif stavkalari ishlarga tahliliy baho berish asosida belgilanadi. Bu maqsadda maxsus shkala ishlab chiqilgan bo’lib, unda ishning murakkabligini, talab qilinadigan malaka darajasi, texnologiya xususiyatlari va hokazolarni nazarda tutuvchi 26 omil, shuningdek, xodimning o’ziga qo’yiladigan va ballarda ifodalangan talablar hisobga olingan. Masalan, ishchining mehnatiga balli baho berish quyidagi omillar bo’yicha amalga oshiriladi:

-bilim, amaliy tajriba, mahorat-0,28 ball;

-javobgarlikni his etish-0,16;

-ishlab chiqarishda tavakkal qilish qobiliyati-0,10;

-psixofiziologik zo’riqish-0,10;

-xodimning aqliy yetukligi mahorati, izlanuvchanligi va tashabbuskorligi-0,20

-xodimning axloqiy sifatlari-0,40

Barcha ballar yig’indisi bo’yicha ishchining shaxsiy razryadi, razryadiga qarab esa soatlik tarif stavkasi aniqlanadi.

Yaponiya firmalarida xodim mehnatiga haq to’lash darajasi uning mehnatga iqtisodiy rag’bati natijalari bilan bog’lanmay, balki bevosita, uning hayotiy ehtiyojlarini qondirish orqali amalga oshiriladi. Ish haqining miqdori, “ish kuchini qayta tiklash hayotiy qikli” kontseptsiyasi asosida aniqlanadi, bunda xodim hayotining turli davrlaridagi ehtiyojlari darajasiga asoslanadi. “Umrbod ish haqi” ning mohiyati shundan iboratki, yapon firmasida faqat mehnatning o’zi emas, balki xodimning butun ijodiy imkoniyatlari rag’batlantiriladi. Oylik ish haqi yiliga ikki marta to’lanadigan mukofotlar bilan to’ldiriladi. U belgilangan ish vaqti uchun beriladigan tarif ish haqidan va ishdan tashqari qilingan ish uchun beriladigan qo’shimcha haqlardan iboratdir. YApon korxonalarida tarif stavkalarining uchta asosiy turi: shaxsiy, mehnat va umumlashgan stavkalari tatbiq etiladi.


2.3. Nominal va real ish haqi


Ish haqi miqdori yollanma xodimlarning turmush darajasini ifodalovchi ko’rsatkichdir. Nominal va real ish haqi ko’rsatkichlari mavjud. Nominal ish haqi yollanma xodimning o’z mehnati evaziga olgan pul daromadalari. Real ish haqi xodimning olgan ish haqiga qancha va qanday iste’mol buyumlari sotib olishi va madaniy-maishiy xizmatlardan foydalanish mumkinligini ko’rsatadi. Boshqacha aytganda real ish haqi — bu nominal ish haqining „xarid etish“ qobiliyati. Real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir.

2.4. Ish haqi stavkasi


Odatda, mehnat bozorida ish kuchiga muvozanatli narx shakllanadi. Bu narx ish haqi yoki ish haqi stavkasi deb ataladi. Mehnat birligining bozor narxi ish haqi miqdori (stavkasi) bo’lib, lavozim okladi tarzida yoki shartnomaga muvofiq belgilab qo’yiladi, lekin mamlakatda qonun bilan belgilangan eng kam ish haqi darajasidan oz bo’lishi mumkin emas. Shuningdek, ish haqi miqdori muayyan vaqt birligi (soat, kun, hafta, oy) ichida bajariladigan va muayyan kasb-malaka xususiyatlariga ega bo’lgan mehnatga to’lanadigan haq darajasini belgilaydi.

Ishchilar mehnatiga haq to’lashda tarif setkasi asos bo’lib hisoblanadi. Тarif setkasi ishlovchilarning malakasi, mehnatga haq to’lash shakli va mazkur sohaning xalq xo’jaligidagi ahamiyatini inobatga olgan holda tuziladi. Тarif tizimiga quydagilar kiritiladi:

- bir soat yoki bir kunlik mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilovchi tarif stavkasi;

- haq to’lashda ish va ishchilarning (malakasi) turli razradlari orasidagi munosabatlarini ko’rsatuvchi tarif setkasi;

- tarif-malakaviy ma’lumotnoma. Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish va ishchining razradi aniqlanadi.

Oddiy ishlar 1-razradli ishchining tarif stavkasi bilan to’lanadi. Mehnat malakasi darajasiga, ya’ni belgilangan tarif razryadi va tarif koeffitsiyentiga, qarab qolgan razradlarning tarif stavkalari bu razraddan ortiq bo’ladi. Тarif razradi har bir ishlab chiqarish operatsiyasiga, har bir ish turiga tayinlanadi, shuning uchun ish bajarish normalarini hisobga olgan holda, ishbay ish haqini hisoblab topishda tarif stavkasidan foydalaniladi.

Mehnatga haq to’lash shakli, mukofotlar, qo’shimcha haqlar, rag’batlantirish to’lovlari, kasaba uyushma qo’mitasi bilan kelishilgan holda, ish beruvchi tomonidan qabul qilinadigan jamoa shartnomasi bilan belgilanadi. Davlatning tarif stavkalari va okladlari korxonada ishchilarning malakasiga, kasbiga, ular tomonidan bajariladigan ishlar sharoitining murakkabligiga qarab baza sifatida foydalanilishi mumkin.

2006 yil 1 noyabdan boshlab byudjеtdan moliyalashtiriladigan muassasasalar, tashkilotlar va korxonalarning xodimlari mеіnatiga haq to’lash O’zR VMning 2006 yil 26 oktyabrdagi 218-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yagona tarif sеtkasi (YaTS)ga asosan amalga oshiriladi. U o’z ichiga 22 tarif razryadini oladi va tarif koeffitsiеntlari orqali turli xil razryaddagi ish va ishchilar (malaka) o’rtasidagi mеіnatga іaq to’lash nisbatini namoyon etadi (6.1 -jadvalga qarang).

2008 yil 16 noyabrdan boshlab yagona tarif sеtkasi bo’yicha boshlang’ich (nolinchi) razryadning minimal miqdori oyiga 28040 so’mni tashkil qiladi (O’zR Prеzidеntining 22.10.2008 yildagi "2008 yilning 16 noyabrdan boshlab ish іaqi, pеnsiyalar, stipеndiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish to’g’risida"gi Farmoni).

jadval.


Mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona tarif setka

Mehnatga haq to’lash bo’yicha razradlar

Nolinchi razradga nisbatan tarif koeffitsiyentlari

Mehnatga haq to’lash bo’yicha razradlar

Nolinchi razradga nisbatan tarif koeffitsiyentlari

0

1

2



3

4

5



6

7

8



9

10

11



1,000

2,377


2,616

2,878


3,165

3,467


3,783

4,112


4,454

4,797


5,147

5,503


12

13

14



15

16

17



18

19

20



21

22


5,870

6,242


6,617

7,000


7,388

7,781


8,180

8,585


8,995

9,411


9,830

Ishchining ish haqi yoki oklad summasini aniqlash uchun nolinchi razryadning mehnatiga to’lanadigan summani mazkur ishchiga belgilangan razradning koeffitsiyentiga ko’paytirish kerak. Yuqorida keltirilgan yagona tarif setkasini budjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar, tashkilot va korxonalar qo’llashga majbur.

O’zining moliyaviy faoliyatini xo’jalik hisobi asosida yurituvchi barcha davlat, aksioner korxonalari va tashkilotlari mehnatga haq to’lashning yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy razradlarini belgilashlari zarur. Boshqa mulk shaklidagi korxona, tashkilot va muassasalarga yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy setkasini belgilab olish tavsiya qilinadi.

Тarif stavkalar va okladlar tizimini asosi bo’lgan nolinchi razryadning minimal ish haqi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Хususan nolinchi razryadning minimal ish haqisiga va qonunchilik bilan belgilangan o’rtacha oy ish kunlarining uzunligiga (ish vaqtining o’rtacha oy fondi) qarab 1-razryadning soatlar tarif stavkalarining minimal o’lchami aniqlanadi. Chunonchi, nolinchi razradning minimal ish haqisi 28040 so’m va (40 soatlik ish haftasida) ish vaqtining o’rtacha oylik fondi 169,2 soat bo’lgan taqdirda soatlik tarif stavkasining o’lchami 165,72 so’m bo’ladi (28040 : 169,2).

1-razrad stavkalarini mehnatga haq to’lash shakllari (ishbay ishchilar va vaqtbay ishchilar), shuningdek kasb guruhlari va ish turlari (uch guruh stavkalar) bo’yicha tabaqalashtirib korxona mehnatga haq to’lash bo’yicha tarif setkasini ishlab chiqishi mumkin. Har Bir korxona moliyaviy imkoniyatlari va boshqa ishlab chiqarish ko’rsatkichlariga qarab o’zining tarif koeffitsiyentlarini ishlab chiqadi.

Hozirgi vaqtda byudjеtdan moliyalashtiriladigan muassasasalar, tashkilotlar va korxonalarda xodimlar mеhnatiga haq to’lash O’zR VMning 2006 yil 26 oktyabrdagi 218-sonli qarori bilan tasdiqlangan Yagona tarif sеtkasi (YaTS)ga asosan olib boriladi. U o’z ichiga 22 tarif razryadini oladi va tarif koeffitsiеntlari orqali turli xil razryaddagi ish va ishchilar (malaka) o’rtasidagi mеhnatga haq to’lash nisbatini namoyon etadi.





Download 445,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish