6 Soliq sohasidagi qonunubuzarlikkka qarshi kurashda soliq organlarining huquqni muxofaza etuvchi organlar bilan hamkorlik faoliyati Ma’muriy amaliyot bilan shug’ullanuvchi mas’ul xodimlar o’z faoliyatini O’zbekitson Respublikasi Bosh prokraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti, ichki ishlar, sud, moliya organlari, banklar va davlatning boshqa boshqaruv organlari bilan o’zaro hamkorlikda soliq sohasida qonunubuzarlikka qarshi kurashga yo’naltirilgan chora tadbirlarni muvofiqlashtirilgan tarzda belgilaydi va amalga oshiradi. Davriy hisobotlar O’zbekitson Respublikasi Bosh prokraturasi huzuridagi soliq va valyutaga oid jinoyatlar va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti organlariga taaluqliligi buyicha yuborligan tekshiruv xujjatlarining natijalari haqida o’zaro taqqoslov dalolatnomalarini tuzish, ma’lumotlar va axborotlar almashish asosida 1: Soliq nazorati fanining maqsadlari va davlat soliq xizmati mutaxassislarini tayyorlashdagi o’rni va roli Reja: 1. Soliq nazorati fanining predmeti 2. Soliq nazorati fanining tarkibiy mazmuni 3. Soliq nazorati fanining davlat soliq xizmati organlari uchun mutaxassislar tayyorlashdagi o’rni va roli 1. Soliq nazorati fanining predmeti Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi so’ngi davrda Respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar - agrar, mulkiy munosabatlar, tashqi iqtisodiy, moliya-kredit tizimi va ijtimoiy sohalarda tub o’zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu islohatlar orasida moliya-kredit tizimini isloh qilish alohida rol o’ynaydi. Chunki, jamiyatni barcha sohalari faoliyati pulli munosabatlar bilan bevosita bog’liqdir, vaholanki, pulli munosabatlarni samarali ishlash mexanizmi o’z navbatida boshqa sohalarga bevosita ta’sir etadiki, bu moliya-kredit tizimini jamiyat iqtisodiy tizimidagi o’rni naqadar yuqori ekanligini ko’rsatadi. «Qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish, barqaror pul muomalasini ta’minlash, soliq tizimini takomillashtirish, umumiy qilib aytganda izchil moliya-kredit siyosatini amalga oshirish iqtisodiy islohatlarimizni muvaffaqiyatli ta’minlashga xizmat qilmog’i lozim” - degan edi, - prezidentimiz I.A.Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida soliqlar davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning asosiy manbai hisoblanadi. Demak, davlat byudjeti daromadlarini tashkil qiluvchi soliqlarning to’liq va o’z vaqtida undirilishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun barcha davlatlar qatori mavlakatmizda ham soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’liq, to’g’ri va o’z vaqtida byudjetga undirilishini nazorat qilish tizimi yaratilgan. 2011 yil uchun Davlat byudjetida iqtisodiyotga soliq yukini yanada qisqartirish, aholi daromadlari va farovonligini o’stirish, byudjet sohasi xodimlari ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar miqdorini oshirish, aholini ijtimoiy muhofaza qilishning manzilli bo’lishini kuchaytirish, ta’lim, sog’liqni saqlash va fanni isloh qilish bo’yicha qabul qilingan davlat dasturlarini amalga oshirish, faol investitsiya siyosatini davom ettirish nazarda tutilgan. Jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini jadal rivojlantirishni rag’batlantirish doirasida mikrofirmalar va kichik korxonalar uchun yagona soliq to’lovining bazaviy stavkasi 7 foizdan 6 foizga pasaytirildi. Soliq siyosatida nazarda tutilgan jismoniy shaxslar daromadiga soliqning birinchi shkalasi (5 ta minimal ish haqi miqdorigacha daromad) bo’yicha stavkani 11 foizdan 10 foizgacha pasaytirildi va ikkinchi shkalasi (5 dan 10 ta minimal ish haqi miqdorigacha daromad) bo’yicha 17 foizdan 16 foizga pasaytirildi. Aholi daromadiga soliq yukini yanada kamaytirishni ta’minlaydi. Jismoniy shaxslar daromadiga soliq stavkalarini kamaytirish bo’yicha taklif etilayotgan mazkur choralar natijasida amalda ishlovchi aholining barcha guruhlari manfaat ko’radi . Bu fan davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to’lovchilarning moliyaviy xo’jalik faoliyatini soliq qonunchiligiga rioya etish nuqtai nazardan nazorat qilishning huquqiy, uslubiy va tashkiliy asoslarini o’rganadi. Ma’lumki soliq to’lovchilar davlat byudjetiga to’laydigan soliqlarini mustaqil ravishda xisoblab belgilangan muddatda va miqdorda amalga oshirishlari lozim. Davlat soliq to’lovchilarga soliqlarning fiskal majburiyatidan kelib chiqqan xolda shunday qat’iy talabni qonun normalari sifatida belgilab qo’ygan. Soliq nazorati qanchalik qat’iy bo’lsa va tekshiruvlar natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar bo’yicha chora ko’rish muqarrarligi to’liq ta’minlansa davlat byudjeti manfaatlari xar tomonlama muxofaza qilingan va byudjet daromadlarining shakllanishi kafolatlangan bo’ladi. SHu nuqtai nazardan soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat ishlarining huquqiy masalalari, nazoratni tashkil qilishning uslubiy yo’nalishlari, nazorat natijalarini rasmiylashtirish va soliq qonunchiligiga rioya etishda qonunbuzarlikka yo’l qo’ygan soliq to’lovchilarga chora ko’rish tartiblarini o’rganish bu fanning izlanish predmeti xisoblanadi. Soliq akademiyasini bitirgan talaba soliq organlarining funksiyaviy bo’limlarida ya’ni soliq nazorati bilan bog’liq xizmat vazifalarini bajarishga mo’ljallangan. SHuning uchun»Soliq nazorati” fani aynan shu talabga javob beruvchi mutaxassis kadrlar tayyorlashga xizmat qilishga qaratilgan. O’z navbatida»Soliq nazorati” fani “Soliq tarixi va nazariyasi”, “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Soliq qonunchiligi asoslari”, “Soliqlarni prognoz qilish” kabi boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |