Bog'liq Ish haqidan ushlab qolinadigan ajratmalar va to
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish bayonnomasida quyidagilar ko’rsatilishi lozim:
1) ishni ko’rib chiqish sanasi va joyi; 2) ishni ko’rib chiquvchi mansabdor shaxsning lavozimi, familiyasi va ismi-sharifi; 3) ko’rilayotgan ishning mazmuni; 4) ishda qatnashuvchi shaxslarning hozir bo’lgan-bo’lmaganligi haqidagi ma’lumotlar; 5) ishni ko’rishda qatnashuvchi shaxslarning tushuntirishlari, ularning iltimoslari va bu iltimoslarni ko’rib chiqish natijalari; 6) ishni ko’rib chiqish paytida o’rganilgan hujjatlar va ashyoviy dalillar; 7) qabul qilingan qarorni o’qib eshittirish to’g’risidagi ma’lumotlar va qaror ustidan shikoyat berish tartibi va muddatlari tushuntirilganligi ko’rsatilgan bo’ladi. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishni ko’rib chiqish bayonnomasi ishni ko’rib chiqqan mansabdor shaxs tomonidan imzolanadi. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorda Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 309-moddasi talablariga muvofiq qo’yidagilar ko’rsatilgan bo’lishi lozim:
- qaror chiqargan organ (mansabdor shaxs)ning nomi; - ish ko’rib chiqilgan sana; - ish ko’rib chiqilayotgan shaxs xususidagi ma’lumotlar; - ishni ko’rib chiqish paytida aniqlangan holatlarning bayoni; - mazkur ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi normativ hujjat; - ish yuzasidan qabul qilingan qaror. Basharti ish yuzasidan ashyolar va hujjatlar olib qo’yilgan bo’lsa, ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorda ularning masalasi ham hal etilgan bo’lishi lozim. Agarda bir shaxs ikki yoki undan ortiq huquqbuzarlik sodir etgan bo’lsa, ma’muriy jazo Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 34-moddasiga muvofiq har bir huquqbuzarlik uchun alohida-alohida (har bir huquqbuzarlik uchun ushbu kodeksning belgilangan moddasi, kismi, jarima miqdori alohida ko’rsatilgan holda) qo’llaniladi, qo’llaniladigan uzil-kesil jazo og’irroq ma’muriy jazoni nazarda tutuvchi sanksiya doirasida belgilanadi.
Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqariladigan qaror loyihasi ma’muriy amaliyot hodimi tomonidan tayyorlanadi. Тurli xil qaror blankalaridan foydalanishga yo’l qo’yilmaydi. Ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ish yuzasidan chiqarilgan qaror ishni ko’rib chiqish tugashi bilanoq darhol e’lon qilinadi va uning nusxasi uch kun ichida ustidan shu qaror chiqarilgan shaxsga tilxat bilan beriladi, basharti qarorning nusxasi jo’natilsa, jo’natilganligini tasdiqlovchi hujjat ma’muriy ishga ko’shib qo’yiladi.
Jarima huquqbuzar tomonidan unga jarima solish to’g’risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab o’n besh kundan kechiktirmay to’lanishi lozim. Huquqbuzar jarimani belgilangan o’n besh kunlik muddat ichida to’lamagan taqdirda, jarima solish to’g’risidagi qaror fuqarolik-protsessual qonun hujjatlarida belgilab qo’yilgan qoidalarga muvofiq jarimani majburiy tartibda undirib olish uchun sud ijrochilariga yuboriladi. Basharti ma’muriy jazo qo’llash to’g’risidagi qaror qabul qilingan kundan boshlab uch oy davomida ijro etishga qaratilmagan bo’lsa, u holda bunday qaror ijro etilmaydi. Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 318, 328-moddalariga muvofiq qaror ijrosi to’xtatib turilgan yoki kechiktirilgan muddat hisobga olinmaydi. Ishni ko’rib chiqish jarayonida ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlar aniqlanganda, ularni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko’rish to’g’risida tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga taqdimnoma kiritiladi. Ma’muriy jarima undirilgandan va taqdimnomaga javob olingandan (agarda taqdimnoma kiritilgan bo’lsa) so’ng ma’muriy ish yurituvi yakunlangan hisoblanadi.
Ma’muriy xuquqbuzarlik to’g’risidagi ishlarni saqlash Ma’muriy amaliyot bo’limi (sho’’basi) zimmasiga yuklatiladi. Davlat soliq xizmati organlarida saqlanadigan ma’muriy huquqbuzarlik to’g’risidagi ishlar, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hamda sudga qonuniy chora ko’rish uchun yuborilgan materiallarning kuzatuv yig’ma jildida bo’lishi lozim bo’lgan hujjatlar ro’yhati ilova qilinadi.