Vaqtbay ish haqi qo`llaniladi.
Mehnatning natijalarini aniq hisoblab bo`lmaydigan sohalarda;
Mahsulot ishlab chiqarish hajmi bevosita xodimlar mehnatiga bog`liq bo`lmagan, ya`ni texnologik jarayonlarning borishi bilan belgilanadigan sohalarda. Masalan, konveyrli va avtomat liniyali ishlab chiqarishda;
Lavozimdagi yoki aniq xizmat vazifasini bajaruvchilar uchun. Masalan, muhandis – texnik xodimlar, turli darajadagi boshqaruvchilar, xizmatchilar va boshqa shu kabilarga ish haqi to`lashda.
Ishbay ish haqi to`lashda ish haqi miqdori (V) ayrim kasb (mehnat turlari) lar ta`rif stavkasida belgilangan haqini (Vts) ishlab chiqarishning me`yorlashtirilgan hajmiga (Qm) bo`lish orqali mahsulot birligi ratsenkasi (Mrats) aniqlab olinib, keyin u ishlab chiqarishning umumiy hajmi (Q)ga ko`paytiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |