Ish haqi tushunchasi


O‘zbekistonda ish haqi dinamikasi



Download 301,8 Kb.
bet5/7
Sana25.03.2022
Hajmi301,8 Kb.
#508600
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Industrial referat

O‘zbekistonda ish haqi dinamikasi

Soliq to‘lovchilar soni 2020 yil noyabr oyida 2018 yil noyabrga nisbatan 12,2%ga o‘sgan. Bu haqda Moliya vazirligining Davlat byudjetining daromadlari to‘g‘risida bergan ma’lumotida keltirilgan.
Ish haqi tarkibining dinamikasi iqtisodiy va soliq islohotlari natijalarini ko‘rsatadi. Iqtisodiyotning umumiy o‘sishi va jismoniy shaxslarning daromadlariga soliq solishning yagona o‘lchovi o‘rnatilishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i soliq to‘lovchilarining ko‘payishiga va tuzilmaning o‘zgarishiga olib keldi.

Shunday qilib, soliq to‘lovchilar soni 2020 yil noyabr oyida 2018 yil noyabrga nisbatan 12,2%ga o‘sdi, bunda ish haqi oladigan soliq to‘lovchilar soni (oyiga hisoblab chiqilganda):
– 2 dan 4 mln. so‘m oralig‘ida – 491 ming kishidan 987 ming kishigacha (o‘sish 1,78 marta);
– 4 dan 5,5 mln. so‘m oralig‘ida – 54 ming kishidan 212 ming kishigacha (o‘sish 3,4 marta);
– 5,5 mln. so‘mdan ortiq – 81 ming kishidan 254 ming kishigacha (o‘sish 2,7 marta) o‘sdi.
Moliya vazirligi 2021 yil I yarim yillik uchun davlat byudjeti daromadlar qismining dastlabki natijalarini e’lon qildi.
Hisobot davrida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i tushumlari 8,8 trln. so‘mni (o‘sish 1,5 trln. so‘m), jumladan ish beruvchilar tomonidan to‘lov manbaida ushlab qolinadigan soliq 8,1 trln. so‘mni (o‘sish 1,3 trln. so‘m) tashkil etdi.
Tushumlarning o‘sishiga quyidagi omillar ta’sir qildi:

  • o‘tgan yilning II choragida joriy etilgan karantin cheklovlarining yumshatilishi;

  • iqtisodiy faollikning tiklanishi;

  • 2021 yil 1 fevraldan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 10% ga oshgani;

  • 2021 yildan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari tiklangani (2020 yilda vaqtincha to‘xtatib qo‘yilgan edi).

Qayd etilishicha, hisobot davrida daromadi oshgan xodimlar soni ko‘paygan. Xususan, may oyida 2−4 mln. so‘m olganlar 1,073 mln nafarni (umumiy to‘lovchilar sonidagi salmog‘i 21,3% dan 23,1% gacha oshgan), 4−5,5 mln so‘m olganlar 293 ming nafarni (salmog‘i 4,7% dan 6,3% gacha oshgan), 5,5 mln. so‘mdan yuqori olganlar 387 ming nafarni tashkil qilgan (salmog‘i 5,8% dan 8,3% gacha oshgan).
Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, oylik maoshidan soliq to‘laydiganlar soni 4,64 mln nafarga yetdi. Bu 2020 yil may oyiga nisbatan (4,1 million) 486,6 ming kishiga ko‘pdir.
Shuningdek, 1 mln so‘mgacha miqdorda oylik oladiganlar haligacha ko‘pchilikni tashkil etmoqda — 1,778 mln kishi yoki ish haqidan soliq to‘lovchilar umumiy sonining 38,3 foizi. 1−2 mln so‘m ish haqi oluvchilar soni esa 1,117 mln nafardan ko‘proq (24%). 2−4 mln so‘m oylik oladiganlar soni o‘tgan yildagi 887,9 ming (21,3%) kishidan 1,072 mln (23,1%) kishiga ko‘paydi.
4−5,5 mln so‘m va 5,5 mln so‘mdan ko‘p oylik oladigan soliq to‘lovchilar soni ham oshgan.




Ish haqi darajasi dinamikasi. Bunda soliq to‘lovchilar umumiy sonining qariyb 42% ini ayollar tashkil qilib, ularning jami mehnatga haq to‘lash fondi 34,7%ni tashkil etdi (joriy yilning yanvar-may oylaridagi ma’lumotlarga ko‘ra).

JSHDS to‘lovchilari soni 4,6 million kishi yoki umumiy aholi (34,8 millionga yaqin) sonining 13,3, iqtisodiy faol aholining (15 million kishiga yaqin) 30,9 foizini tashkil etmoqda.
Sobiq moliya vaziri (hozirda bosh vazir o‘rinbosari, iqtisodiy rivojlanish va kambag‘allikni qisqartirish vaziri) Jamshid Qo‘chqorov 2018 yil iyulida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i faqatgina aholining uchdan biridan (o‘sha vaqtda 13 mln kishidan 4,5−4,6 mln nafaridan) olinayotganini ma’lum qilgan edi.
«Bizda qancha odam pensiya oladi? 3,3 million kishi. 4,6 millioni soliq to‘laydi, 3,3 millioni pensiya oladi. Ya’ni, qo‘pol qilib aytganda, bir yarimta ishchi bir pensionerni boqishi kerak. Bu ko‘rsatkich eng keksa aholiga ega Yevroittifoq davlatlarida ikki ishchiga bir pensionerni tashkil etadi. Bizda aholimiz yosh, biroq vaziyat boshqacha», — degan edi Jamshid Qo‘chqorov.


Download 301,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish