- Аrgumеntlаsh (dаlillаsh) jаrаyoni оlаmni bilishdа ilmiy tаfаkkurdа, ijtimоiy-siyosiy hayotdа muhim ahamiyatgа egа. Dаlillаsh jаrаyonidа mаntiqiy fikrlаshgа bo’lgаn eng muhim tаlаblаrdаn biri-yetarli аsоsgа egа bo’lish, аsоsli fikr yuritishаmаlgа оshаdi. Hаyotdа, ilm-fаn, bilishning turli sohalаridа аsоslаsh, dаlillаsh jаrаyoni o’zigа xоs shаkllаrdа kеchаdi. Dаlillаsh o’zigа xоs tuzilishgа egа bo’lishi, muаyyan mаqsаdlаrgа xizmаt qilishi mumkin. Lеkin dаlillаsh mаqsаdlаri, qo’llаnishi qаnchalik xilmа-xil bo’lmаsin, ulаr insоn tаfаkkurining eng muhim xislаti bo’lib hisoblаnаdi vа mаntiq qoidalаrigа o’ysunаdi.
- Isbotlash va uning tarkibi.
Javob: Kishilarning amaliy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari ular qo‘llayotgan bilimlarning qay darajada chin bulishiga, ya’ni bu bilimlarning voqelikni qanchalik to‘g‘ri aks ettirishiga bog‘liq. Xato fikrlar predmetlarning real aloqalari va munosabatlarini buzib ko‘rsatadi, bilishda ko’p chalkashliklarga olib keladi. Shuning uchun ham bilish jarayonida xar bir fikrni to‘g‘ri qurishga erishish, uning chinligini dalillar bilan ko‘rsata olish, xato fikrlarni esa rad kila bilish muhim ahamiyatga ega. Fikrning chinligini tasdiqlash uchun uni xodisaning (faktning) o‘zi bilan solishtirish mumkin. Lekin ko‘p hollarda bilish jarayonida natijalarning chinligi ularni ilgari vujudga kelgan bilimlar bilan bog‘lash orqali aniqlanadi. Buni amalga oshirishning mantiqiy usuli isbotlaщdir.
- Isbotlash turlari.
Javob: Isbotlash bir xukmning chinligini u bilan bog‘langan boshqa chin xukmlar yordamida asoslashdan iborat bo‘lgan mantiqiy amaldir. Uning tarkibi uch elementdan tashkil topgan: tezis, argumentlar (asoslar), isbotlash usuli - demonstratsiya.
- Tezisni rad etish.
Javob: Tezisni rad etishning kuyidagi usullari mavjud:
1. Faktlar orkali rad etish. Bu eng ishonchli va samarali usuldir. Bunda bulib o‘tgan voqealarga, statistik ma’lumotlarga asoslanib tezis rad etiladi. Masalan, “Sovet davrida O‘zbekiston to‘laqonli mustaqil respublika bo‘lgan”, degan tezisni rad etish, ya’ni uning noto‘g‘ri ekanligini isbotlash uchun tarixiy faktlarga asoslanamiz. O‘sha davrda respublika rahbariyati birorta muhim masalan Moskvaning ruxsatisiz hal qila olmaganligiga dalillar keltirib, tezisni rad etamiz.
2. Tezisdan kelib chikadigan natijalarning xatoligini (yoki ziddiyatli ekanligini) ko‘rsatish orqali rad etish. Bunda tezisdan kelib chikadigan natijalarning chin emasligi asoslab beriladi. Bu usul “bema’nilikka olib kelish”, deb ataladi. Rad etilayotgan tezis vaqtincha chin deb tan olinadi, undan kelib chiqadigan natijalar aniqlanib , bu natijalarning xaqiqatga zid, noto‘g‘ri ekanligi isbotlanadi. Chin asosdan xato natija kelib chiqmaydi, aks xolda bu bema’nilik buladi. “Bema’nilikka olib kelish” usulining formulasi quyidagicha: (a —> ) —> ((a —\ ) —> a)
3. Tezisni antitezisni isbotlash orkali rad etish. Rad etilayotgan tezisga zid bulgan yangi tezis (antitezis) olinadi va isbotlanadi. Uchinchisi istisno konuniga muvofik, antitezisning chinligidan tezisning xatoligi keltirib chikariladi. Masalan, I.A.Karimov “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q” nomli maqolasida “Amir Temur buyuk sarkarda bo‘lgan va yovuzliklar kilgan”, degan tezisni shunday rad etadi: “Inson bir paytning o‘zida ham bunyodkor, ham yovuz bo‘lishi mumkin emas. Ne-ne madrasayu masjidlar, oily koshonalarni qurgan, ne-ne olimu fuzalolarning boshini silagan, Qur’oni karimni yod bilgan inson yovuz bo’lmaydi. Qonxo‘r odam “Kuch – adolatda”, deyishi ham mutlaqo mantiqqa zid.
- “Yolg’on (soxta) isbotlash”…
Javob: «Yolg’on (soxta) isbotlash». Agar tezis uni isbotlash uchun keltirilgan argumentlardan bevosita kelib chiqmasa, mantiqiy xatoga yo’l qo’yiladi. Bunda tezisga aloqador bo’lmagan argumentlarga asoslaniladi. Masalan, «A shaxs yomon odam» degan tezis «Tunda yomon odamlargina ko’chada yuradi», «A shaxs ko’chada tunda yuribdi» degan argumentlar bilan asoslansa, fikr yuzaki (soxta) isbotlangan bo’ladi.
- Muammo –
Javob: Falsafiy muammolarning o‘ziga xos xususiyati, uning ikki tomonlama tabiatga egaligidadir. Bir tomondan, har bir tarixiy vaqt oralig‘ida ular mazkur davrning o‘ziga xos jihatlari bilan bog‘liq holda muayyan - tarixiy shaklga ega bo‘ladi. Masalan, G‘arbiy yevropa o‘rta asr madaniyatida hukmronlik qilgan din va diniy institutlar ilohiyotga doir muammolarga bo‘ysunadigan falsafiy muammolarni belgiladi. XVII-XVIII asrlarda yevropa fanida mexanikaning birinchi o‘ringa chikishi falsafiy muammolarga mexanik nuqtai nazardan qarashni keltirib chiqarib, o‘sha davr falsafasining shunga mos tarzda shakllanishiga sabab bo‘lgan edi. Yoki ilk islom falsafasidagi (masalan, iroda erkinligi haqidagi jabariylar va qadariylar o‘rtasidagi) bahs haqida gapirish mumkinki, bu xalifalar hokimiyatining qo‘llab-quvvatlash yoki unga qarama-qarshi turish kabi siyosiy jarayonlarga borib taqalar edi.
Boshqa tomondan, falsafiy muammolar borliqning asosiy masalalariga taalluqli bo‘lganligidan ular «abadiy» muammolar deb ataladigan tub masalalariga mansubdir. Falsafiy muammolarning «abadiy»ligi, ularni hal qilib bo‘lmasligi va ularni hal qilish befoydaligini anglatmaydi. U barcha davr va barcha avlodlar uchun muammoni uzil-kesil hal qilib bo‘lmasligini bildiradi. Har bir tarixiy davr, insonlarning har bir yangi avlodi uchun bu muammolar qaytadan tug‘iladi. Masalan, haqiqiy bilimga erishish muammosi yoki qadriyatlar muammosini olaylik. Ular turli tarixiy davrlarda mazkur davrning o‘ziga xos ijtimoiy jarayonlariga bog‘liq holda har xil mazmun bilan to‘ldirilgan. Ular insonning dunyoga bo‘lgan asosiy (bilishga va qadriyatlarga doir) munosabatlariga taalluqli bo‘lib, hamisha zaruriy ravishda bashariyat oldida yangi ko‘rinishda albatta paydo bo‘ladi. Bilish va taraqqiyot tabiatining cheksizligi tufayli insoniyat hamisha haqiqatga erishishga oshiqadi, yangi orzularni ro‘yobga chiqarish va qidirish yo‘llarini takomillashtirishga intiladi, hamisha eski va yangi qadriyatlar to‘g‘risidagi savollarga duch keladi. Agar XIX asr nemis faylasufi ye.Dyuring aytganidek, shunday lahza yetib kelsaki, unda bashariyat o‘zini hamma narsani biladigan va endi bilmaydigan narsasi qolmagan hamda «oxirgi mutlaq haqiqat» erishdim deb hisoblasa, unda u ma'naviy mukammallikka intilmay qo‘yadi va yangi orzularni qidirishni behuda mashg‘ulot deb biladi va ehtimolki, bu bilan bashariyatning ma'naviy o‘limi yaqinlashgadi.
- Gipoteza –
Javob: Gipoteza (boshqa yunoncha "taxmin" "tezis") - faraz yoki taxmin: dalillarni talab qilmaydigan postulatlarning aksiomiyadan farqli o'laroq isbotini talab qiladigan bayon. . Agar gipoteza ilmiy usulga muvofiq ushbu gipoteza bilan qamrab olingan faktlarni tushuntirib bersa, u ilmiy deb hisoblanadi. mantiqan nomuvofiq emas; mutlaqo rad etilishi mumkin, ya'ni uni tanqidiy tajriba bilan tekshirish mumkin; ilgari o'rnatilgan qonunlarga zid bo'lmagan; ehtimol kengroq hodisalarga tegishli bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |