Is va mv zv n I 90 sih vA ra an vD xn a A


’  B.Nidi?..  H.  A nderson.  D .  K o ld u y ell  'P n n cib les  o f  A ccounting".  М .Ф инансы   и  эк о­



Download 5,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/113
Sana14.01.2022
Hajmi5,82 Mb.
#361868
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi nazariyasi [@iqtisodchi kutubxonasi]

’  B.Nidi?..  H.  A nderson.  D .  K o ld u y ell  'P n n cib les  o f  A ccounting".  М .Ф инансы   и  эк о­
номика.  2 0 0 4   г


bul  qiluvchilami  o ‘zaro  boglovchi  bo‘g ‘in”  deb  xulosa  qiladi  va 
uning vazifalarini  quyidagi tarzda guruhlaydi.
-  xo ‘jalik faoliyati jarayonlarini  baholaydi  va ulardan kelajak- 
da foydalanishni ta ’m inlash uchun tegishli  tarzda qayd etib borish;
-   m a’lum otlami  jam laydi,  saqlanishni  ta ’minlaydi  va  ulami 
foydalanish qulay  tarzda qayta ishlash;
-  qayta ishlangan m a’lumotlami  hisobotlar vositasida boshqa- 
ruv  qarorlari  qabul  qilish  uchun  foydalanuvchilarga  yetkazib  ber- 
ish.
Buxgalteriya hisobi  yordamida  xo  jalikda mavjud b o ‘lgan  har 
xil  turdagi  moddiy  qiymatliklar  va  pul  m ablag'larining  miqdori, 
boshqa  korxona  ham da tashkilotlar  bilan  hisob-kitoblam ing  hola- 
ti,  undagi  boshqa resurslaming umumiy hajmi  haqida m a ’lumotlar 
olinadi;  tayyorlangan  materiallar,  ishlab  chiqarilgan  va  sotilgan 
m ahsulot  hajmi  ham da  tannarxi  aniqlanadi;  xo‘jalik  faoliyatining 
moliyaviy  natijalari  -   foyda  yoki  zarar  hisoblab  chiqiladi;  korxo- 
naning  rentabelligi  ham da korxona va  uning  tarkibiy  qismlarining 
boshqa qator ko‘rsatkichlari hisoblab  aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobida ham  operativ va statistik hisobdagi kabi 
barcha  o ‘lchovlar -  natura, mehnat  va pul  o ‘lchovlari  qo‘llaniladi. 
Lekin unda pul o ‘lchoviga alohida ahamiyat beriladi, chunki u bux­
galteriya  hisobining  umumlashtiruvchi  ko‘rsatkichlarini  olish  im- 
konini beradi.  Shuning uchun pul  o ‘lchovida buxgalteriya hisobin­
ing  barcha  obyekti an ,  garchi  ular  natura  va  mehnat  o ‘lchovlarida 
aks ettirilgan b o ‘lsa ham,  albatta, pul  o ic h o v id a ifodalanadi.
Pul  o ic h o v   birligi  yordamida  buxgalteriya  hisobi,  quyida­
gi  umumlashtiruvchi  ko‘rsatkichlami  beradi:  korxonaning  bar­
cha  m ab lagiari  hajmi,  ishlab  chiqarishga  sarflangan  xarajatlar, 
davr  xarajatlari,  ko‘zda  tutilmagan  xarajatlar,  malisulotning  ishlab 
chiqarish  tannarxi,  sotishdan  olingan  yalpi  tushum, marjinal  foyda 
va boshqalar.
Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shun- 
daki,  uning  hujjatlarida  barcha  xo‘jalik   operatsiyalari  yoppasiga 
qayd  qilinadi.  Bu  barcha  xo‘jalik jarayonlarining to ‘la tavsifini  ol­
ish  uchun  zarurdir.
12


Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyatlaridan bin uning hu- 
jjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizim ida qayd qilinadigan har bir 
operatsiya  oldin hujjatlashtirilishi  kerak.  H ujjat buxgalteriya  hiso­
bi  m aium otlarining  yagona  manbai  hisoblanadi.  Barcha  operatsi- 
yalam i  qamrab  oladigan  hujjatlarning  mavjudligi  buxgalteriya  hi­
sobi  m a’lumotlaridan  moddiy  javobgar  shaxslar  faoliyati  ustidan 
nazorat qilish va boshqarish  uchun asoslangan m a’lumotlami  olish 
imkoniyatini beradi.
Buxgalteriya hisobida yakunlangan yig‘m a k o ‘rsatkichlarni ol­
ish  uchun  yig‘ilgan  m a’lumotlami  ilmiy  ishlashning  maxsus usul- 
laridan foydalaniladi. Bu usullam ing muhim  xususiyatlari shundan 
iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilot  va muassa- 
salarning  butun  x o ‘jalik  faoliyatini  uzluksiz  va  o ‘zaro  bog‘langan 
holda aks ettirilishini  ta ’minlaydi.
Buxgalteriya  hisobining  m a’lumotlari  ayrim  korxona,  tashki­
lot  va  muassasalar  hamda  m a’lum  bir  kompaniya  tarkibiga  kira- 
digan korxonalar guruhi  b o ‘yicha boshqaruv  qarorlarini  qabul  qil­
ish  va  ulam ing  ishini  audit  qilish  uchun  audit  manbai  sifatida xiz- 
mat  qiladi.  Buxgalteriya  hisobining  qator  k o ‘rsatkichlari  umum- 
lashgan  k o ‘rinishda  korxonaning  inoliyaviy  holatini  baholashda 
qoilaniladi. Umumlashgan k o ‘rsatkichlammg bir guruhi faoliyatni 
baholashda ko‘pincha buxgalteriya hisobining m a’lumotlariga aso- 
slanadigan  statistika yordamida olinadi.
Bozor iqtisodiyoti  sharoitida  buxgalteriya  hisobining  yago­
na tizimi o'zaro bog‘liq b o lg a n  ikki qismdan rahbariyat tomonidan 
ichki  foydalanish  ucliun  o ‘lchanadigan,  ishlanadigan  va  topshiril- 
adigan  hisob  axborotining  barcha  turlarini  o ‘z  ichiga  oladi.  Moli- 
yaviy  hisob  rahbariyat  tomonidan  firma  ichida qollaniladigan  ax- 
borotdan tashqari, tashkilotdan tashqaridagilarga xabar qilinadigan 
axborotdan  iborat b o lad i.
Xo‘jalik hisobining har  bir turi 
operativ,  statistik va buxgal­
teriya  hisobi  korxonalami,  hududlar  ham da  respublika  boshqaruv 
jarayonida m a’lum  rol  o ‘ynaydi.
Hisobning  o ‘zaio  chambarchas  b o g ian g an   uchta  turi  xalq 
xo^jalik  hisobining  yagona  tizimini  tashkil  qiladi.  Bu  tizimning


to ‘g ‘ri tuzilishi va doimiy rivojlantirilishi bozor iqtisodiyoti  sharoi- 
tida muhim  ahamiyat kasb etadi.
Hisobning  barcha  turlarimng  vazifalari  umuman  olganda  bir 
xildir, lekin ular alohida olingan obyektlarga nisbatan hal  etiladi.
Statistik  hisob  buxgalteriya  hisobining,  ayniqsa,  yakuniy 
m a’lumotlaridan keng foydalanadi.  Statistik hisob m a’lumotlaridan 
barcha tarmoqlar va xalq xo‘jaligini boshqarish  uchun  zaruriv ma- 
teriallar  sifatida  foydalaniladi.  0 ‘z  navbatida  buxgalteriya  hisobi 
ham  k o ‘p hollarda statistik hisobning usul va m a’lumotlaridan foy­
dalanadi.  Jumladan,  ishchilaming  ish  haqini  aniqlashda  statistika 
usullari  bilan  hisoblab  topilgan  ishlab  chiqarish  normalarining  ba- 
jarilishi k o ‘rsatkichlaridan foydalaniladi.
X o‘jalik  hisobi  uch  turining  o ‘zaro  b o g iiq lig i  yagona  dast­
labki  hujjatlashtirishdan  foydalanish  bilan  ta ’minlanadi.  Yagona 
dastlabki  hujjatlashtirish  deganda hisobning  barcha turlaridagi  op- 
eratsiyalami  aks  ettirish  uchun  bir  turdagi  m a'lum otlardan  va  bir 
turdagi  hujjatlardan  foydalanish  tushuniladi.  Bunday  amal  hisob 
ko ‘rsatkichlaridagi  qarama-qarshiliklarni  bartaraf qiladi  va  hisob- 
dagi  parallellik bilan  ishlashni  yuzaga keltiradi.
X o‘jalik  hisobining  har  xil  turlari  va  uning  butun  tizimi  uz­
luksiz rivojlanib  boradi.  Dastlabki  m a’lumotlarni  yig‘ish, texnika- 
si, ishlash  uslublari  yaxshilanib bormoqda.
Shuni  ta ’kidlash  lozimki,  xalqaro  standartlarga javob  beradi- 
gan  va bozor iqtisodiyoti  xususiyatlariga mos  keladigan  hisobning 
yangi  tizimini  ishlab  chiqishda  olim  va  am aliyotchilar rivojlangan 
bozor  iqtisodiyotidagi  mamlakatlarda bu  sohada yaratilgan  narsal- 
arga  ko ‘r-ko‘rona  yondashayotganlari  yo‘q.  Lekin  xorijiy  mam- 
lakatlarining  amaliyotini  o ‘rganish,  ulami  chuqur  va  har  tomon- 
lama  tahlil  qilish  0 ‘zbekiston  Respublikasida  x o ‘jalik  hisobini  ta- 
komillashtirish  imkoniyatini beradi.
X o‘jalik hisobida quyidagi  o 'lchov birliklaridan foydalaniladi:
1.Natura o ‘lchovi.
2. Pul  o ‘lchov birligi.
3.M ehnat o ‘lchov birligi.
14


N atura  o ‘lchov  birligi  tezkor  hisobda,  statistik  hisobda,  bux­
galteriya hisobining analitik hisobida keng qo‘llaniladi. Bu o ‘lchov 
birligi bir turdagi buyum lar hisobi uchun kerak b o ‘ladi.
M asalan,  bolalar  oyoq  kiyimini,  m uzlatkichlar  soni,  gazlama 
metri  va hokazo (metr, kg,  dona, juft,  litr va h.k).
Pul  o ‘lchov  birligi  x o ‘jalik  jarayonlari  va  vositalarini  yago- 
na  o ‘lchovda  (pulda)  umum lashtirishda  qo‘llaniladi,  y a’ni  barcha 
m a b lag ia r qiymat o ‘lchov birligida ifodalaniladi.
M ehnat o ‘lchov birligi  esa biror bir statistik yoki x o ‘jalik mah- 
sulotlari  ishlab  chiqarish  uchun  sarf b o ‘lgan  ishchi  kuchi,  ishchi 
soni,  ish  soati  va  hokazolami  aniqlashda  q o llaniladi.  Savdo  ko- 
rxonasida  esa  m a’lum  bir  tovar  savdo  miqdori  uchun  sarf etilgan 
ish  vaqtida,  ish  soati,  ish  kuni,  ishchi  kuchi  va hokazoni  aniqlash­
da  kerak  b o ‘ladi.  M ehnat  o ‘lchov  birligi  xodim lar  bilan  mehnat 
haqi  yuzasidan  hisob-kitoblarni  olib  borishda  ham  ahamiyatlidir. 
Mehnat  o ‘lchov birliklari  natura  o ‘lchov birliklari  bilan  birgalikda 
mehnat unumdorligini bildiradi.
Buxgalteriya hisobi -  iqtisodiy fanlardan biri b o ‘lib, uning naz­
ariyasi  buxgalteriya  hisobini  tashkil  etish  texnikasi,  predmeti  va 
usulini  o ‘rgatadi.  Bu  fan  xo‘jalik  tarm oqlarida  buxgalteriya  hiso­
bini  yuritish  usullarini  o ‘rganib,  umumlashtirib,  uning  ilg‘or  usul- 
larini joriy etish bilan  shug‘ullanadi.  Shu bilan birga bu fan boshqa 
mamlakatlar buxgalteriya hisobini yuritish usullarining ilg ‘or shak- 
llarini  xo‘jalik  tarmoqlariga joriy  etish  y o ‘llarini  ishlab  chiqadi  va 
amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi.
Kishilik jam iyatining  hamma  bosqichlarida  ham  x o ‘jalikdagi 
hisob  turlariga  talab  mavjud  b o ig a n .  Chunki  x o ‘jalik  hisobi  in- 
soniyat  uchun  zarur  b o ‘lgan  iste’mol  buyumlari,  kiyim-kechak, 
oziq-ovqat  va  boshqalami  ishlab  chiqarish,  taqsimlashni  hisobga 
olish  demakdir.  Har bir jam iyatning  ham  asosiy  maqsadi  zaruriy 
buyumlami  ishlab  chiqarish,  ayirboshlash,  taqsimlashdan  iborat. 
Bu  maqsadni  amalga oshirish  uchun  kishilar  ijtimoiy  hayotida  so- 
dir  boMayotgan  voqea  va  hodisalami  kuzatish,  jam iyatda  mavjud 
b o ‘l ^ n   mehnat  buyumlari,  mehnat  qurollarini  hamda  mehnat ja-
15


rayonlarini  hisobga  olib  borish  zarur  bo‘ladi.  Xuddi  shu  vazifani 
esa x o ‘jalik hisobi  bajaradi.
Tovar ayirboshlash davrida xo'jalik hisobi  ahamiyati ko‘paydi, 
chunki  tovar  ay irboshlash  uchun  umumiy  ekvivalent  talab  etiladi. 
Umumiy  ekvivalentga  esa  faqat hisob-kitobni  tashkil  etish,  to ‘g‘ri 
yurgizish  orqaligina  ega  bo'lish  mumkin,  y a n i  almashtiriladigan 
tovarm  ishlab  chiqarish  uchun  sarflangan  mehnat  miqdorini  an- 
iqlash  kerak  b o ia d i.  Ishlab  chiqarish  kengaytirilgan  takror  ishlab 
chiqarish jarayonining o ‘sishi natijasida xo‘jalik faoliyatiga rahbar- 
lik qilish  murakkablashgan va moddiy ishlab chiqarish  asosida vu- 
ju d g a kelgan xo ‘jalik hisobi ahamiyati oshgan, jam iyatning hamma 
sohalarida mulklarni  hisobga olish  borasidagi. iqtisodiy  faoliyatini 
boshqarishdagi  roli  oshib  borgan.  Iqtisodiy  faoliyatni  boshqarish 
xo‘jalik hisobi  orqali  olingan  m a’lum otlar  asosida olib boriladi  va 
tegishli  qaror va qonun hamda qoidalar qabul  qilinib,  shular asosi- 
da butun x o ‘jalik faoliyati  boshqariladi.
X o‘jalik hisobi  asosan quyidagi  funksiyalarni  bajaradi:
a) x o ‘jalik hisobi tarmoqlari korxona, tashkilot va muas- sasal- 
arda  sodir b o ‘layotgan  xo‘jalik jarayonlarini  kuzatib borish;
b) kuzatish orqali olingan m a’lum otlami miqdoriy k o ‘rsat- m a­
lar da ifodalash;
d)  korxona, tashkilot, muassasa x o ‘jalik faoliyatlarini kuzatish 
natijalarini  maxsus hujjatlarda qayd etish;
e)  maxsus  hujjatlarda  aks  ettirilgan  m a’lumotlami  umum- 
lashtirish  va  guruhlashtirish,  xo'jalik  jarayonlari  ustidan  nazorat 
o ‘m atish  va ularga ta ’sir etish.
X o‘jalik  hisobining  yuqoridagi  funksiyalari  ayrim  korxona, 
muassasa, tashkilot  va umuman butun  xo’jalikning  iqtisodiy jihat- 
dan  asoslangan joriy va kelgusidagi  reja k o ‘rsatkichlarini tuzishda, 
ular bajarilishi  ustidan nazorat olib borishda muhim ahamiyat kasb 
etadi.
16



Download 5,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish