Is va mv zv n I 90 sih vA ra an vD xn a A


  Buxgalteriya hisobining funksiya va vazifalari



Download 5,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/113
Sana14.01.2022
Hajmi5,82 Mb.
#361868
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi nazariyasi [@iqtisodchi kutubxonasi]

2.5.  Buxgalteriya hisobining funksiya va vazifalari
Boshqa  fanlar  kabi  buxgalteriya  hisobining  ham jamiyatda  o ‘z 
o ‘mi va vazifalari b o lib , shu kungacha uning asosiy vazifasi  sifatida
63


faqat m a’lumot to'plash hisoblangan.  Lekin iqtisodiyotimizga bozor 
munosabatlarining  kirib  kelishi,  jahonda  xalqaro  integratsiyaning 
kuchayishi, mulkka  bo‘lgan  munosabatlarining  o ‘zgarishi,  xorijiy 
investorlaming  kirib  kelishi  kabi  jarayonlar  amaldagi  buxgalteriya 
hisobi  tizimi  uchun  q o ‘shimcha vazifalami  yuklaydi.  Iqtisodivotin- 
ing rivojlanishini muhim hamda ajralmas qismi hisoblangan xo‘jalik 
yurituvchi  subvektlarda  ishlab  chiqarishni  zamonaviy  usullar  bi­
lan  boshqarishda  ulaming  m ablaglari  va  tashkil  topish  manbalari 
to"g‘risidagi  m a’lumotlar hozirda ham katta ahamiyatga egadir.
Bunday  m a’lumotlar  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarda  tash- 
kil  qilingan  buxgalteriya  hisobi  tizimi  orqali  yetkazib  beriladi. 
M a’lumotlaming  qay  darajada aniq,  haqqoniy  va xolisona b o ‘lishi 
tashkil  qilingan  buxgalteriya  hisobi  tarkibiy  tuzilishining  sifatiga 
bo g iiqd ir.  Boshqa fanlar kabi  buxgalteriya hisobi  ham jam iyatda- 
gi  o  zgarish va rivojlanishlarga mos holda takomillashib boravera- 
di.  Uning usul  va  uslubiyoti,  tamoyillari  insonlar tomonidan  ishlab 
chiqilgan  bo‘lib,  ular yana insonlar taraqqiyotga mos holda yangi- 
lanib boraveriladi.
Buxgalteriya  hisobi  tarixiga  nazar  tashlavdigan  b o lsa k ,  XIX 
asming oxirlaridagi ingliz adabiyotlarida hisob ishini tashkil qilish- 
ning quyidagi  olti  qoidasi  k o ‘rsatib  o ‘tilgan:
Mehnatning  taqsimlanishi.  Buxgalteriya  ishi  «Oddiy  nozik» 
harakatlam i  bajarishgacha  (monipulyatsiya)  boradi.  «Oddiy  baja- 
mvchi»  faoliyati  bunda  hisob  va  hisobot  m a’lumotlarini  yig‘ish 
hamda guruhlashga y o ‘naltiriladi.
M a’lumotlami tutib qolish. Hamma ish birlamchi tezkor hisob- 
ni  olib boruvchiga biriktiriladi.  Ularga hisob registrlari  topshiriladi 
va  xo'jalik jarayonlari  to'g 'n sid agi  m a’lumotlami  registrlar  (bux­
galteriya hujjatlari)ga yozib boradilar.
Nazoratdagi  raqobat.  Bu  hisob-kitob  kaliti  hisoblanadi.  Unda 
barcha ko ‘rsatkichlar taqqoslanganda boshqa ko  rsatkichlarga mos 
kelishi  kerak yoki  buni  manfaatlar to ‘qnashuvi  deb atash mumkin.
Haqiqiy buxgalteriya.  Har oyda bir marta ro  yxatga olish  bilan 
shiigLullanuvchi  buxgalter  tezkor  hisob  olib  bomvchi  ishchi  bilan
64


jarayonlam i  ro‘yxatga  oluvchi  jurnalni  to id irad i  va  buxgalteriya 
yozuvini  (pravodka) tuzadi.
Uslubiy mustaqillik.  Har bir  firma va korxona buxgalteriya hi­
sobini tashkil qilish uslubini o ‘z xususiyatlarini inobatga olgan hol- 
da belgilaydi.  Qancha firma, korxona b o is a ,  shuncha hisobni  tash­
kil  qilish  uslublari  mavjud.  Har  bir  xizmatchi  yoki  rahbar  o ‘ziga 
m a’qul hisob tizimini  kiritish huquqiga ega.
Psixologik iqlim.  Rahbam ing xodim iga ishonmaslik turi.  Bun- 
da  hisobning  asosiy  vazifasi  ishchilar  o ‘z  manfaatlarini  korxona 
manfaatidan  ustun  q o ‘yishining  oldini  olishdir.  Bu  buxgalteriya 
xodimlari  va  ishchilar  majburiyatlarining  to ‘g ‘ri  taqsimlanishidan 
kelib  chiqadi.  Buxgalter rahbar roziligisiz amaldagi  hisob tizimiga 
boshqa usulni kiritish yoki  o ‘zgartirish huquqiga ega em as!2.
Hozirda buxgalteriya hisobi  asosan  quyidagi  funksiyalarni  ba- 
jaradi.
X o‘jalik hisobi tarmoqlari korxona, tashkilot va muassasalarda 
sodir bo iay o tg an  x o ‘jalik jarayonlarini  kuzatib borish.
Kuzatish orqali olingan m aiu m o tlam i miqdoriy k o ‘rsatmalarda 
ifodalash.
X o‘jalik yurituvchi  subyektlar faoliyatlarini  kuzatish  natijalar- 
ini  maxsus hujjatlarda qayd etish.
M axsus  hujjatlarda  aks  ettirilgan  m aium otlam i  umumlashti- 
rish va guruhlashtirish, xo'jalikjarayonlari ustidan nazorat o ‘matish 
hamda ularga ta ’sir etish.
Buxgalteriya hisobining yuqoridagi funksiyalari  ayrim x o ‘jalik 
yurituvchi  subyektlar  va  umuman  butun  x o ‘jalikning  iqtisodiy j i ­
hatdan  asoslangan  joriy  hamda  kelgusidagi  reja  k o ‘rsatkichlarini 
tuzishda,  ular bajarilishi  ustidan  nazorat olib  borishda muhim  aha- 
miyat kasb etadi.
Buxgalteriya hisobi  oldida 3  ta asosiy vazifa  turadi:
Korxona boshqaruvini m a b lag ia r va uning tashkil topish m an­
balari to ‘g ‘risidagi  m aiu m o tlar bilan o ‘z vaqtida taininlash.
С о к о л о в   Я ,В .  О ч е р к и   по  и с т о р и и   б у х г а л т е р с к о г о   у ч е т а .  -   М .:  Ф и н а н с ы   и   с т а ­
ти сти к а . 1 9 9 1.
65


Korxona  buxgalteriya  hisobida  bu  vazifa  quyidagicha  izohla- 
nadi:
mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish rejasi  bajarilishi, rejada 
belgilangan  mahsulotlar nomenklaturasini, turini, sifatini  kuzatish, 
nazorat qilish, reja bajarilishming o ‘sish  omillarini  aniqlash;
mahsulotlar tannarxini kalkulatsiya qilish, tannarxni tobora ka- 
maytirish  omillarini  topish;
korxonalar rentabellik darajalari bajarilishini nazorat qilish; bi- 
znes-moliya rejasi bajarilishini  nazorat qilish.
Korxona  mulkini  muhofaza  qilish.  K orxona  qaysi  mulkchilik 
shakliga asoslanganidan  qat’iy nazar buxgalteriya hisobi  shu korx­
ona m ulkiga nisbatan tejamli munosabatda b o ‘lishni, uni har xil no- 
budgarchiliklardan ehtiyot qilishni, ular harakatini uzluksiz nazorat 
qilib,  ulardan oqilona foydalanishni ta ’minlashi  lozim.
Korxonalarda  x o ‘jalik  hisobini  joriy  etib,  uni  mustahkam- 
lash  va  iqtisodiy  rejim  (tejamkorlik)ni joriy  etish  ham da  takomil- 
lashtirib  borish.
Buxgalteriya  hisobi  iqtisodiyotning  xar  bir  rivojlanishi  bosq- 
ichida  o ‘z  zimmasigagi  barcha  vazifalam i  bajarishni  ta ’minlagan. 
Shuning  uchun  buxgalteriya  hisobi  boshqarish  va  nazorat  qilish 
vositasi va xo‘jalik faoliyati haqida aniq v aju d a sifatli axborot man­
bai  sifatida ayniqsa hozirgi paytda rnuhim vazifa hisoblangan m od­
diy, mehnat va moliyaviy  resurslardan  oqilona hamda tejab-tergab 
foydalanish ustidan  q at’iy nazoratni  amalga oshirish,  xo‘jasizlik  va 
isrofgarchilikka  qarshi  qat’iy  kurash  olib  borish,  bunday  hodisal- 
am ing  oldini  olish  choralarini  ko‘rish,  o ‘g‘iriliklar  va  qonunlami 
qo'pol ravishda buzish hollarining  oldim olish va uni  aniqlash  kabi 
vazifalami  amalga  oshirishda  katta  ahamiyat  kasb  etadi.  Shuning 
uchun buxgalteriya  hisobining asosiy maqsadi  boshqaruv qarorlar- 
ini  tayyorlash,  asoslab berish  \ a qabul  qilish,  subyektlaming moli- 
yaviy-xo'ialik  faoliyati  haqida  sifatli  o‘z  vaqtida  tayyorlangan  ax­
borot bilan  ta’minlashdan  iborat.
Yuqorida  aytilganlarga  asoslanib,  buxgalteriya  hisobining 
vazifalariga quvidagilarni  kiritish mumkin:
66


-   asosiy  fondlar,  tovar-moddiy  boyliklar,  pul  m ablag‘larining 
kelib  tushishi va ularning  harakatini  to‘la va o‘z vaqtida aks ettiri- 
lishini ta ’minlash;
-   mahsulot  ishlab  chiqarish,  ulami  sotish,  mehnat  unumdor- 
ligi,  foyda,  rentabellik,  mehnat  haqi  fondi,  kapital  sarflar,  byudjet 
va  boshqa  tashkilotlar  bilan  hisoblashish  va  boshqa k o ‘rsatkichlar 
bo‘yicha  rejaning  bajarilishini  aniq  aks  ettirish,  kuzatish  va  ular­
ning natijalarini topish;
-   subyektning  va  uning  ayrim  bo‘limlaridagi  ishlab  chiqarish, 
qurilish-montaj  va  boshqa  ishlar  bilan  bog‘liq  xarajatlarni  to‘la 
aks  ettirish,  nazorat  qilish  ham da  ishlab  chiqarilgan  mahsulot,  ba- 
jarilgan  ish  va xizm atlam ing  iqtisodiy jihatdan  asoslangan  hisobot 
kalkulyasiyasini  tuzish;
-   subyekt  va  uning  ayrim  bo‘limlarining  rahbarlarini  moli- 
yaviy-xo‘jalik  faoliyatining  barcha  bo‘linm alariga  doir  to la   va 
aniq iqtisodiy axborot bilan  tezlikda ta ’minlab turish;
-   ta ’sischilar,  aksiyadorlar,  sarmoya  egalari,  yuqori  tashkilot, 
moliya,  soliq,  statistika va boshqa buxgalteriya hisoboti  m a’lum ot­
lari dan foydalanuvchi  tashkilot va shaxslarga o‘z vaqtida topshirish 
uchun  aniq hisobotlami  yaratish;
-   boshqaruv  qarorlarini  iqtisodiy  jihatdan  asoslab  berish 
uchun  umumlashtirilgan  axborotning  tartiblashtirilgan  oqimini 
ta’minlash;
-   to‘la x o ‘jalik hisobini  subyekt miqyosida ham da uning ayrim 
ishlab  chiqarish  bo‘linmalari  va  brigadalarida joriy  etish  va  mus- 
tahkamlash;
-   subyektning  m ablag‘laridan  to‘la  va  unumli  foydalanish, 
undagi  mulklam ing  butligini  ta ’minlash,  iqtisodiy  tejash  tartibiga 
rioya  qilish,  subyekt jam oasining  ijtimoiy-iqtisodiy  rivojlanishini 
jadallashtirish ustidan nazorat yuritish  uchun tegishli axborotlar bi­
lan  ta’minlash.
Umuman  olganda,  rivojlangan  m am lakatlarda  hozirgi  paytda 
buxgalteriya hisobining 20  dan ortiq tamoyillari  mavjud.
67


M aiu m k i,  rejali-m a’muriy  iqtisodiyot  sharoitida  buxgalteri­
ya  hisobining  asosiy  vazifasi  yuqorida  turuvchi  vazirliklar,  idora- 
lar,  statistika  va  soliq  organlari  kabi  davlat  boshqaruv  organ lari 
uchun  axborotlami  yig‘ish  va ishlashdan  iborat edi.  Korxona  faoli­
yati  to ‘g‘risidagi  eng  muhim  masalalar,  jum ladan,  rejalashtirish, 
narx-navolarni  belgilash, mol  sotib  olish va ulanii iste’molchilarga 
yetkazib  berish,  korxona  xodimlarining  belgilash  va  boshqa  shu 
kabi  masalalar  yuqorida  turuvchi  davlat  organlari  tomonidan  hal 
qilinar  edi.  Korxonalar  davlat  mulkchiligini  boshqarishning  alohi- 
da  bir  bosqichi  sifatida  qaralar,  buxgalteriya  hisobi  esa  mulkning 
but  saqlanishi to ‘g ‘risidagi axborot bilan ta ’minlar edi.
Davlat  yagona  mulk  egasi  va  korxonaning  investori  b o iib   hi- 
soblanar  edi.  Bunday  sharoitda  korxonaning  hisoboti  davlat  top- 
shiriqlarini  bajarish,  davlat  byudjetiga  qilinadigan  ajratmalaming 
to‘g'riligini  tekshirish  va  statistika  axborotlami  yig‘ish  vositasi 
b o iib  xizmat qilar edi.  Shuning uchun buxgalteriya hisobi  va hiso­
boti  oldiga q o ‘yiladigan asosiy  vazifalar quyidagilardan iborat edi:
-   q at’iy birxillik (umfikasiyalanganlik);
-   ishlab  chiqarish  topshiriqlarining  bajarilishini  aks  ettiradi- 
gan k o ‘rsatkichlarga m oijal  qilish;
-   soliq solish bazasini va byudjetga boshqa ajratmalami hisob- 
lash; X o ‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati bozor iqtisodiyoti 
sharoitida rejali  iqtisodiyot  sharoitiga  ko‘ra  tubdan  farq  qiladi.  Bu 
farqlar quvidagilar bilan  bogiiq:
1)  Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning tarkibi o ‘zgarib, 
davlat mulkchiligi jamiyatdagi mulkchilikning faqat bir turiga ayla- 
nadi, subyekt faoliyatidan manfaatdor b o ig a n  ko‘plab yangi m ulk­
chilik  yuzaga  keladi,  chunki  ular  bu  subyektga  o‘z  m ablagiarini 
qo'yadilar.
2)  Subyektlar raqobatchilikda yengib chiqish  va samarali  moli­
yaviy  natijalar beradigan  qarorlarni  qabul  qilishga  harakat qiladi- 
lar va  shu  maqsadda bozor kon’yukturasini  o‘rganadilar,  o‘z  faoli­
yatini  mustaqil  rejalashtiradilar,  mol  yetkazib  beruvchi  va xaridor- 
larni  topadilar,  narx-navolami  mustaqil  belgilaydilar va hokazo.
68


3) 
Budjetdan moliyalash va davlat kreditlarini olishdan tashqa- 
ri  endilikda  subyektlar  faqat  xaridorlar  va  tovarlami  sotish  bozor- 
lari  uchun  raqobatchilik  kurashida  qatnashibgina  qolmay,  undan 
tashqari,  tijorat  banklarining  kredit  resurslari  ham da  potensial  in- 
vestorlaming  shunday  m ab lag lari  uchun  raqobatchilik  kurashini 
olib boradilar.
Shuning  uchun  subyektda  birinchidan  boshqaruv  qarorlari- 
ni  chiqarish  va ulam ing  natijalarini  baholash  uchun  o‘z vaqtida  va 
t o liq  b o ‘lgan axborotni olish ehtiyoji tu g ‘iladi. Ikkinchi tomondan, 
subyektlar  tegishli  axborotni  shu  subyektlarga  o‘z  m ablag‘larini 
kuygan mavjud investorlar va bo‘lg ‘usi investorlarga ham  topshiri- 
shi kerak bo‘ladi.  Shu bilan birga bozor iqtisodiyoti  sharoitida soliq 
ajratmalarining  to‘g ‘riligi  haqida  ham  hisobot  berish  saqlanib  qo- 
ladi.  Shunday  qilib,  buxgalteriya hisobi  bozor  iqtisodiyotiga  utish 
munosabati bilan hisobchilik va statistika funksiyalarini bajaruvchi 
vositasidan  subyektlarning faoliyati  to ‘g ‘risidagi  axborotni  yig‘ish, 
ishlash  va  topshirish  quroliga  aylanadi.  Bu  axborotdan  manfaat- 
dor  tomonlar  o‘z  ixtiyoridagi  vaqtincha  ortiqcha  m ablag‘lami  sa- 
maraliroq investisiya qilish  to 4g"risidagi  asoslangan  qarorlar qabul 
qilish  uchun foydalanadilar.
Bozor  iqtisodiyoti  rivojlangan  m am lakatlarda buxgalteriya h i­
sobini  biznes  tili  deb  atashadi.  Uni  o‘rganish  har  qanday  til- 
ni  o‘rganishga ju da o‘xshab ketadi  va buxgalteriya hisobida ishlati- 
ladigan  ko‘pchilik  so‘zlar  hayotda  q o ‘llaniladigan  xuddi  shunday 
so'zlarga qaraganda boshqacha m a’noga ega b o ig an lig i  sababli uni 
o‘rganish biroz qiyinroq tuyuladi.
Har  qanday  til  ham  buxgalteriya  hisobidek,  jam iyatning 
o'zgarib borayotgan  ehtiyojiga javoban rivojlanib va o'zgarib bora- 
di.  Buxgalteriya hisobida  qo‘llanib  kelinayotgan  qoidalar  ham  yo­
ki  ulaming bir qismi jam iyatning  o ‘zgarib borayotgan  ehtiyojlarga 
qarab o ‘zgartirilishi mumkin.
69



Download 5,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish