Is va mv zv n I 90 sih vA ra an vD xn a A


,4.  Buxgalteriya  hisobini tashkil



Download 5,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/113
Sana14.01.2022
Hajmi5,82 Mb.
#361868
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi nazariyasi [@iqtisodchi kutubxonasi]

2,4.  Buxgalteriya  hisobini tashkil
 
qilish  prinsiplari
X o‘jalik  yurituvchi  subyektlarda  yuritilavotgan  hisob  siyosa- 
ti  o ‘ziga  xos  prinsiplarga  amal  qilishi  kerak.  Buxgalteriya  hisobi 
prinsiplarini  o ‘rganishga  nazariy  va  amaliy jihatdan  yondoshiladi. 
Buxgalteriya hisobi prinsiplarini nazariy jihatdan quyidagi turlarga 
b o iib   o ‘rganish  zarur:
-  ikki  yoqlama qayd etish  usuli bilan hisob yuritish;
-  uzluksizlik;
-  xo‘jalik muammolari, aktivlar va passivlami  baholash;
-  ishonchlilik;
-  ehtiyotkorlik;
-  mazmunning shakldan ustunligi;
-  ko‘rsatkichlarning qiyosiyligi;
-  moliyaviy hisobotning betarafligi;
-  aktivlar va majburiyatlarning haqiqiy bahosi;
-  hisobot davri daromadlari va xarajatlarining mosligi;
-   tushunarlilik;
-  ahamiyatlilik;
-  muhimlilik;
-  haqqoniy xolis taqdim  etish;
-  tugatilganlik;
-  izchillik;
-  o ‘z vaqtidalik;
-  offseting (moddalaming  o ‘zaro qoplanishi);
-  xolislik.
Buxgalteriya hisobi prinsiplari amaliy jihatdan esa 0 ‘zbekiston 
Respublikasining  “Buxgalteriya hisobi  to ‘g‘risida”gi  Qonun  yangi 
tahririga k o ‘ra quyidagi turlarga boiinadi:
-  uzluksizlik;
-  ishonchlilik;
-  qiyoslanuvchanli.
Fanni  chuqur  o ‘rganish  maqsadida  buxgalteriya  hisobini  na­
zariy prinsiplari  asosida o ‘rganishni  ko‘rib o ‘tamiz, chunki nazariy 
prinsiplar amaliy prinsiplami  ham  qamrab  oladi.
59


Yuqoridagi  prinsiplarga  asoslanib  yuritilgan  buxgalteriya  hi­
sobi  va tuzilgan  moliyaviy hisobot barcha foydalanuvchilar uchun 
korxonaning  moliyaviy  xo‘jalik  faoliyati  haqida  to iiq ,  tushunarli 
m a’lumot olishni va tegishli xulosalar chiqarish  imkonini  beradi.
Ikki  yoqlama  qayd  etish  usuli  bilan  hisob  yuritish  prinsi- 
pi  x o ‘jalik jarayonlarini  schyotlarda  ikki  yoqlam a yozuv  usulidan 
foydalangan holda aks ettirilishini bildiradi. Ushbu prinsipga ko'ra, 
x o ‘jalik  jarayonining  summasi  bir  schyotning  debeti  va  ikkinchi 
schyotning kreditida aks ettiriladi.
Uzluksizlik  prinsipi  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlar  faoliyati- 
ninig  qisqarishini  va tugatish  ehtimoli  harakatida b oim aydi.  Agar 
korxona  faoliyatida  uzluksizlik  prinsipining  buzilish  muhiti  m av­
ju d   b o ‘lsa, hisobotda beriladigan tushuntirish  va izohlarda bu haq- 
da m a’lumot keltirilishi  lozim.
Uzluksizlik prinsipi  zaminida xo ‘jalik yurituvchi  subyektlarda 
x o ‘jalik faoliyati  davomida  uzluksiz  ravishda  buxgalteriya  hiso­
bi yuritilishi  shartligi yotadi.  Korxona faoliyati tugaganida, buxgal­
teriya hisobini  yuritish ham to ‘xtatiladi.
X o'jalik  muomalalari,  aktivlar  va  passivlarni  baholash  prin­
sipi  korxonaning  barcha  mulklarini  va  ro ‘y  beradigan  barcha 
x o ‘jalik jarayonlarini  yagona  pul  bahosida  o lchanish ig a  asoslan- 
gan.  0 ‘zbekiston  Respublikasida pul  o ‘lchovi  so‘m va uning qismi 
tiyinda olib boriladi.
Ishonchlilik  prinsipi  yuritiladigan  hisob  ishlarining  haqiqiyli- 
gi va xatosizligiga asoslanadi.  Moliyaviy hisobot naqadar ishonchli 
b o ‘lishi,  buxgalteriya  hisobi  dastlabki  hujjatlardagi  m a’lumotlami 
naqadar haqqoniy  ekanligiga bog‘liqdir.
Ehtiyotkorlik  prinsipiga  rioya  etilganda  moliyaviy  hisobot 
shakllarida  aktivlar  va  daromadlar  bahosini  oshirib  ham da  maj- 
buriyatlar  va  xarajatlar  bahosini  pasaytirib  к о ‘rsatili shiga  y o ‘l 
qo‘yilmaydi.
Mazmunning  shakldan  ustunlik  prinsipi  yuridik  shakldan  iqti­
sodiy mazmun ustunligini  bildiradi.  Hodisalar mohiyati doim oham  
ularning yuridik shakliga mos kelavermaydi.  Masalan, korxona o ‘z 
faoliyati davomida uzoq m uddatga ijaraga olingan asosiy vositadan
60


foydalanadi,  yuridik  nuqtayi  nazardan  bu  asosiy  vositalar  korxo­
na mulki hisoblanmasada, balansning aktivi tarkibida aks ettiriladi.
K o‘rsatkichlam ing  qiyosiylik  prinsipi  xo'jalik  yurituvchi  sub- 
yektlar m a’lumotlarini  o ‘zaro taqqoslash,  shuningdek, bir korxona 
ichida  bir  necha  hisobot  davrlari  k o ‘rsatkichlarini  taqqoslash  im- 
koniyati  yaratilishini  bildiradi.
Korxonalar  k o ‘rsatkichlarini  qiyoslash  x o ‘jalik  tarmoqlari 
b o'yicha m a’lum otlami jam lashda, tahlil etishda, taqqoslashda ker­
ak bo'ladi.
Shuningdek, tashqi foydalanuvchilar ular uchun kerakli bo'lgan 
korxonalar ko'rsatkichlarini qiyoslab olishlarida imkoniyat b o lish i 
shart.
Korxonalam ing  o ‘tgan  davr ko'rsatkichlari bilan hisobot davr­
lari m a’lumotlarini taqqoslash shu korxona ichki boshqaruvi  uchun 
ham zarurdir.
M oliyaviy  hisobotning  betarafligi  prinsipiga  ko'ra,  hisob  ish- 
larida hech  qanday  m anfaatdorliklarga e ’tibor bermaslik va ayrlim 
xatolarga y o 'l  qo‘ymaslik zarur.
A ktivlar va m ajburiyatlam ing haqiqiy baholash  prinsipi  ulam ­
ing tannarxi yoki sotib olingan narxi baholash uchun asos bo'lishiga 
tayanadi.  Buxgalteriya  Hisobi  Milliy  Standartlari da  k o ‘rsatilgan 
b a’zi  bir  hollarda  haqiqiy  baholar  sotib  olish  bahosidan  farq  qili- 
shi  mumkin.
Hisobot  davri  daromadlari  va xarajatlarining mosligi  daromad 
ham da  xarajatlar  tegishli  hisobot  davrida  aks  ettirilishini  nazarda 
tutadi.  M asalan, kelgusi  davr daromadlari, kelgusi  davr xarajatlari, 
amortizatsiya ajratmalari  kabilar bir necha hisobot davrlari  orasida 
taqsimlanadi.
Tushunarlilik  prinsipi  hisob  v a  moliyaviy  hisobotlar  m a’lu- 
motlari  oddiy ham da tushunarli  bo'lishga asoslangan.
Ahamiyatlilik  prinsipi  deganda,  moliyaviy  axborotlardan  foy­
dalanuvchilar  uchun  korxona  xo'jalik  faoliyatini  baholash,  tahlil 
etish,  tegishli  qaror  qabul  qilishda  hisob  m a ’lumotlarini  naqadar
61


ahamiyatliligi tushuniladi. Axborotning ahamiyatliligi  uning mohi- 
yati  va qiymatidan kelib chiqib belgilanadi.
M uhimlilik  prinsipi  axborotning  foydalanuvchilar  uchun 
naqadar  kerakligidan  kelib  chiqib  belgilanadi.  M asalan,  axborot 
ko‘rsatilmasa yoki noto‘g ‘ri ko‘rsatilsa, moliyaviy hisobotdan foy- 
dalanuvchilaming  tegishli  iqtisodiy  qarorlar  qabul  qilishiga  salbiy 
ta'sir etsa, muhimlilik prinsipiga rioya etilmagan  b o ia d i.
Haqqoniy xolis taqdim  etish, moliyaviy hisobotlar foydalanuv- 
chilarda subyektning moliyaviy holati, muomulalalar natijalari, pul 
m ablagiarining  harakati  haqida  haqqoniy  va  xolis  tasavvur  hosil 
qilishi kerak.
Tugatilganlik prinsipi  zamirida moliyaviy hisobotni  ishonchli- 
giga  erishish  m aqsadida  barcha  axborotlarni  to iiq   va  tugatilgan 
b o iish i  tushuniladi.
Izchillik prinsipi  hisob siyosatining bir davrdan boshqa davrga 
izchil  o ‘tkazilishini  nazarda  tutadi.  Izchillik  prinsipiga  rioya  etish 
natijasida quyidagi  imkoniyatlar yaratiladi.
xo ‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy holatidagi o ‘zgarish- 
larai  aniqlash,  tahlil  qilishda turli  hisobot  davrlari  moliyaviy  hiso­
botlarini  qiyoslash;
moliyaviy  hisobot  bandlarini  guruhlab,  kreditorlik  qarz  sum­
malari  esa «Passiv»  b o iim id a  ko‘rsatiladi;
0 ‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standart- 
larining 21- standartiga k o ‘ra, 4010 «Olinadigan schyotlar»  schyoti 
bo‘vicha  debitorlik  qarzi  summasi  ushbu  summadan  4910  «Shub- 
hali  qarzlar yuzasidan  zahiralar»  schyotidagi  summa ayirilganidan 
keyingi  qoldiq  summa sifatida balans aktivida aks ettiriladi;
daromadlar,  zararlar  alohida  holda  ham,  umumlashtirilganda 
ham  uncha ahamiyatli  b o im a sa  umumlashtiriladi.
Yuqorida keltirilgan ikki holatdan tashqari  daromad va xarajat­
lar, aktiv hamda passiv moddalari  o bzaro qoplanishi  mumkin emas. 
Agar daromadlar va xarajatlar hisoblangan  b o is a ,  moliyaviy  hiso­
botlar  ilovasi  izohlarda  muhimlik  prinsipga  ko  ra  yoritiladi.  M a­
salan,  debitorlik  qarzi  «Olinadigan  schyotlar»  bandi  bo‘yicha  aks
62


ettirilishida,  «Shubhali  qarzlar  b o ‘yicha  qarzlar»  summasi  ayiril- 
ganidan  so ‘ng  aks  ettirilgan b o ‘lsa,  yillik hisobot  ilovasi  tushunt- 
irish  xatida  har  ikkala  schyot  summalari,  y a ’ni  4010  «Olinadigan 
schyotlar»  va  4910  «Shubhali  qar/.lai'  bo‘yicha  zahira»  schyotlar- 
ining  summalari  alohida-alohida yoritilishi  shart.
0 ‘z  vaqtidalik  prinsipi  axborotning  foydaliligini  ta ’minlaydi. 
Hisobotni  o ‘z  vaqtida  tegishli  foydalanuvchilarga  yetkazilmasligi 
axborotning aham iyatlilik darajasini  kamaytiradi.
Axborot o ‘z vaqtida yetkazilmasligi foydalanuvchilami tegish­
li qarorlar qabul  qilishdan kechiktiradi yoki noto‘g ‘ri xulosa chiqa- 
ri shiga sabab bo‘ladi.
Offsetting  (moddalaming  o ‘zaro  qoplanishi).  Aktivlar  va  pas- 
sivlar  o ‘rtasida  o ‘zaro  qoplanishni  am alga  oshirish  mumkin  emas 
(boshqa Buxgalteriya Hisobi Milliy  Standartlarida nazarda tutilgan 
holatlar bundan mustasno).
Xolislik  prinsipi  moliyaviy  hisobotda  yoritilgan  subyektning 
moliyaviy  holati,  xo‘jalik  faoliyatining  moliyaviy  natijalari  va 
pul  oqimi  haqidagi  m a’lum otlaming  xolis  b o ‘lishini  ta ’minlaydi. 
Xolislik  prinsipiga  rioya  etishda Buxgalteriya  Hisobi  Milliy  Stan- 
dartlarining  buxgalteriya  hisobini  yuritishdagi  va  moliyaviy  hiso­
botni tuzish asosiy tamoyillariga amal  qilish zarurligini bildiradi.
Xo‘jalik yurituvchi  subyektlar faoliyatidagi o ‘zgarishlar tezligi 
Buxgalteriya  Hisobi  Milliy  Standartlarida  ishlab  chiqilmagan  ho- 
latlami  yuzaga  kelishiga  sabab  bo‘lishi  mumkin.  X o‘jalik  yuritu­
vchi  subyekt  xolisona  ravishda  Buxgalteriya  Hisobi  Milliy  Stan­
dartlari  asosida  mustaqil  hisob  yuritish  siyosatini  tanlaydi  va 
qo‘llaydi.  X o‘jalik yurituvchi  subyekt bunday hollarda, hisob yuri­
tish  usuli  yuzasidan qabul  qilingan  mustaqil  qarorlami  hisob  siyo- 
satida yoritishi  kerak.

Download 5,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish