7.3. Buxgalteriya hisobi registrlaridagi
xato yozuvlarni tuzatish tartibi
Buxgalteriya hisobi registrlariga ko‘rsatkichlar aks ettirilay-
ot- ganda e ’tiborsizlik, m a’suliyatsizlik, tajribasizlik oqibatida xato
yozuvlar yozilishi mumkin. Xato yozuvlar aks ettirilgani quyidagi
holatlarda aniqlanishi mumkin.
Xato yozuv faqat bir registrlarda aks ettirilgan.
Xato yozuv noto‘g ‘ri buxgalteriya provodkasi natijasida vujud
ga kelgan.
Buxgalteriya provodkasi to ‘g ‘ri, ammo aks ettirilgan summa
ko ‘p yoki kam yozilgan.
Buxgalteriya hisobi registrlari da xato yozuvni yuqorida keltiril-
gan qaysi holatlardan birida aniqlanganiga qarab, tuzatish yozuv-
lari am alga oshiriladi.
Xato tuzatishning quyidagi usullari mavjud: «Korrektura» usu-
li, «Qizil qalam» usuli, «Qo‘shimcha yozuv» usuli.
1 4 8
«Korrektura» usulidan xato yozuv faqat bir hisob registrida
mavjudligi aniqlangan holatda foydalaniladi. «Korrektura» usulin-
ing mohiyati shundaki, xato yozuv ustidan ingichka chiziq torti-
lib, uning yoniga to lg ‘ri yozuv yoziladi ham da bu haqda xato yo-
zuvni to ‘g ‘rilagan javobgar shaxs yoki bosh buxgalter muddatni
ko‘rsatib, imzo qo'yadi. M asalan, «Materiallar» hisob schyotin-
ing debeti bilan buxgalteriya hisob reestriga 40050 so‘m o ‘miga,
40000 so‘m yozilgan. 40000 (14.03.11) «to‘g ‘rilanganligiga isho-
nilsin» (imzo).
«Qizil qalam» usulidan buxgalteriya provodkasi noto‘g ‘ri
berilganida yoki k o ‘p summa aks ettirilganida foydalaniladi.
«Qizil qalam» usuli yordamida xato yozuv qizil rangli siyoh
orqali to ‘g ‘rilanadi. Y a’ni, qizil rangda yozilgan raqam, shu raqam
yozilgan oborot jam i summasi dan ayirilishi kerak. Qizil siyohda-
gi yozuv aks ettirilib, xato yozuv to 'g ‘rilanganidan so‘ngra, to ‘g ‘ri
buxgalteriya provodkasi hisob registrlariga yozib qo‘yiladi. «Qizil
qalam» usuliga misolni keltirish orqali talabalam i, ushbu usul m o
hiyati bilan yaqindan tanishtiriladi. M asalan, «Asosiy ishlab chiqa
rish» uchun ombordan material berildi 60000 so^rn. Ushbu jarayon
uchun buxgalteriya provodkasi quyidagicha b o ia d i.
Dt 2010 - «Asosiy ishlab chiqarish» schyoti - 60 000 so‘m
Kt 1000 - «Materiallar» schyoti - 60 000 so‘m.
Buxgalteriya xodimi tomonidan esa hisob registrlariga 600 000
so‘m aks ettirilgani aniqlandi.
Xato yozuvning bir «О» raqamini o ‘chinsh orqali to ‘g iila s h
mumkin emas. Demak, «Qizil qalam» usulidan foydalanishga
to ‘g ‘ri keladi:
600000 - 540 000 = 60000.
Buxgalteriya hisob registrlariga 540 000 so‘m ortiqcha yozil-
ganligi sababli, 600 000 dan 540 000 ayirilishi shart. Sxema
ko‘rinishida sintetik schyotlarga taalluqli buxgalteriya hisob regis-
trlaridagi yozuvlar quyidagicha aks ettiriladi:
149
Do'stlaringiz bilan baham: |