Is va mv zv n I 90 sih vA ra an vD xn a A


  Hujjatlar mazmuni va  rasmiylashtirish



Download 5,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/113
Sana14.01.2022
Hajmi5,82 Mb.
#361868
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi nazariyasi [@iqtisodchi kutubxonasi]

5.2.  Hujjatlar mazmuni va  rasmiylashtirish
 
tartiblari
X o‘jalik  jarayonlarining  turli-tumanligi  ularni  aks  ettiruvchi 
hujjatlarning ham turli b o ‘lishiga sabab bo‘lishi tabiiydir. Hujjatlar 
bir necha  xususiyatlariga k o 'ra  turkumlarga  ajratiladi,  bunday  gu- 
ruhlashga  sabab  hujjatlashtirish  ishlarini,  ulardan  hisob  ishlarida 
foydalanishni  hamda  ular  aylanishini,  saqlanishini  osonlashtirish- 
dir.  Hujjatlar  tuzilish  tartibiga,  vazifasiga,  x o ‘jalik jarayonini  aks 
ettirishiga,  qayerda tuzilishi  kabi xususiyatlarga k o ‘ra turkumlarga 
ajratiladi. Hujjatlar tuzilish tartibiga ko'ra, dastlabki va yig‘m a huj- 
jatlarga b o lm ad i.  Buni quyidagicha izohlash mumkin.
X o'jalik jarayoni  ro 'y  berganda albatta hujjatlashtirilishi  shart. 
Masalan,  tovar  keltirish  uchun  asos  b o lg a n   yuk  xati  (tovar  trans­
port  nakladnoyi),  kassa kirimi  va chiqim  orderlari  va hokazo.  Bu- 
lar bir xo'jalik jarayonini  o'zida  aks  ettiradi  va dastlabki  hujjatlar- 
ga  misol  b o la d i.  Shu  dastlabki  hujjatlar  tekshirilib,  ular  asosida 
yig'm a hujjatlar tuziladi va bu hujjatlar m a’lum bir davr ichida ro 'y  
bergan jarayonlar  haqida  m a’lumotlar  beradi.  Y ig'm a  hujjatlarga 
tovar hisoboti  va kassir  hisobotini  misol  tariqasida  keltirish  m um ­
kin.
Hujjatlar vazifasiga k o 'ra 5  turga ajratiladi:
Farmoyish beruvchi hujjatlar.
Tasdiqlovchi  hujjatlar.
113


Farmoyish-tasdiqlovchi hujjatlar.
Buxgalteriya hisobotiga ilova hujjatlari.
Axborot hujjatlari.
Farmoyish  beruvchi  hujjatlar.  Biror  x o ‘jalik jarayonini  bajar- 
ish  uchun  albatta m a’sul  xodimlar tomonidan  buyruq beriladi  yoki 
jam oa qaror qabul  qiladi.  Unda jarayonni  bajaruvchi  shaxslar ham­
da jarayonlam ing bajarilish muddati ko‘rsatilgan b o ‘ladi.  Shunday 
qilib,  biror x o ‘jalik jarayonining bajarilishiga farmon beruvchi hu­
jjatlar farmoyish hujjatlari  deyiladi.  Ular asosida buxgalteriya pro- 
vodkalari  bajarilmaydi,  balki  korxona  boshqaruvining  xodimlari 
ishlar yuzasidan nazoratni o ‘matishlari  uchun xizmat qiladi.
Tasdiqlovchi  hujjatlar.  Xodim,  m a’sul  shaxsning  biror 
xo‘jalik  jarayonini  bajarganini  tasdiqlovchi  hujjatlar  ham  amalda 
qo‘llaniladi.  M asalan,  asosiy  vositalam ing  qabul  qilish-topshirish 
dalolatnomasi  asosiy  vositalami  qabul  qilinganini,  to lo v   vedo­
mostlari mehnat haqi berilganini  (deponentlashtirilganligini) isbot- 
laydi.  Shuning  uchun  ham  bunday  hujjatlar  tasdiqlovchi  hujjatlar 
deyiladi.
Farmoyish-tasdiqlovchi  hujjatlar.  Korxonalar  buxgalteriy a  hi­
sobini  yuritishda  shunday  hujjatlar  ham  mavjudki,  ularda bir 
vaqtning  o ‘zida  jarayon  bajarilishiga  farmon  berilishi  bilan 
birga jarayon bajarilganligini tasdiqlash xususiyati ham  mujassam- 
lashtirilgan.  Masalan, to ‘lov topshiriqnomasi  korxonaning bankda- 
gi  «Hisoblashish»  schyotidan to ‘lov o ‘tkazilishiga buyruq berilishi 
bilan birga schyotdan pul  o ‘tkazilganligini  ham  isbotlaydi.  Bunday 
hujjatlarga to lo v  talabnomasi  va kassa chiqim  orderlarini ham m i­
sol  tariqasida  keltirish  mumkin.  U larda  ikki  xususiyat  mujassam- 
lashtirilganligi sababli farmoyish-tasdiqlovchi huj jatlar deb ataladi.
Buxgalteriya  hisobotiga  ilova  hujjatlari.  Buxgalteriya  hisobi­
ni yuritishda xo‘jalik jarayonlari ro ‘y berishi bilan bevosita bog‘liq 
bo‘lmagan,  ammo  hisob  ishlarida  ahamiyatli  hujjatlar  ham  borki, 
ular  rasmiylashtirish  hujjatlar  deb  ataladi.  M asalan,  korxonalarda 
mavjud  b o lg a n   asosiy  vositalarga  eskirish  summasini  hisoblash 
vedomostlari  (qaydnomalari),  buxgalteriya m a ’lumotnomalari,  so-
114


tilgan tovarlarga doir o ‘rtacha savdo  ustamasini hisoblash jadvali, 
sotilgan  tovarlarga tegishli  transport xarajatlarini  hisoblash jadvali 
va hokazo.  Ulardagi m a’lumotlardan buxgalteriya hisobi registrlar- 
iga tegishli yozuvlarni  aks ettirishda foydalaniladi.
Axborot hujjatlari.  Korxonada ro ‘y bergan  x o ‘jalik jarayonlar- 
ining asosi hisoblangan uning moliyaviy holati, tovar moddiy boy- 
liklari  zahiralari  haqida  axborot  beruvchi  hujjatlar,  ichki  boshqa­
ruv  va  yuqori  tashkilot  ham da  muassasalari,  davlat  soliq  nazora­
ti,  kreditorlar,  hissadorlar,  ta ’sischilar,  tashqi  auditorlarga  zarur 
vaqtlarda tegishli axborotlar olishda xizmat qiladi. Bunday axborot 
hujjatlariga  mol  yetkazib  beruvchilar  va  pudratchilar  bilan  tuzil- 
gan  shartnomalar,  bank  muassasalari  bilan  tuzilgan  shartnomalar, 
tovar moddiy boyliklari  zahiralari,  tabiiy kamayish  m e’yorlari  m i­
sol b o ‘la oladi.
Buxgalteriya  hisobini  hujjatlami  tuzish  davriga  qarab, 
boshlang‘ich yoki birlamchi va yig ‘m a hujjatlarga b o iis h  mumkin. 
B o shlanglch yoki  birlamchi  hujjatlar deb jarayonlar sodir b o lish i 
bilanoq  rasmiylashtiriladigan  hujjatlarga  aytiladi.  M asalan,  kassa- 
ga pul  qabul  qilib olinishi bilanoq «Kassa kirim  orderi» hujjati  ras- 
miylashtiriladi.
M a’lum  bir  davrga  birlamchi  hujjatlar  m a ’lumotlari  asosida 
yig ‘ma hujjatlar tuziladi.  Masalan,  oyning  oxiridagi  kassiming  hi- 
soboti  yoki korxona balansi.
Hujjatlar qayerda tuzilishiga ko‘ra ikki  turga b o lin ad i:  K orxo­
naning o ‘zida tuzilgan hujjatlar.
Boshqa korxonalarda  tuzilgan  hujjatlar.  Korxonada  sodir  etil- 
gan jarayonlar  uchun  asos  b o lg a n   va  uning  o ‘zida  tuzilgan  hujj­
atlarga hisobdor shaxsning avans hisoboti, hisob
-   to lo v  vedomosti,  kassa kirim  va chiqim  orderlari, hisobot- 
lar misol  b o la d i.
Korxona buxgalteriyasidagi schyotlarda tegishli m a’lumotlarni 
aks ettirishda boshqa korxonalarda rasmiylashtirilgan hujjatlar ham 
asos  b o la d i.  Ularga hisob-kitob  schyotidan k o ‘chirma,  unga  ilova 
qilingan to lo v  talabnomalari, mol yetkazib beruvchi  tashkilot yub-
115


organ tovar(mahsulot) uchun asos b o ‘luvchi yuk xati, yuk kvitansi- 
yalari  va boshqalar misol b o ‘ladi.
Hujjatlar maxsus blankalarga x o ‘jalik jarayonlarini  aks ettirish 
orqali  olinar  ekan,  x o ‘jalik jarayonlari  turliligi  ular  aks  ettirilgan 
hujjatlarda rekvizitlar turlicha bo‘lishiga olib  keladi.  Hujjatlardagi 
rekvizitlar haqida so‘z yuritishdan  oldin, blankalardagi rekvizitlar- 
ni  bilib  olish  maqsadga muvofiq  b o ‘ladi.  Chunki  m aiu m o tlar  har 
tom onlam a talabga javob beruvchi blankalarda aks ettirilishi lozim: 
blankalarda  statistika  q o ‘mitasi  tomonidan  belgilangan  shakl  kodi 
b o iish i;
xo‘jalik jarayonini  aks ettirish  uchun maxsus qatorlar b o iish i; 
m a’sul  xodimlar  imzosi  va  m uhr uchun  o 'rin   ajratilishi  va ho­
kazo.
Dastlabki hujjatlar huquqiy kuchga ega b o iish i  uchun  quyida­
gi  majburiy rekvizitlarga ega b o iish i  zarur: 
hujjat (shakl) nomi,  shakl  kodi; 
tuzilgan muddati; 
x o ‘jalik jarayoning mazmuni; 
xo ‘jalik jarayoni  summasi  (so‘zda va sonda); 
xo ‘jalik jarayoni uchun m as’ul  shaxslar nomi; 
hujjatlam ing  to ‘g ‘ri  rasmivlashtirilishiga javobgar  shaxs  nomi 
va imzosi.
Zaruriy hollarda hujjatlarda qo‘shimcha rekvizitlar ham aks et­
tirilishi  mumkin.  M asalan,  hujjat  tartib  raqami,  korxona  nomi  va 
manzili, jarayonning  sodir  etilishi  uchun  asos,  hujjatlashtirilayot- 
gan jarayonni aniqlashga m oijallan g an  boshqa rekvizitlar. Buxgal­
teriya  hisobi  avtomatlashtirilgan  sharoitlarda  hujjatlar  rekvizitlari 
kod k o ‘rinishida aks  ettirilishi  mumkin.
Hujjatlardagi  rekvizitlar  aniq  v a  to ‘g ‘ri  holda,  kimyoviy  qa- 
lamda,  sharikli.  siyohli  ruchkada,  yozuv  mashinalari  orqali  aks  et­
tirilishi  mumkin.  Hujjatlardagi  yozuvlami  oddiy  qalamda  yozish- 
ga  ruxsat  etilmasligiga  sabab,  hujjatlar  arxivlarda  uzoq  saqlanishi 
davomida  yozuvlarning  to liq   saqlanishini  taininlashdir.  Hujjat 
davom ida  blankalardagi  maxsus  qatorlarda  b o ‘sh  qolgan  qatorlar-
116


ga  albatta  chiziq  tortilishi  kerak,  bu  bilan  mumkin  b o im ag an   yo- 
zuvlaraing oldi  olinadi.
Hujjatlarda  albatta,  ulardagi  yozuvlar  haqiqiyligini  tasdiqlash 
huquqiga ega b o lg a n  shaxslar b o lib , ulam ing  soni, ro ‘yxati  korx­
ona rahbari  tomonidan  tasdiqlanadi.  Qimmatbaho  va juda kamyob 
hisoblangan  moddiy  boyliklar  berilishi  rasmiylashtiriladigan  huj­
jatlarga imzo chekish huquqiga ega shaxslar chegaralangan b o lish i 
kerak.
Hujjatlarda  o ‘chirib  yozishlar  b o lish i  mumkin  emas,  zarurat 
tu g ilib  qolganda esa tuzatish imzo va so‘z bilan tasdiqlab qo‘yilishi 
shart. H ujjatlarda b o ‘yabyozilishi,noaniq yozuvlar  b o lish ig a  y o l  
qo‘yilmasligi kerak.  Ayniqsa,  kassa jarayonlari  aks  ettirilgan hujj­
atlarga tuzatishlar kiritish mumkin emas.
B a’zi buxgalteriya hisobi hujjatlari qat’iy hisobda turadi. Q at’iy 
hisobdagi hujjatlar buxgalteriya hisobi schyotlar tizimining balans­
dan  tashqari  schyotlaming  006  -  «Q at’iy  hisobot  varaqlari»  schy­
otida hisobga  olinadi.  Bu  hujjatlarga hisobdorlik  asosida  beriladi- 
gan  -   chipta  daftarchalari,  guvohnoma blanklari,  diplomlar,  chek- 
lar,  tovarlami  kuzatib  boruvchi  hujjatlar,  talon  kabi  hujjatlar kira­
di.  Ulami  saqlash  va  ulardan  foydalanish  tartibi  korxona  tom oni­
dan belgilanadi.

Download 5,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish