Irsiyatni gen va hujayra darajalarida o'zgartirishda foydalaniladigan usullar Reja



Download 43,43 Kb.
bet2/11
Sana09.02.2022
Hajmi43,43 Kb.
#438954
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Irsiyatni gen va hujayra darajalarida o\'zgartirishda foydalaniladigan

1911 yilda amerika genetigi T.Morgan о‘z laboratoryasida о‘tkazgan tadqiqototlari natijasida irsiyatning moddiy negizi hisoblangan xromasomalarni о‘rganishni yana yuqori pog‘onaga kо‘tardi. U genlarning xromasomalarda joylashish tartibini tajribada isbotlab, irsiyatning xromasoma nazariyasini yaratadi. Shundan sо‘ng genetikaning rivojlanishida yangi davr boshlandi.
T.Morgan о‘zining barcha genitik tajribalarini drozofila (meva) pashshasi ustida о‘tkazadi. Chunki bu pashsha kichik, hatto probirkada ham arzon oziqa bilan kо‘payib, qisqa muddatda (ikki haftada) bir necha yuzlab yangi nasl berishi mumkin. Bundan tashqari drozofila pashshasining kо‘pgina tashqi belgilari turg‘un ravishda nasildan-naslga о‘tadi. Uning somatik hujayrasida faqatgina 4 juft xromasoma mavjud. Mana shu pashshalar ustida о‘tkazilgan tatqiqotlar asosida yaratilgan irsiyatning xromasoma nazariyasi jinsini aniqlash va rivojlanishi bilan bog‘liq barcha muammolarni yechishga asos bо‘ldi.
Ma’lumki, «Nima uchun о‘g‘il yoki qiz tug‘iladi?» degan savolga javob topish qadimdan kishilarda katta qiziqish о‘yg‘otgan. T.Morgan laboratoriyasida aniqlanishicha, jinsning paydo bо‘lishi ota yoki ona organizmi xromosomalarining tо‘plamidagi maxsus (jinsiy) xromasomalarga bog‘liq. Organizmdagi xromasomalar autosomalar va jinsiy xromasomalardan (geterosomalardan) iboratО‘xshash jinsiy bо‘lmagan oddiy xromasomalar yig‘indisi autosomalar deyiladi va ular bir necha juft bо‘ladi. Bir-biridan farq qiluvchi faqat bir juft xromasoma jinsiy xromasoma deb atladi.
Drozofila pashshasining tana hujayrasida xromasomalar yig‘indisi 6 ta autosoma va ikkita jinsiy xromasomadan iborat. Odamlar (Homo zapienz zapinz)da xromasomalarning diploid soni 46 ta yoki 23 juft bо‘lib, shundan 44 tasi autosoma (erkak va ayollarda bir xil) qolgan ikkitasi jinsiy xromasomalardir. Mana shu bir juft jinsiy xromasomalar bir-biridan farq qiladi. Ularning bir X harfi, ikkinchisi esa U harfi bilan belgilanadi. Odamda xromasomalarning normal balanisi ayollar uchun 44 XX, erkaklar uchun 44 XU bо‘ladi. О‘g‘il yoki qizning tug‘ilishi ona va ota jinsiy xromasomalarining urug‘lanishida qanday qо‘shilishiga bog‘liq. Agar tuxum hujayraning X xromasomasi spermatozoidning X xromasomasi bilan qо‘shilsa, zigotada ikki (XX) xromasomalar (44 ta autosomalardan tashqari) hosil bо‘lib, qiz organizmi rivojlanadi; uning xromasomalar yig‘indisi 44 XX bо‘ladi. tuxum xujayradagi X xromasoma spermatozoidning U xromasomasi bilan qо‘shilsa, XU xromasomali zigota hosil bо‘lib, undan о‘g‘il organizmi rivojlanadi; uning xromasomalar yig‘indisi 44 XU ni tashkil etadi.
Mana shu sxemaga asosan organizmlarning kо‘payishida yangi avloddagi erkak va urg‘ochi jinslar miqdor jihatdan teng bо‘ladi deyish mumkin. Jins bо‘yicha ajrarish (2 XX: 2 XU) 1:1 nisbatini yoki 50% urg‘ochi va 50% erkak bо‘lishini ta’minlaydi.
Odam, hayvon va о‘simliklarda jinslarning nisbati bir xil 1:1 bо‘ladi. Bu organizmlarning haqiqiy holatiga juft yaqindir. Maslan hozirgi vaqtda tug‘ilishda odamlarning 52% о‘g‘il, 48% qiz bolalardir. Chо‘chqa va qoramollarda ham 52% erkak, 48% urg‘ochi, nasha о‘simligi va qо‘ylarda 50% erkak va 50% urg‘ochi jinslarni tashkil etadi. Jinslarning nisbati tashqi muhit biologik va sotsial sabablarga ham bog‘liqdir. Meyozda jinsiy xromasomalar jinsiy hujayralarga teng taqsimlanmasa,jinsning balansi о‘zgarishi mumkin. Bu hodisa odamda og‘ir jismoniy va ruhiy kasalliklar (sindromlar) kelib chiqishga sabab bо‘ladi. Urug‘lanayotgan tuxum hujayrada bitta X xromasoma о‘rniga ikkita XX xromasoma bо‘lib qolishi yoki birorta ham jinsiy xromasoma bо‘lmasligi mumkin. Bunday tuxum hujayra normal spermatozoid bilan urug‘lanishi natijasida hosil bо‘lgan zigotadan xromasoma kasaligiga mubtalo bо‘lgan organizm vujudga keladi. Tuxum hujayralarning hosil bо‘lishida jinsiy xromasomalar qutblarga teng taqsimlanmasligi natijasida odamda kelib chiqadigan xromasoma kasalliklari qо‘yidagilardir:

Download 43,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish