Mutatsiyalarning evolutsiyada ahamiyati. Mutatsiyalarning moslanuvchanlikda ahamiyati sharoitga qarab, vaqt o‘tishi bilan o'zgarishi mumkin. Awal zararli bo‘lgan mutatsiyalar yangi sharoitda foydali bo‘lib qolishi mumkin. Mutatsiyalarning ko‘p- chiligi retsessiv bo'lib, geterozigota holatda nasldan naslga o‘tadi va irsiy o‘zgaruvchanlik zaxirasini hosil qiladi. Mutatsiyalar evolutsiyaning elementar material! va omili hisoblanadi. Tabiiy tanlash natijasida ayni sharoit uchun selektiv (foydali) ahamiyatga ega bo‘lgan, o‘sha sharoitga organizmlar moslashuvini ta’minlovchi mutatsiyalarga ega organizmlar saqlanib qoladi.
Irsiy o‘zgaruvchanlikning gomologik qatori. N.I.Vavilov qonuni. Bu qonunga binoan yaqin turlar va avlodlarda irsiy o'zgaruv- chanlik (mutatsiyalar) ham o'xshash bo'ladi. Ma’lum turda uchraydigan mutatsiyalarni yaxshi o‘rganib, unga yaqin bo‘lgan turda ham xuddi shunday mutatsiyalar uchrashi mumkinligini oldindan aytish mumkin. Bu qonun organizmlar kelib chiqishining birligining dalilidir.
Qonun solishtirma genetikaning nazariy asosi hisoblanadi, turlarning xilma-xilligini tushunishga, odamning irsiy kasalliklarini o‘rganishga yordam beradi. Odamda uchraydigan ko‘p irsiy kasalliklar — gemofiliya, albinizm, epilepsiya, ko‘z anomaliyalari, mushak distrofiyasi, karlik, semirishga moyillik, diabet hayvonlarda ham uchraydi.
Biologik modellashtirish usulini qo‘llashda N.I.Vavilov qonuni nazariy asos hisoblanadi. Irsiy kasalliklarning nasldan naslga o'tishi qonuniyatlari awal hayvonlarda o‘rganilib, keyin tibbiyotga tadbiq etiladi.
Talabalarda genotipik o‘zgaruvchanlik, uning shakllari: kombinativ va mutatsion o‘zgaruvchanlik mohiyati, mexanizmlari, biologik va tibbiy ahamiyatlari haqida bilimlarni shakllantirish.
Test topshriqiari.
X trisomiyasining kariotipini ko‘rsating:
A. 46, XXX.
B. 47, XXX.
D. 44, XXX.
E. 45, XXX.
F. 48, XXX.
Xromosomalarning strukturaviy mutatsiyalari — bu:
A. Poliploidiya.
B. Xromosoma aberratsiyalari
D. Xromosomalar sonining o‘zgarishlari.
E. Genlar soni va joylashishi o‘zgarishi.
F. В va D javoblar to‘g‘ri.
Genlarning xromosomada teskari joylashishi:
A. Translokatsiya.
B. Deletsiya.
D. Inversiya.
E. Duplikatsiya.
F. Transpozitsiya.
Aneuploidiyali hujayrada xromosomalar to'plamini ko'rsating:
A. n.
B. 2n.
D. 3n.
E. 4n.
F. 2n-l.
DNKning o'zgargan fragmentini kesuvchi fermentni ko'rsating:
A. Ekzonukleaza.
B. Endonukleaza.
D. Polimeraza.
E. Kodaza.
F. Ligaza.
Hayvonlarda poliploidiyaning deyarli uchramasligi sabablari:
A. Autosomalar va geterosomalar muvozanati buziladi.
B. Hayvonlarda duragaylar steril bo‘ladi.
D. Hayvonlar ontogenezi o‘simliklarga nisbatan ancha murakkab.
E. Hayvonlar o‘z-o‘zidan otalanib rivojlana olmaydi.
F. Hamma javoblar to‘g‘ri.
Daun sindromining translokatsiya varianti bo‘lgan o‘g‘il bolaning kariotipini ko‘rsating:
A. 45, XY, t (15+21).
B. 46, XY, t (15+21).
D. 45, XY, t (13+21).
E. 47, XY, t (15+21).
F. 47, XY, t (18+21).
Bakteriofag tomonidan genni bir bakteriyadan ikkinchisiga ko‘chirish nima deb ataladi?
A. Konyugatsiya.
B. Transformatsiya.
D. Transduksiya.
E. Transkripsiya.
F. Translokatsiya.
Kombinativ o'zgaruvchanlikda:
A. Genlar o‘zgarmaydi, ularning yangi kombinatsiyasi hosil bo‘ladi.
B. Genlar o‘zgarib, ularning genotipida yangi kombinasiya hosil bo‘ladi.
D. Mikroorganizmlarda transformatsiya va transduktsiya.
E. A va D javoblar to‘g‘ri.
F. A va В javoblar to‘g‘ri.
Tetrasomik — bu:
A. Bitta xromosomasi 3 dan ortiq bo‘lgan organizm.
B. Gomologik xromosomalardan bittasi yo‘q organizm.
D. Juft gomologik xromosomalarini yo'qotgan organizm.
E. Xromosomalaridan bittasi 3 nusxada bo'lgan organizm.
F. Xromosomalaridan bittasi 4 nusxada bo'lgan organizm.
Do'stlaringiz bilan baham: |