Irsiy o‘zgaruvchanlik



Download 249,52 Kb.
bet1/2
Sana23.06.2023
Hajmi249,52 Kb.
#953136
  1   2
Bog'liq
IRSIY O‘ZGARUVCHANLIK


IRSIY O‘ZGARUVCHANLIK
Irsiy o'zgaruvchanlik genotipik o’zgaruvchanlik deb ham ataladi.
Uni kombinativ va mutatsion o ‘zgaruvchanliklarga ajratiladi.
Kombinativ o'zgaruvchanlik. Bunda genlar tuzilishi o’zgarmaydi, genotipda yangi genlar majmuasi hosil bo’ladi. Jinsiy ko’payuvchi organizm larda kom binatsion o ‘zgaruvchanlikning quyidagi mexanizmlari mavjud:

  1. Meyozda xromosomalarning mustaqil taqsimlanishi.

  2. Otalanish jarayonida xromosomalarning tasodifiy to’plami hosil bo’lishi.

  3. Krossingover natijasida genlar rekombinatsiyalanishi.

Jinssiz ko’payuvchi mikroorganizmlarda kombinativ o’zgaruv- chanlikning o‘ziga xos mexanizmlari: transformatsiya va transduksiya mavjud.
Transformatsiya — hujayrada irsiyatning unga yot DNK kirishi natijasida o'zgarishi (Griffit — 1928, Everi — 1944).
Transduksiya — irsiy axborotni bir hujayradan ikkinchisiga viruslar (bakteriofaglar) orqali ko’chirilishi.
Mutatsion o'zgaruvchanlik irsiy axborotning tuzilishi va miqdori o'zgarishi natijasida kelib chiqadi.
Mutatsiyalarning sababiga ko’ra spontan va indutsirlangan mutatsiyalarga ajratiladi.
Qanday hujayralarda va hujayra qismlaridagi o’zgarishlarga qarab generativ, somatik, yadro ( xromosoma) va sitoplazmatik mutatsiyalar tafovut etiladi.
Fenotip o ‘zgarishiga qarab: ko'rina-digan (morfologik, fiziologik) va biokimyoviy mutatsiyalar mavjud.
Organizmning hayot faoliyati ta’ siriga qarab: letal, yarimletal, shartli letal, steril, neytral, kuchaytiruvchi mutatsiyalar mavjud. Irsiy axborotning qanday tuzilish darajasida o’zgarishiga qarab: genom, xromosoma va gen mutatsiyalari tafovut etiladi.
Genom mutatsiyalari xromosomalar sonining o ‘zgarishiga bog’- liq o ‘zgarishlaridir. Ular ikki xil bo’ladi

  1. Genomning butunligichga kamayishi (gaploidiya) yoki ko'payishi (poliploidiya ).

  2. Ayrim xromosomalar soni o'zgarishlari (aneuploidiya yoki geteroploidiya).


I tipdagi genomning butunligicha o‘zgarishlaridan poli­ploidiya ko'proq uchraydi.
Poliploidiya o‘simliklarda ko‘p uchraydi, ularning hosildorligini oshiruvchi omillardan biri hisoblanadi, seleksiyada bu hodisadan keng foydalaniladi.
Hayvonlarda poliploidiya deyarli uchramaydi, chunki ularning yashovchanligi susayadi, bunday organizmlar steril bo'ladi. Lekin hayvonlarda ayrim somatik hujayralarda (jigar, mushak, suyak-tog‘ay hujayralari) poliploidiya kuzatilishi mumkin.
Poliploidiya mexanizmlari:

  1. Meyozda, gametogenezda xromosomalar ajralishi buzilishi.

  2. Somatik hujayralarda mitoz tugallanmay qolishi natijasida ko‘p xromosomali, ko‘p DNK saqlovchi (politeniya, poliploidiya) va ko‘p yadroli hujayralar hosil bo‘lishi.

  3. Poliploidiyani mitozni to'xtatuvchi moddalar (kolxitsin) ta’sirida sun’iy hosil qilish mumkin.

II. Genom mutatsiyalarining ikkinchi xili aneuploidiya yoki geteroploidiyadir. Bunda xromosomalar to‘plamida qandaydir xromosomaning kamayishi yoki ortishi kuzatiladi. Agar gomolog xromosomalardan bittasi kamaysa monosomiya (2n-l) bitta gomolog xromosoma ortiq bo‘lsa trisomiya (2n+l), gomolog xro- mosomalar soni ikkidan ko'proq ortsa polisomiya (2n+n) deyiladi.
Aneuploidiyalar autosomalarda ham, geterosomalarda ham kuzatilishi mumkin.
Aneuploidiyalar meyozda ayrim xromosomalar ajralishi buzilishi natijasida kelib chiqadi. Xromosomalar ajralishi buzilishlari somatik hujayralarda mitozda ham kuzatilishi mumkin. Buning natijasida mozaik (xromosomalar soni har xil) hujayralar hosil bo‘ladi.
Xromosoma mutatsiyalari xromosomalarning tuzilishi o‘zga- rishi natijasida kelib chiqadi. Ularni xromosoma aberratsiyalari deb ham ataladi. Bu mutatsiyalarda xromosomalarda genlar soni va lokalizatsiyasi (joylashishi) o‘zgaradi.

Ular xromosoma ichi va xromosomalararo mutatsiyalarga bo‘linadi:



Xromosomalar ichi mutatsiyalariga, inversiya, duplikatsiya va deletsiya misol bo‘ladi, xromosomalararo mutatsiyalarga esa translokatsiya kiradi.
Gen mutatsiyalari (transgenatsiyalar). Hujayrada replikatsiya va reparatsiya jarayonlari buzilishi natijasida kelib chiqadi. Gen mutatsiyalari xillari quyidagi jadvalda aks ettirilgan.

DNK molekulasida mutatsiyalar kelib chiqishining uch xil asosiy mexanizmi mavjud:

  1. Mutagen birikma azotli asoslarga o'xshash bo‘lsa u normal nukleotid o‘rniga joylashib olishi mumkin.

  2. Mutagen DNKga joylashmasdan, azotli asosni o‘zgartirishi mumkin. Natijada, replikatsiya jarayoni buziladi.

  3. Mutagen bir yoki bir nechta azotli asosning tuzilishini buzib yuborishi natijasida replikatsiya mumkin bo‘lmay qoladi.

Mutagenlar ta’sirida kelib chiqqan mutatsiyalarni hujayrada tuzatish mexanizmlari mavjud bo'lib, bu jarayonni reparatsiya deb ataladi.
Reparatsiya uch bosqichda amalga oshiriladi:

  1. Replikatsiya boshlanguncha DNKning o‘zgargan qismi fermentlar yordamida kesib tashlanadi va normal azotli asoslar bilan tiklanadi.

  2. Replikatsiya jarayonida yuqoridagi o'zgarishlar replikatsiya davrida amalga oshiriladi.

  3. Replikatsiyadan keyin oqsillar, fermentlar faolligi o'zgarishi yo‘li bilan amalga oshiriladi.


Download 249,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish