Mahsulotlar va ularning miqdori. Gidropiroliz jarayonining ajoyib xossalaridan yana biri, bu mahsulot hajmini 25% ga oshirishidir. Piroliz va gidridlashning mutanosibligi, nisbiy zichligi xom ashyonikiga nisbatan kichik bo‘lgan mahsulotlarni olishga imkon beradi. Quyida xom ashyo sifatida kokslash moslamasidan olingan gazoyl va katalitik piroliz moslamasidan olingan tiniq fraksiyalar aralagamalari ishlatilganda hosil bo‘lgan mahsulotlarning ruyxati keltirilgan.
Gidropiroliz mahsulotlari — bu benzinning komponenti sifatida ishlatiladigan asosiy ikkita fraksiyadir.
Gidropiroliz moslamalarining bir necha modeli bor. Ularning konstruksiyalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri haydalgan qoldiq yoki vakuum da haydash qoldig‘ini qayta ishlash uchun maxsus moslashtirilgan. Bunday qurilmalarning ko‘pchiligi gidrotozalash moslamasi tipida ishlaydi. Bu jarayondan maqsad katalitik reaksiyalar natijasida oltingugurtli birikmalarning vodorod bilan ta’sirlashib vodorod sulfid (H2S) hosil qilishi orqali ortiqcha oltingugurtni yo‘qotish. Shunday qilib, 4% gacha oltingugurt saqlagan qoldiq mahsulot tarkibida 0,3% dan kamroq oltingugrt qolgan og‘ir suyuq yoqilriga aylanishi mumkin.
Endi, biz, gidropiroliz moslamasini neftni qayta ishlash umumiy sxemasiga ulay olishimiz mumkin. Keltirilgan operatsiyalarning zarurligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Bir tomondan, gidropiroliz moslamasi markaziy punktdir, chunki u benzin, dizel va reaktiv yoqilgisi miqdorlari orasida balans o‘rnatishga yordam beradi. Boshqa tomondan, xom ashyoni uzatish tezligi, katalitik piroliz va kokslash moslamalarining ish rejimi unchalik muhim emas. Bundan tanqari, gidropiroliz mahsulotini taqsimlashni rejalashtirishda alkillash va riformingni unutmaslik kerak.
10.1 -rasm.Gidropiroliz qurilmasi.
3.6. Etilenni ishlab chiqarish
Etilenni ishlab chiqarish neftni qayta ishlash bilan chambarchas bog‘liq kimyo sanoatidir. Shuning uchun ham kimyoviy ishlab chiqarish va neftni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalar etilenni ishlab chiqarish buyicha qurilmalar bunyod etib bir ishlab chiqarish bilan ikkinchi ishlab chiqarish orasida kuprik quyadi. Etilen ishlab chiqarishni olefinlarni ishlab chiqarish deb atalsa to‘g‘riroq bo‘ladi.
Olefinlarni ishlab chiqarish qurilmalari shunday qurilganki, unda turli xil xom ashyoni piroliz qilish mumkin. Masalan, etanni, etan-propan aralashmasini, propanni, butanni, naftenni, gazoylii.
Dastlab bu qurilmalar etilen ishlab chiqarib kimyo sanoatining uzluksiz bo‘lib borayotgan ehteyojini qondirishi kerak chunki ular uchun etilen — eng muhim qurilish blokidir. Propilenni ishlab chiqarish unchalik qiziq emas, chunki bu uglevodorodlarning zahiralari hamma vakt alkillash qazilmalarida mavjud, demak shunday ehtiyoj tushlsa, u yerdan osongina olish mumkin. Shunday qilib olefinlarni ishlab chiqarishni ko‘pchilik qurilmalari etan yoki etan-propan aralashmasining piroliziga hisob qilingan, chunki etan yuqori unum bilan etilenga aylanadi (kuyida keltirilgan jadvalga qarang).
Keyingi yillarda texnikaning rivojlanishi Og‘irroq xom ashyolardai foydalanishga olib keldi, chunki bu xom ashyolarning topilishi oson, shu bilan birga neft yoki gazoyl bu qurilmalarda benzinniig yuqori oktanli komponentlariga aylanadi. Hozirgi vaqtda ko‘pincha neftni qayta ishlash zavodlari quvvatiga teng olefin ishlab chiqarish korxonalarining ayrimlari neftni qayta ishlash sistemalari tarkibiga kiritilgan va ular juda ko‘p miqdorda benzin ishlab chiqarmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |