Reaktordagi harorat. Harorat qancha yuqori bo‘lsa, piroliz reakpiyasi shuncha shiddatli davom etadi. Lekin reaksiyaning ma’lum bir vaqtida benzin yoki yengil gazoyl miqdorining keskin kamayishi hisobiga hosil bo‘layotgan gazlar miqdori keskin ortadi. Reaktordagi optimal harorat iktisodiy qarashlar orqali aniqlanadi.
Xom ashyoni uzatish va sirkulyatsiya tezliklari. Xom ashyoni juda katta tezlikda uzatish mahsulotning chiqishiga salbiy ta’sir etadi. Shuning uchun fraksiyalash qoldig‘i hajmi balansiga amal qilish kerak: u yoki sirkulyatsiyaga yo‘naltiriladi, yoki og‘ir piroliz - gazoyl fraksiyasida qoldiriladi.
Kun vaqti va harorat. Ishlatilgan katalizatordan doimiy ravishda havo o‘tkazib turiladi. Agar harorat moslamadan tashqarida pasayib ketsa, havo nisbatan zich bo‘lib qoladi. Havo uzatuvchi nasoslar doimiy tezlikda ishlaganligi uchun regeneratorga sovuq havo issiq havoga nisbatan ko‘proq uzatiladi. Kislorod qancha ko‘p bo‘lsa, katalizator yuzasida shuncha kuydiriladi. Katalizator qanchalik yangi bo‘lsa, reaksiya shuncha unumli bo‘ladi. Jarayon parametrlarining avtomatik ravishda yozib olinishi ba’zi strelkalarda chetlanishlar borligini ko‘rsatadi: masalan, kechasi havo harorati past bo‘lganida, mahsulotlar ko‘proq hosil bo‘ladi. Kunduzi, havo isib ketganida, maxsulotlarning chiqishi kamayib ketadi. Xuddi shuningdek qishda va yozda olingan mahsulotlar bilan ham shu holat yuz beradi. Bu unchalik yaxshi emas, chunki benzinga yozda talab ko‘proq bo‘ladi, vaholanki aynan shu vaqtda uni hosil qilib olish natijasi kamayadi.
Neftni qayta ishlash zavodining umumiy texnologiya sxemasida uzatilayotgan xom - ashyo va oqib kelayotgan mahsulotlardan iborat yashik deb tasavvur etish mumkin. Hozirgi daqiqagacha, biz neft mahsuloti rektifikatsiyasi, vakuumda haydash va katalitik piroliz bilan tanishishga ulgurdik 2.4.- rasmda bular kompleks holda tasvirlangan. Bundan tashqari, bu rasmda ba’zi kisqartirishlar ham kel-tirilgan bo‘lib, ulardan keyinchalik foydalanamiz.
Ш.BOB. TAJRIBA QISM.
Neftni qayta ishlash zavodlarining deyarli barcha qurilmalarida butan va ancha miqdorda yengil uglevodorod gazlari olinadi. Gazlarni qayta ishlash juda qulay texnologiya asosida bormaydi. Bu jarayonda "yog‘li moy", "yog‘sizroq moy", ajratuvchi absorber va boshqa shu kabi kam uchraydigan iboralar qo‘llanadi. Umuman gazlarni qayta ishlash qurilmasi "Gazlarni fraksiyalarga ajratish qurilmasi" (GFAgh) (ruschada GFU) deyiladi.
Hozirgi vaqtda qayta ishlash korxonalaridagi barcha qurilmalarda hosil bo‘luvchi gazlar GFAga yuboriladi. Gazlarni qayta ishlashdan oldin birinchi navbatda tarkibidagi oltingugurt birikmalarini tozalash va gazni quritish jarayonlari bajariladi. GFAdan olinadigan har xil frak-siyalarni maqsadli ishlatish yo‘lga qo‘yilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |