Iroliz jarayoni natijasida etilen olishning termodinamik kattaliklarini optimallash


Gidropiroliz jarayoni texnologiyasi



Download 0,9 Mb.
bet26/30
Sana14.07.2022
Hajmi0,9 Mb.
#798781
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Piroliz jarayoni na

3.5. Gidropiroliz jarayoni texnologiyasi
Gidropiroliz — vodorod ishtirokidagi katalitik piroliz deganidir. Vodorod, katalizator va jarayon sharoitining mutanosibligi past sifatli yengil gazoyl pirolizgini o‘tkazishga imkon beradi. Bunday gazoyl boshqa piroliz moslamalarida hosil bo‘ladi va ba’zan dizel yoqilgisi komponent sifatida ishlatiladi. Gidropiroliz moslamasida yuqori sifatli benzin olinadi.
Bir daqiqa gidropirolizning naqadar ahamiyatli ekanligiga e’tiborni qarating. Uning eng muhim ijobiy tomoni, katta miqdorda benzin oladigan neftni qayta ishlash zavodi (gidropiroliz moslamasi ishlayotganda) quvvatini katta miqdorda dizel yoqilg‘isi olishga (u uchirilganda) o‘tkazish mumkin. Gidropiroliz jarayoniga sport trenerining o‘z uyinchisini boshqa komandaga qaytishiga rag‘batini bildirgan "o‘ylaymanki bu har ikkala komandani kuchaytiradi", degan hazil gapini qo‘llasa bo‘ladi.
Gidropiroliz benzin komponentlarining ham, distillyatning ham sifatini ko‘taradi. U distillyatning eng yomon komponentlarini ishlatadi va benzinning o‘rtadan yuqori sifatli komponentini chiqaradi.
Yana bir jihatni hisobga olish keraq ya’ni gidropiroliz jarayonida ma’lum miqdorda izobutan hosil bo‘ladi. Bu alkillash jarayoni uchun xom ashyo miqdorini ko‘payishiga imkon beradi.
Hozirgi vaqtda uncha yaqin gidropiroliz moslamalari bor, lekin ularning hammasi keyingi bo‘limda tasvirlangan konstruksiyalarga juda o‘xshaydi.
Gidropiroliz katalizatorlari riforming katalizatorlariga nisbatan arzonroq. Odatda u oltingugurtning kobalt, molibden yoki nikel bilan ara-lashmasi (So, Ni, Mo) va alyuminiy oksididan iborat. Katalitik pirolizda xuddi katalitik rifomingdagi kabi, katalizator siljimaydigan qatlam holatida joylashtiriladi. Katalitik riforming kabi gidropiroliz ham, 3.1-rasmda tasvirlanganidek ko‘pincha, ikkita reaktorda olib boriladi.
Xom ashyo 230-400 oC (503-673°K)ga qizdirilib va bosimi 84—140 atm. bo‘lgan vodorod bilan arlashtiriladi, so‘ngra birinchi reaktorga yo’naltiriladi. Katalizatordan xom ashyoning taxminan 40-50 foizi sizib o‘tgach, qaynash harorati benzinnikiga (qaynash nuqtasi 200°S (473°K) gacha bo‘lgan) yaqin bo‘lgan mahsulotlar hosil qilib pirolizga uchraydi. Katalizator va vodorod bir necha yo‘nalishda bir-birini to‘ldiradi. Piroliz davom etishi uchun issiqlik keltirilishi zarur, ya’ni endotermik jarayon sodir bo‘ladi. Xuddi o‘sha vaqtda vodorod pirolizda hosil bo‘lgan molekulalar bilan ta’sirlashib, ularni tuyintirib, issiqlik chiqaradi. Boshqacha aytganda, gidridlash deb ataluvchi bu reaksiya ekzotermikdir. Shunday qilib, pirolizning borishi uchun zarur issiqlikni vodorod beradi.
Ularning bir-birini tuldiruvchi boiqa jihatdan — bu izoparafinlarning hosil bo‘lishidir. Krekingda bir-biri bilan birikuvchi, ya’ni normal parafinlarni hosil qiluvchi olefinlar hosil bo‘ladi. Gidridlash hisobiga qo‘sh bog‘lar tezda to‘yinib, bunda ko‘pincha izoparafinlar hosil bo‘lib, keraksiz molekulalar hosil bo‘lishining oldi olinadi (izoparafinlarning oktan soni normal parafinlarnikiga nisbatan yuqori bo‘ladi).
Uglevodorod aralashmasi birinchi reaktordan chiqqanidan so‘ng, u sovitiladi, suyultiriladi va vodorodni ajratib olish uchun separatordan utkaziladi. Vodorodni yana xom ashyo bilan aralashtirib jarayonga kiritiladi, suyuqlik esa haydash uchun yo‘naltiriladi. Birinchi reaktorda olingan mahsulotlar rektifikatsiya kolonnasida ajratiladi. Bu holat natijasida talab etilgan mahsulot (benzin komponenta, reaktiv yoqilgi yoki gazoyl) yoki ularning alohida qismi ajratib olinadi. Kerosin fraksiyasini qushimcha (yonaki) pogon yoki haydashdan dolgan qoldiq sifatida gazoyl bilan krldirish mumkin.
Haydash qoldig‘i vodorod oqimi bilan yana aralashtirilib, ikkinchi reaktorga yuboriladi. Bu modda birinchi reaktorda gidridlashga, pirolizga va riformingga uchratilganligi sababli, ikkinchi reaktordagi jarayon nisbatan qat’iy rejim (nisbatan yuqori hapopat va bosim)da olib boriladi. Birinchi bosqich mahsuloti kabi ikkinchi reaktordan chiqayotgan aralashma vodoroddan ajratiladi va fraksiyalashga yuboriladi. Endi siz, bunday jarayon 140 atm. bosim va 400°S (673°K) harorat uchun qanday asbob-uskunalar kerakligini tasavvur etib ko‘ring. Reaktor po’lat devorining qalinligi ba’zan 15 sm gacha bo‘ladi. Asosiy muammo pirolizni nazoratdan chiqarmaslikdir. Summar jarayon endotermik bo‘lganligi uchun harorat tez kutarilishi va piroliz tezligi xavfli darajada oshishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun ko‘pgina gidropiroliz qurilmalari reaksiyani juda tez tuxtatishga imkon beradigan moslamalarga ega.

Download 0,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish