1. Siqilish. Past bosim holatidagi gazlar 14,6 atm bosmga siqiladi. 2. Fazalarning bulinishi. Yuqori bosim ostida ba’zi bir gazlar suyuqlikka aylanadilar va ularni separator yordamida ajratish mumkin.
3. Absorbsiya (yutilish). Suyuqlikdan ajratilgan gazlar bosim ostida absorberga (yutuvchi) yunaltiriladi. Absorberniig yuqori tarelkasiga erituvchi (absorbent) beriladi, u kolonnaning tarelkalari orasidan pastga tomon harakatlanadi. Yo‘l yo‘lakay u gaz fazasidan qolgan propan va butanning ko‘p qismini yig‘ib oladi (absorbsiyalanadi). Propan va 3.1-rasm. Siqilish va fazalarga ajratish sxemasi
butanlarni yigib olgan bu naftani tuyingan absorbsion moy deb ataladi (esingizda saqlab qoling, keyingi boblarda buni "yog‘liq" moy yoki "yog‘iozroq" moy deb ataymiz)
3.2-rasm. Absorbsiya.
4. Debutanizatsiya(butanni ajratish). Boyitilgan (yog‘li) moy debutanizator deb atalgai keyingi kolonnaga kiradi. Bu kolonnada propan va butanlar erituvchilardan ajratiladi. Erituvchining qaynashi 80°С (353°К) atrofida. Butan esa taxminan 0°С (273°К) haroratda qaynagani uchun rektifikatsiya kolonnasida butan va propan etanga nisbatan osonroq ajraladi (3.3- rasm).
Shu bilan bir qatorda separatordan chiqqan suyuq fraksiya debutanizatorga yo‘naltiriladi.
Depropanizatsiya(propanni ajratish). С3-С4 gazlar aralashmasi balandligi katta bo‘lgan kolonnalarda ajratiladi. Bunda propan yuqorigi fraksiya sifatida kolonnadan chiqib ketadi.
Bu kolonnada butanlar aralashmasi ham ajratiladi. n-Butanni va izobutanni qaynash nuqtalari bir biriga juda yaqin bo‘lgani sababli, ularni samarali ajratish ko‘p sonli tarelkaga ega bo‘lgan rektifikatsiya usuli qo‘llanishini taqozo etadi. Deizobutanizator odatda — GFAQ (GFU) ichida eng baland kolonna hisoblanadi.
3.3-rasm. Butan, propan va izobutanni ajratish.
7. So‘rib oluvchi absorbsiya.Benzinsizlantirilgan moyni (yog‘sizroq absorbent) fraksiyalarga ajratuvchi absorberga berilgan vaqtda qo‘shimcha muammo yuzaga keladi. Moyning ba’zi bir komponentlari, odatda geptan (С7Н16) va oktan (С8Н18) yengil komponentlar (С1-С2) bilan birgalikda bug‘lanib yuqoriga ko‘tariladi. Bu moddalarni ajratib olish uchun kolonnaning yuqori qismida haydalib chiqqan mahsulot qo‘shimcha ravishda absorbsiya kolonnasining pastki qismiga beriladi, keyin chiqayotgan og‘irligi kattaroq "yog‘sizroq" moy esa bu safar kolonnani yuqori qismidan beriladi va squvchi moy deb ataladi. Shu sharoitda dastlab haydalib chiqqan mahsulot — asosan С1-С2 uglevodorodlardan iborat quruq gazdan, qoldiq esa asosan yog‘sizroq moydan iborat bo‘ladi va bu 3.4-rasmda ko‘rsatilgan.
С1-С2 fraksiyasini odatda ajratmasdan neftni qayta ishlash zavodlarida yoqilgi sifatida ishlatadilar. Ammo ba’zan etan kimyo zavodlari uchun xom ashyo sifatida talab etilishi mumkin, shu vaqtda С1-С2 gazini qo‘shimcha deetanizatsiya qilinadi.
3.5—rasmda to‘yingan uglevodorod gazini fraksiyalarga ajratishni to‘liq texnologik sxemasi berilgan.
3.5-rasm. Toʻyingan gazni fraksiyalarga ajratish texnologiyasi.
Nima sababdan bunday gazlar fraksiyalarga ajratiladi. Sabab shundan iboratki, ularning har biri neftni qayta ishlash sanoatida kullash uchun o‘zining maxsus o‘rnini topgan.
Izobutan. Odatda umuman alkillovchi xom ashyo sifatida, ba’zi hollarda qisman, kompaundirlangan avtomobil benzinini tayyorlashda asosiy mahsulot (komponent) sifatida qullanadi.
n-Butan. To’liq holda avtomobil benzinining komponenti (maxsuloti) sifatida qo‘llanadi. Yengil uchuvchanlik xususiyati tufayli u avtomobil dvigatelining sovuq ob-havoda ishga tushishida foydalidir. Ayni paytda u benzinning tarkibida doimo erigan holda bo‘lib, deyarli bu blinmaydi. n-Butanning bir qsmi kimyoviy yoqilgi xom ashyosi sifatida ishlatiladi.
Propan. Propan siqilgan neft gazining asosiy komponenta hisoblanadi. Sotishga berilayotgan gazning 10% miqdori asosan butandan yoki propan -butan aralashmasidan iborat. Propan turli sohalarda yoqilg‘i sifatida foydalaniladi. Ma’lum harorat va bosim sharoitida siqish yo‘li bilan uni avtoshisternalarda tashishga qulay suyultirilgan holga keltirish mumkin. Oddiy sharoitlarda propan oson bug‘lanadi, shuning uchun u gaz plitalari, uy pechlarida yoqish uchun qulay hisoblanadi. Propan ko‘pincha kimyoviy xom ashyo sifatida ishlatiladi.
Etan. Etan polietilen olish sanoati uchun kimyoviy xom ashyo sifatida qullash mumkin bo‘lganligi sababli neftni qayta ishlash jarayonida ajratib olinadi. Ko‘pincha etan bilan metan aralashma holida qoldiriladi.
Metan. Neftni qayta ishlash va bonqa korxonalar barcha qurilmalari, pechlarida yuqori haroratli suv bug‘ini olish uchun metan qulay yoqilg‘i sifatida ishlatiladi.