Iroda Raximova Komiljonovna Xorazm viloyati Qoshkopir tumani ozbek tili fani oqituvchisi +998972033110



Download 29 Kb.
Sana04.02.2022
Hajmi29 Kb.
#430571
Bog'liq
Iroda Raximova Komiljonovna


Bobur-dilbar shaxs.
Iroda Raximova Komiljonovna Xorazm viloyati Qoshkopir tumani ozbek tili fani oqituvchisi +998972033110
Anotatsiya:Yuksak madaniyatga erishgan har bir xalqning shunday buyuk farzandlari bo‘ladiki, ular nafaqat o‘z yurti, balki umumjahon tafakkur ahlining hurmat-e’tiborida bo‘ladi. O‘zbek xalqi tarixida dunyo sivilizatsiyasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan ana shunday ulug‘ allomalar, davlat arboblari ko‘plab topiladi. Ularning hayoti va ijodini dunyo olimlari keng miqyosda o‘rganib keladilar. Bu fikrimizga, ayniqsa, Zahiriddin Muhammad Bobur ma’naviy merosining jahon ilmi fani, madaniyati va san’atida o‘rganilishi, targ‘ibu tashviq etilishi yaqqol misol bo‘la oladi.
Kalit so'zlar:Bobur,Bobur devoni,g’azal,tafakkur,matla,Jahon madaniyati,Bobur fondi,aruz,Mubayyin.
Mashhur davlat arbobi Javoharla’l Neru o‘zining «Hindistonning kashf etilishi», «Jahon tarixiga bir nazar» asarlarida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida shunday deb yozadi: «Bobur — dilbar shaxs. Uyg‘onish
Mashhur davlat arbobi Javoharla’l Neru o‘zining «Hindistonning kashf etilishi», «Jahon tarixiga bir nazar» asarlarida Zahiriddin Muhammad Bobur haqida shunday deb yozadi: «Bobur — dilbar shaxs. Uyg‘onish davri hukmdorining haqiqiy namunasidir. U mard va tadbirkor odam bo‘lgan. Bobur o‘ta madaniyatli va jozibali inson bo‘lib, o‘z zamonasidagieng yetuk shaxslardan biri edi. U mazhabparastlik kabi cheklanish va mutaassiblikdan yiroq edi… Bobur san’atni, ayniqsa, adabiyotni sevardi»
Andijonda xalqaro Bobur fondining tashabbusi bilan bunyod etilgan Bobur bog‘idagi «Bobur va jahon madaniyati» kitob muzeyiga 1994-yil oktabr oyida tashrif buyurgan hurmatli Prezidentimiz bog‘ning xotira daftariga quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi: “Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi. O‘zbek xalqining dovrug‘ini dunyoga taratgan ulug‘ ajdodlarimizdan biri o‘laroq, ul zot bizni tariximizni qadrlashga, kelajakka buyuk ishonch bilan qarashga o‘rgatadi”.Andijonda xalqaro Bobur fondining tashabbusi bilan bunyod etilgan Bobur bog‘idagi «Bobur va jahon madaniyati» kitob muzeyiga 1994-yil oktabr oyida tashrif buyurgan hurmatli Prezidentimiz bog‘ning xotira daftariga quyidagi so‘zlarni yozib qoldirdi: “Bobomiz Zahiriddin Muhammad Bobur nomi bilan har qancha faxrlansak arziydi. O‘zbek xalqining dovrug‘ini dunyoga taratgan ulug‘ ajdodlarimizdan biri o‘laroq, ul zot bizni tariximizni qadrlashga, kelajakka buyuk ishonch bilan qarashga o‘rgatadi”.
Bоbur asarlari:
Mеmuar asari “Vaqое’” (“Bоburnma”).
“Muхtasar” nоmi bilan mashхur bo`lgan aruzga оid risоlasi.
“Harb ishi” risоlasi.
“Musiqiy ilmi” risоlasi.
Хo`ja Ao`rоr valiyning “Vоlidiya” asari tarjimasi.
Murakkab arab alifbоsini islоh qilishga оid “Хatti Bоburiy”.
Sоliq va zakоt ishlari haqidagi “Mubayyin” asari.
Bizgacha to`liq o`оlda еtib kеlmagan lirik dеvоnlari.
Bоbur 16-17 yoshlardan bоshlab
Bоbur 16-17 yoshlardan bоshlab
badiy ijоd bilan shug`ullana bоshlaydi.
U O`zbеk mumtоz shе’riyati, хususan,
Navоiy mеrоsini qunt bilan o`rgandi,
fоrs-tоjik shе’riyatining ustоz
namоyandalari asarlari bilan yaqindan tanishdi. Bоburning ham turkiy ham fоrs-tоjik tilidagi yеtuk lirik shе’rlaridan tartib bеrilgan. Bоbur lirikasi ayrim g`оyaviy-badiiy ziddiyatlarga qaramay, o`z hayotiyligi, taraqqiyparvarоna fikrlarni ifоdalashi, badiiy sоddaligi (sahlе mumtanе) jo`shqinligi va til bоyligi bilan o`zbеk mumtоz adabiyoti taraqqiyotiga munоsib hissa bo`lib qo`shildi. Shоir, ayniqsa, g`azal va ruboiy janrlarini yangi taraqqiyot bоsqichiga ko`tardi. G`azalda musajja’lik va yappоralik, rubоiyda hasbi hоl ruhining kuchayishi Bоburning o`zbеk shе’riyati ravnaqiga qo`shgan ulug`vоr hissalaridandir.

Lirik merosi «Qobul devoni» (1519)ga,1528-29 yillarda «Hind devoni» ga jamlangan. To`liq devon tuzgani haqida ma`lumot bor.She`rlarining umumiy hajmi 400 dan ortadi.Shundan 119 g`azal,231 ruboiy va tuyuq,qit`a, fard, masnaviy kabi janrlarda asarlar yaratilgan She`rlarini mavzu jihatidan oshiqona, ta`limiy, tasavvufiy, hasbi hol kabi turlarga ajratish mumkin. Bobur she`riyati intellektual qalb izhori sifatida arqoqlidir. Uning asarlari samimiy, ravon, usluban tugal va mushakkaldir. Bobur ruboiy janrini turk adabiyotida dunyoga olib chiqqan shoirdir.Bobur she’riyati.Boburning o’zbek tilidagi devoniga 120 ga yaqin g’azal, 210 ruboiy hamda qit’a, fard, tuyuq, masnaviy-nomalar, muammo va masnu’lar o’rin olgan. Ular orasida son jihatidan ko’pchilikni g’azal va ruboiylar tashkil etadi.Boburning lirik she’rlari an’anaviy g’azal, ruboiy, tuyuq, fard va boshqa janrlarning shakliy xususiyatlarini davom ettirishi bilan bir qatorda o’ziga xos ayrim xususiyatlarga ham ega. Bulardan biri ko’pchilik g’azallarning 5-7 baytlik bo’lishidir. Ruboiylarda taxallusni ko’proq ishlatish kuzatilsa, tuyuqlarda esa ba’zan qit’a shaklida qofiyalanishlar ham uchraydi. Masalan:


Qilmasa ul oy nazar manga ne tong?
Tengri tole’ chun manga yorotmadi.
O’qi yorar erdi ko’nglum dardini,
Netayin, ko’nglum uchun, yor otmadi.
(Bobur. Devon, 106-bet).
Bobur g`azaliyoti
Bobur lirik she’riyatining, jumladan g’azaliyotining mavzusi, bir tomondan, mumtoz g’azalchilikda yetakchi o’rin egallagan ishq mavzusi bo’lsa, ikkinchi tomondan, shoirning hayot hodisa-voqealaridan olgan taassurotlari: muvaffaqiyatlar shodiyonasi, muvaffaqiyatsizlik tufayli zamon va uning jafokorligidan nolish; o’zi tug’ilgan vatandan uzoqlashgani tufayli vatan va vatandoshlarini qo’msash, o’rni bilan pand-nasihat berish kabi mavzulardan iborat. Masalan, oshiqona mavzudagi quyidagi g’azalda yor - mahbubaning yog’lig’i-boshga o’raydigan ro’molchasi tasvirlangan. Bu tasvir shunchalik go’zalki, uni o’qigan kishi shoirning yog’liq-rumolcha bahonasida yoriga bo’lgan samimiy muhabbatini anglay oladi. G’azalning matla’ va maqta’i quyidagichadir:
Matla’:
Matla’:
Yog’lig’ingkim, jon bila men
xastadurmen zor anga,
Xasta jonlar rishtasidindur,
magar har tor anga…
Maqta’:
Ko’nglum istar yog’lig’ingni, balki andin bir nasim,Yetsa Boburga erur jon birla minnatdor anga.Mazkur g’azalda an’anaviy tasvirlar yangicha talqin qilinadi,ya’ni ma’shuqa go’zalligi tasviri uning yog’lig’i – ro’molchasi orqali amalga oshadi. Buning natijasida Bobur xossa tasvirni, ya’ni yangi poetik timsolni (yog’lig’ni) yaratadi.G’azalda yog’lig’-ro’molcha tasviri yetakchi bo’lganidan unda gullar, binafshalar ko’rinadi; qizil va binafsha rang jilolari ko’zlarni qamashtiradi; ularning muattar hidi anqib turadi. G’azal o’qilar ekan, o’quvchi o’zini go’zal tabiat manzaralari og’ushida his etadi, ulardan zavqlanadi. Bularning hammasi shoir Boburning nihoyatda baland mahoratidan dalolat beradi. Bu mavzu Boburning o’ziga ham ma’qul bo’lib qolganidan uni bir ruboiysida shunday davom ettiradi:G’azalda yog’lig’-ro’molcha tasviri yetakchi bo’lganidan unda gullar, binafshalar ko’rinadi; qizil va binafsha rang jilolari ko’zlarni qamashtiradi; ularning muattar hidi anqib turadi. G’azal o’qilar ekan, o’quvchi o’zini go’zal tabiat manzaralari og’ushida his etadi, ulardan zavqlanadi. Bularning hammasi shoir Boburning nihoyatda baland mahoratidan dalolat beradi. Bu mavzu Boburning o’ziga ham ma’qul bo’lib qolganidan uni bir ruboiysida shunday davom ettiradi:
Xulosa qilib aytganda Zahiriddin Muhammad Bobur shoh va shoir bo'lgan.Buyuk bobomizdan bizgacha juda ko'p g’azallar,ruboiylar,asarlar yetib kelgan.
Ruhum qushini tori bila band ettim,
Yor yog’lig’idin ko’ngulni xursand ettim,
Jon rishtasini torig’a payvand ettim.
Ko’nglumni ne nav’ uzay o’shal yog’lig’din,
(Bobur. Devon, 85-bet).
Foydalanilgan adabiyotlar:
www.ziyonet.uz
Bobur. Devon,
Download 29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish